I.2. Anketa soʻrovi tushunchasi, uning oʻziga xos xususiyatlari va tasnifi




Download 79,33 Kb.
bet5/16
Sana19.11.2023
Hajmi79,33 Kb.
#101274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ANKETA SOʻROVI TUSHUNCHASI, USLUBIY AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARINI (2)

I.2. Anketa soʻrovi tushunchasi, uning oʻziga xos xususiyatlari va tasnifi
So‘rov metodi dastavval psixologiya ilmida vujudga kelgan. Psixologiyada so‘rov metodini birinchi bo‘lib ingliz olimi F.Galton tadqiqotchilarda aqliy xislatlarning yuzaga kelishini o‘rganish maqsadida qo‘llagan. Keyinchalik xorijiy psixolog-olimlar S.Xoll, A.Bine, G.M. Andreeva, E.Noel tomonidan so‘rov o‘tkazishning amaliy texnologiyasi rivojlantiriladi. Bugungi kungacha amaliy sotsiologiyada ham ushbu metodni qo‘llash metodikasi yuqori saviyada rivojlantirildi. So‘rov g‘oyasining “muallifi” psixologiya bo‘lsada, sotsiologiya uni rivojlantirdi, jamoatchilik fikridek murakkab, ko‘p qirrali va latent hodisani o‘rganish uchun moslashtirdi, deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsada, bugungi kunda har ikkala fan ham ushbu metodni rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shishdan to‘xtagani yo‘q. Ular aksariyat tadqiqotlarda kompleks ravishda, ya’ni sotsiologiya va psixologiya metodlarini uzviy bog‘liq qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu, albatta, tadqiqotning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Faqat, psixologiya ko‘proq o‘z tadqiqotlarida validlilik to‘g‘risida qayg‘ursa, sotsiologiya reprezentativlik uchun bosh qotiradi13.
Sotsiologiyaning so‘rov instrumentlari asosan ikki turga bo‘linadi: anketa so‘rovi va intervyu.
Anketa so‘rovi to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin intervyu to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Intervyu – intervyu o‘tkazuvchi (intervyuer) tomonidan intervyuda ishtirok etayotgan shaxs (respondent)dan muayyan 120 savollarga javob olishga yo‘naltirilgan verbal-kommunikativ metod sanaladi. Sodda qilib aytganda, intervyuer bilan respondentning muloqoti tushuniladi14.
Intervyuni anketa so‘rovidan farqlab turuvchi eng asosiy jihati shundaki, anketa so‘rovi anketa so‘rovnomalari asosida o‘tkaziladi. Anketa so‘rovnomasida savol bilan birgalikda javoblar variantlari ham bo‘ladi. Undan tashqari, aksariyat hollarda, anketa so‘rovi ko‘pchilik orasida o‘tkaziladi. Intervyuda esa anketa so‘rovnomasi o‘rnida intervyu savolnomasi bo‘ladi yoki ayrim hollarda (nostandart intervyuda) umuman savolnoma bo‘lmaydi. Shuningdek, intervyu respondent bilan yuzma-yuz suhbat qilish orqali alohida tartibda amalga oshiriladi. Anketa so‘rovi esa bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik orasida anketa so‘rovnomalarini tarqatish orqali o‘tkaziladi.
Demak, anketa so‘rovi deganda insonlardan oldindan tayyorlangan so‘rovnomalar asosida ma’lum ob’ektiv faktlar, voqea, hodisa va shaxslar to‘g‘risida fikr olish jarayoni tushuniladi. Sodda qilib aytganda, anketa so‘rovi – anketa asosida suhbat qilishdir. Anketa so‘rovi yordamida respondentlardan o‘zlari guvohi bo‘lgan, eshitgan, ko‘rgan yoki mustaqil tushunchaga ega bo‘lgan ma’lum voqea yoki shaxs to‘g‘risida ma’lumot olish jarayonini tushunish mumkin.
Anketa so‘rovi respondentlarning soni bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
– individual anketa so‘rovi (bitta respondent, ya’ni har bir fuqaro bilan alohida tartibda anketa so‘rovini o‘tkazish);
– guruhiy anketa so‘rovi (bir vaqtning o‘zida bir qancha (100 gacha) respondent bilan so‘rov o‘tkazish);
– ommaviy anketa so‘rovi (yuzdan oshiq respondentni anketa so‘roviga jalb qilish).
Har bir metodning uslubiy afzalliklari, muvaffaqiyatlari bilan birgalikda, o‘ziga xos ehtimoliy kamchiliklari ham bo‘ladi. Masalan, so‘rov instrumentlari orasida olimlar tomonidan eng samarali turi sifatida intervyu, ya’ni shaxs bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazish e’tirof etiladi. Chunki yuzma-yuz muloqot qilish orqali fuqarolarni tinglash, savollarga bevosita javob olish, ayrim hodisa yoki voqealarni qaytadan so‘rash hamda aniqlashtirib olish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Shuningdek, intervyu davomida respondentni 121 shaxsan va individual tartibda kuzatish, respondentning o‘zini tutishi, kutilmagan yoki chalg‘ituvchi savollarga javob berishi, tashqi ko‘rinishidagi ekspressiv reaksiyalar, nutqidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish sharoiti ham mavjud bo‘ladi15.
To‘g‘ri, insonni so‘zlaridan ko‘ra, xulqiga qarab baholash ko‘proq foyda berishi mumkin. Biroq insonning xulqi u to‘g‘risidagi haqiqatning kichik debochasi sanaladi. Aslida esa, inson to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar uning ichki ruhiyatida yashirinib yotishi va xulqida kuzatmasligimiz mumkin. Shu sababli, u yoki bu insonning motivlari va moyilligini uning barcha harakatlari majmuasidan kelib chiqib baholashimiz mumkin. Bu borada, anketadagi turli savollar respondent ruhiyatining turli qirralarini ochishga ko‘maklashadi16.
Demak, anketa so‘rovining uslubiy afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:


  1. Download 79,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 79,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.2. Anketa soʻrovi tushunchasi, uning oʻziga xos xususiyatlari va tasnifi

Download 79,33 Kb.