|
I. Bob. Sotsiologik tadqiqot metodining nazariy metodologiyasi va usullari
|
bet | 6/16 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 79,33 Kb. | | #101274 |
Bog'liq ANKETA SOʻROVI TUSHUNCHASI, USLUBIY AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARINI (2)Qisqa vaqt oralig‘ida ko‘proq respondentlarning fikrini o‘rganish.
So‘rov sotsiologik anketa vositasida o‘tkazilayotganligi sababli respondentlarning har biri bilan alohida tartibda suhbat uyushtirish shart emas. Ularni alohida joyda to‘plab bir vaqtda anketalar tarqatiladi va nisbatan umumiy vaqtda respondentlar anketalarni to‘ldirib berishadi. Masalan, 50 nafar respondent bilan anketa so‘rovi o‘tkazilayotgan bo‘lsa va sotsiologik anketa 15-20 savoldan iborat bo‘lsa, 1 soat oralig‘ida ular anketadagi savollarga javob berib bo‘lishi mumkin. Ya’ni tadqiqotchi 1 soat ichida 50 nafar respondentning fikrini olishga muyassar bo‘ladi. Boshqacha sharoitda esa (xususan, og‘zaki suhbatda) bunday natijaga erishib bo‘lmaydi17.
Respondentlarning noverbal xulqini kuzatish va psixologik o‘rganish imkoniyatining mavjudligi.
Inson xulqining noverbal komponentlariga uning qiliqlari, mimika, imo-ishoralari, yuz tuzilishi va badanidagi reaksiyalar hamda nutq bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa harakatlari kiradi. Verbal komponentga esa og‘zaki va yozma nutq bilan bog‘liq harakatlari kiradi. Anketadagi turli shakldagi savollar respondentning ongiga suqilib kiradi. Shu sababli, agar kuzatib tursangiz, anketa savollariga javob berayotgan respondentning emotsional holatining o‘zgarib borayotganligidan guvoh bo‘lishingiz mumkin. Bu borada 122 nemis mutafakkiri Fredrix Nisshe shunday degan edi: “Odamlar og‘zi bilan bemalol aldaydi, biroq ularning o‘sha paytdagi tirishib turgan afti har holda haqiqatni aytadi”.
Anketa so‘rovida respondentlar qo‘lida turgan anketa so‘rovnomalari bilan intersub’ektiv munosabatga kirishadi, ya’ni anketadagi savollarga ifoda etilgan voqea va hodisalarga xayolan kirib ketadi. Har bir savolni o‘qiyotganda, respondentning xotirasida o‘zi ko‘rgan, eshitgan yoki guvohi bo‘lgan voqealar assotsiatsiyalar yordamida gavdalandi va albatta, ushbu ichki ruhiy jarayon respondentning tashqi qiyofasida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotchi respondentlardagi ana shunday o‘zgarishlarni kuzatib borishi hamda respondentlar orasidan ko‘proq ruhiy tashvishga tushganlarini aniqlab olishi mumkin. Keyinchalik bunday shaxslar bilan alohida tartibda psixologik aloqa o‘rnatib, ulardan ishonchliroq va manzilli ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi.
Savollarga javob olish usulining yengilligi.
Anketa so‘rovining afzalligi – unda respondentdan olish mumkin bo‘lgan javoblarning oldindan ishlab chiqilganligidadir. Javoblarning mavjudligi nafaqat so‘rov jarayonini yengillashtirib beradi, balki respondentlar fikrining to‘liqligi, xolisligi va to‘g‘riligiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Sotsiologik anketa respondentlarning biror voqeaga oid fikrlarini tizimlashtirish xususiyatiga ega. Ayrim vaqtlarda, tadqiqot doirasida o‘rganilayotgan ijtimoiy muammo, fakt yoki jarayon to‘g‘risidagi ma’lumot respondentlar yodidan ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Anketada esa savollar bilan birgalikda bir qancha javoblar “menyusi” keltiriladi. Ushbu menyudagi javoblar orasida agar respondent duch kelgan voqea, holat, hodisa bo‘lsa, ushbu javoblar respondent xotirasida assotsiatsiyalarni yuzaga keltiradi hamda muayyan savol yuzsidan uning fikrlarini tizimlashtiradi. Undan tashqari, anketa so‘rovi shunaqa so‘rov turi-ki, unda og‘zaki so‘rovda bo‘lishi mumkin bo‘lgan fikr bo‘linishi va qochishi, safsatabozlik kabi holatlar istisno etiladi18.
Ijtimoiy-siyosiy vaziyat tendensiyalarini aniqlash va rasmiy ma’lumotlar bilan qiyoslash imkoniyati.
Bugungi kunda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatayotgan tashqi va ichki omillar ko‘p. Unga qo‘shni 123 mamlakatlardagi vaziyat, yetakchi mamlakatlardagi inqirozli holatlar, madaniy ekspansiya, migratsiya, turli transchegaraviy tahdidlar ta’sir ko‘rsatadi. Endilikda ushbu jarayonlarni to‘xtatib bo‘lmaydi va ularning masshtabi, xarakteri, tezligi o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi. Bu esa, o‘z o‘rnida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning ham dinamikligidan dalolat beradi. Har doim jamoatchilik fikri yo‘nalishi orqali ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka xavf solishi mumkin bo‘lgan yangicha xatar, tahlika va tahdidlar yuzaga kelishi mumkin. Bu borada, anketa so‘rovi mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat tendensiyalarini aniqlaydigan muhim instrument bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Chunki ijtimoiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi xavf-xatarlar to‘g‘risidagi axborot “tashuvchisi” – bu respondentning o‘zi. Albatta, bugungi kunda bunday xavflar to‘g‘risida rasmiy davlat idoralari va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan kerakli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘z o‘rnida, anketa so‘roviga ham ushbu ishning muqobil varianti yoki qo‘shimcha to‘ldiruvchi vositasi sifatida qarash mumkin. Anketa so‘rovi orqali esa yuzlab respondentlarning fikrlari umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va qiyoslanishi mumkin. Shu sababli, rasmiy ma’lumotlar anketa so‘rovi orqali olingan ma’lumotlar bilan qiyoslansa, jamoatchilik fikri yo‘nalishidan kelishi mumkin bo‘lgan xavflar to‘g‘risida ishonchliroq va to‘liqroq axborotlarga ega bo‘lish mumkin.
Respondentlar bilan o‘tkaziladigan anketa so‘rovining uslubiy kamchilik va qiyinchiliklari quyidagilardan iborat:
Fikr egasining aniq emasligi19.
Anketa so‘rovining asosiy shartlaridan biri shundan iboratki, u doimo anonim ravishda o‘tkaziladi. Chunki jamoatchilik fikri sotsiologiyasi va psixologiyasida ko‘proq fikr egasi emas, balki fikrlar majmuasining qaysi muammoga qay ravishda yo‘nalganligi o‘rganiladi. Undan tashqari, so‘rovda ishtirok etayotgan respondentlar bilan o‘zaro ishonchli psixologik aloqa o‘rnatish hamda ob’ektiv axborot olish maqsadida ularga so‘rovning anonim ravishda o‘tkazilayotganligi hamda berayotgan xolisona javobi uchun ta’qib qilinmasligi tushuntiriladi. Anketa so‘rovlarida ishtirok etayotgan respondentlarning aniq biografik ma’lumotlarini bilish imkoniyati cheklangan. Albatta, tadqiqotchi mansabdor shaxslar yordamida ma’muriy resurslardan foydalangan holda ularning 124 shaxslarini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish orqali ismsharif, yashash manzillarini bilib olishi mumkin. Biroq bunday yondashuv kelajakda ushbu metodni konservatsiya xavfi ostiga qoldiradi hamda respondentlarda tadqiqotchiga nisbatan qo‘rquv va ishonchsizlik simptomlari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi20.
Respondentlar bilan yuzma-yuz suhbatning mavjud emasligi.
Yuqorida ma’lum qilinganidek, anketa so‘rovida har bir respondent bilan yuzma-yuz gaplashish imkoniyati cheklangan. Biroq har qanday muammoning yechimini topish mumkin. Anketa so‘rovida respondentlar bilan “face-to-face” formatida suhbat uyushtirilmayotganligi ushbu metodning uslubiy kamchiligi hisoblansada, so‘rov davomida tadqiqotchi respondentlar xulqini ularning nazariga yaqqol tushmagan holda sinchkovlik bilan kuzatib borishi zarur. Kuzatuv davomida agar biror respondent tadqiqotchi nazariga tushadigan bo‘lsa, unda u o‘z kommunikativ madaniyatidan foydalangan holda turli bahonalar asosida ushbu shaxsga yaqinlashishi va individual munosabatga kirishishi mumkin21.
Anketa savollariga respondentlar tomonidan noaniq yoki noto‘g‘ri javob berish ehtimoli.
Odamlar tasavvurida savol berish javob berishdan ko‘ra oddiy va oson ish bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa, savol berish ancha murakkab ish sanaladi. Chunki berilayotgan javobning to‘g‘riligi, maqsadliligi va yo‘naltirilganligi savolni shakllantirish san’atiga bog‘liq. Anketa so‘rovida respondentlar berilgan savollar asosida o‘z fikrlarini bayon qiladi. Shu sababli, agar ular anketadagi savollarni to‘g‘ri tushunmasa yoki idrok etmasa noto‘g‘ri yoki noaniq javob berishi mumkin. Bu esa, o‘z-o‘zidan ma’lumki, ob’ektiv bo‘lmagan yakuniy natijalarga olib keladi hamda so‘rovni tashkillashtirish bo‘yicha qilingan mashaqqatli mehnatni yo‘qqa chiqaradi.
Respondentlar quyidagi holatlarda anketa savollariga noaniq yoki noto‘g‘ri javob berishi yoki umuman javob bermasligi mumkin:
anketadagi savollar respondentlar tomonidan mavhum yoki bir yoqlama tushunilganda;
anketada ko‘rsatilgan vaziyatlar menyusida respondent ko‘rgan voqea-hodisalar yoki shunga o‘xshashlari yo‘q bo‘lsa;
anketadagi savol ochiqdan-ochiq respondentning biror ijtimoiy xavfli qilmishga aloqadorligini tekshirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa 125 va agar ushbu savolga javob bersa respondentda o‘zining rasmiy idoralar tomonidan ta’qib qilinishi bilan bog‘liq tasavvur yoki qo‘rquvlar yuzaga kelsa;
savollarda respondent tushunmaydigan yoki uning doimiy muloqotida qo‘llanilmaydigan so‘z, atama va iboralardan foydalanilgan bo‘lsa va boshqa shu kabi holatlar.
4. Anketa so‘rovini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar Anketa so‘rovini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy muammolar ham tadqiqotchi (ayniqsa, uning o‘zi mustaqil o‘tkazayotgan bo‘lsa) uchun ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Chunki anketa so‘rovi uchun alohida joy topish va ushbu joyda respondentlar uchun qulay va shinam sharoit yaratish, anketa so‘rovnomalarini tayyorlash, chop etish, tarqatish va umumlashtirish kabi tashkiliy ishlar bajariladi. Ushbu qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun tadqiqotchi so‘rov tarmog‘ini shakllantirishi lozim bo‘ladi.
|
| |