• Dixotomik savol.
  • I. Bob. Sotsiologik tadqiqot metodining nazariy metodologiyasi va usullari




    Download 79,33 Kb.
    bet9/16
    Sana19.11.2023
    Hajmi79,33 Kb.
    #101274
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Bog'liq
    ANKETA SOʻROVI TUSHUNCHASI, USLUBIY AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARINI (2)

    Yopiq tipdagi savollar

    Yopiq tipdagi savollar deganda anketa so‘rovnomasiga kiritilayotgan savollarni kutilayotgan taxminiy javob variantlari bilan birgalikda keltiriladigan savollar tushuniladi32.
    Yopiq savollar ikki guruhga bo‘linadi: klassik va shkalali savollar. Klassik savollarda respondentlarning javoblari ko‘proq o‘ziga xos shablon yoki standartlar asosida olinadi va turli respondentlar javoblari bir shablon yoki standart asosida miqdoriy tahlil qilinadi. Shkalali savollar esa ko‘proq psixologik xarakter kasb etib, respondentlardagi fikrlar ularning stereotiplari, qarashlari, kayfiyati va boshqa emotsionalpsixologik ko‘rsatkichlariga qarab darajalar va/yoki shkalalar asosida tizimlashtiriladi33.
    Endi klassik va shkalali yopiq savollarning turlari hamda ularni shakllantirish texnikasi bilan tanishtiramiz.
    Klassik yopiq savol shakllari
    Dixotomik savol. Respondentning aniq vaziyat yoki voqeahodisa yuzasidan xabardorlik, ishtirok etganlik yoki taalluqlilik holatini aniqlash maqsadida shakllantiriladi. Odatda bunday savolga beriladigan javobda respondent fikrga yoki qo‘shiladi, yoki inkor etadi, yoki befarqligini ma’lum qiladi.
    Qo‘llash texnikasiga misollar:
    1-variant: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni bilan tanishmisiz?
    □ ha; □ yo‘q.
    2-variant:Aytingchi, boshqa davlatga ishlash uchun yana borasizmi?
    □ ha; □ yo‘q; □ bilmayman.
    3-variant: O‘zbekiston televideniesi ko‘rsatuvlarini ko‘rib turasizmi?
    □ ha; □ yo‘q.
    Yarim yopiq savol. Savolga javob variantlari ishlab chiqilgandan so‘ng, agar respondent tomonidan bildirish mumkin bo‘lgan barcha variantlarning ko‘zda tutilganligiga ishonch bo‘lmasa yoki respondent tomonidan yanada to‘liqroq ma’lumot olish mumkinligiga ehtimol qilinsa tuziladi. Buning uchun savolga javob variantlarini berib bo‘lgandan so‘ng, oxirgi javob qatorida respondent tomonidan qo‘shimcha ma’lumot yozish uchun alohida joy qoldiriladi.
    Qo‘llash texnikasiga misollar:
    1-variant: Siz o‘z huquqiy madaniyatingizni ko‘proq qaysi manba yordamida shakllantirishni ma’qul ko‘rasiz ?
    □ gazeta va boshqa turdagi bosma nashrlar;
    □ televidenie;
    □ huquqiy adabiyotlar;
    internet;
    □ agar boshqa manba bo‘lsa, unda, iltimos, o‘zingiz yozing: __________________
    2-variant: Xorijiy davlatda asosan qaysi sohada ishlab daromad qildingiz?
    □ Umumiy ovqatlanish joyi, kafe, restoran yoki barda; □ Qurilish ob’ektlarida;
    □ Do‘kon, supermarket, bozor yoki boshqa savdo-sotiq joylarida; □ Umumiy yotoqxona yoki mehmonxonalardan birida;
    □ Kommunal xizmat ko‘rsatish punktlarida;
    □ Iltimos, agar Siz ishlagan joy javoblarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shu yerda o‘zingiz yozing:­­­­­­­­­­­­­­­­­______________________________________________________
    Muqobil savol. Savolga respondent bildirishi mumkin bo‘lgan barcha javoblar shabloni keltiriladi. Respondent tomonidan ushbu javoblardan faqat bittasini belgilash nazarda tutiladi. Aynan ana shu savol yuzasidan respondent tomonidan ikki yoki undan ko‘p javobni belgilash yoki javoblardan tashqari tarzda qo‘shimcha ma’lumot berish imkoniyati cheklanadi.
    Qo‘llash texnikasiga misollar:
    1-variant: Siz turli telekanallarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qanday vositadan foydalanasiz ?
    □ Oddiy antenna;
    Sputnik antenna;
    □ Pullik kabel televideniesi;
    □ Ko‘rish imkoniyatiga ega emasman.
    2-variant: Ayting-chi, Siz borgan mamlakatda boshqa davlatlardan kelgan fuqarolarga vaqtinchalik yashash uchun joy topishda, ro‘yxatga va migratsion hisobga qo‘yish, ish topishda ko‘proq kimlar ko‘maklashadi?
    □ O‘sha davlatdagi rasmiy idoralar;
    □ O‘sha davlatdagi inson huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat tashkilotlar;
    □ O‘sha davlatda doimiy yashovchi obro‘li millatdoshlari va vatandoshlari tomonidan qonuniy tashkil etilgan birlashma yoki uyushmalar.
    □ O‘sha davlatda oldinroq borib ishga joylashgan bir viloyatdan yoki shahardan kelgan fuqarolar yoki mahalladosh, qishloqdoshlar.
    Menyu savoli. Savolda respondent bildirishi mumkin bo‘lgan barcha javoblar shabloni keltiriladi. Respondentga ushbu javoblardan bir nechtasini belgilash imkoniyati yaratiladi. Shuning uchun ham u “menyu”ga o‘xshatiladi.
    Qo‘llash texnikasiga misollar:
    1-variant: Aytin-chi, Siz asosan televidenie orqali qanday teledasturlarni tomosha qilishni afzal ko‘rasiz? Bir qancha javob variantini belgilashingiz mumkin.
    □ O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan voqea-hodisalar haqidagi yangiliklar; 139 □ Siyosiy va ijtimoiy mavzularga oid ko‘rsatuvlar; □ Mahalliy va xorijiy filmlar, seriallar;
    □ Musiqiy va sport dasturlari, tok-shou, teleo‘yinlar;
    □ Tovar va xizmatlar to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlar, foydali maslahatlar;
    □ Tabiat va hayvonot, fan-texnika va boshqa ilmiy-o‘quv teledasturlar.
    2-variant: Ayting-chi, Siz borgan mamlakatda yangidan moslashish davrida ko‘proq qanday muammolarga duch keldingiz? Ushbu savol bo‘yicha bir qancha javob variantini belgilashingiz mumkin.
    □ O‘sha davlat mahalliy aholisining mehmondo‘st emasligi;
    □ Politsiya xodimlarining pul ta’magirlik qilishi;
    □ Migratsiya xizmati xodimlarining qo‘polligi va juda ko‘p tekshiruvlar, reydlar o‘tkazishi;
    □ Ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan yashash joyida odam ko‘pligi sababli tiqilinch va noqulay vaziyat;
    □ Ish joyida sifatli ovqatlanish imkoniyatining yo‘qligi;
    □ Boshqa davlatlardan kelib ishlayotganlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmasligi;
    □ Boshqa davlat fuqarolariga millatchilik qiladigan alohida ko‘cha to‘dalarining borligi.

    Download 79,33 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 79,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. Bob. Sotsiologik tadqiqot metodining nazariy metodologiyasi va usullari

    Download 79,33 Kb.