|
II.BOB. Sotsiologik tadqiqot metodlaridan anketa soʻrov metodining afzalliklari va kamchiliklari
|
bet | 8/16 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 79,33 Kb. | | #101274 |
Bog'liq ANKETA SOʻROVI TUSHUNCHASI, USLUBIY AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARINI (2)II.BOB. Sotsiologik tadqiqot metodlaridan anketa soʻrov metodining afzalliklari va kamchiliklari
II.1. Anketa savollarini shakllantirish qoidalari
Anketa savollarining shakllari so‘rovda olinayotgan ma’lumotlarning ishonchlilik va to‘liqlilik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Psixologiya va sotsiologiyada anketa savollarining bir qancha shakl va turlari to‘g‘risida yondashuvlar ko‘p. Shulardan aynan respondentlar bilan anketa so‘rovi o‘tkazishda hamda sotsiologik amaliyotda osonroq qo‘llash mumkin bo‘lgan turlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
Anketa savollari asosan 2 guruhga bo‘linadi: ochiq va yopiq tipdagi savollar. Quyida har ikkala tipdagi savollarni qo‘llash texnikasi bilan tanishtiramiz.
Ochiq tipdagi savollar
Ochiq tipdagi savollar deganda javob variantlari keltirilmagan va respondent ma’lum muammo yoki voqea yuzasidan o‘z fikrini erkin tarzda yozishi nazarda tutiladigan savollar tushuniladi30.
Bunday tipdagi savollar asosan oldindan tizimlashtirish shart bo‘lmagan yoki respondentning aynan qanday javob berishi mumkinligini modellashtirishning imkoniyati cheklanganda tuziladi. Bunda savol tuzish texnikasiga ko‘ra, birinchi savol beriladi va savoldan keyin ikki nuqta (:) ishorasini qo‘yib respondentga o‘z fikrini bemalol bayon qilishi uchun joy qoldiriladi31.
Ochiq tipdagi savollar qo‘llash kontekstiga ko‘ra matnli, nominal va miqdoriy savol shaklida bo‘lishi mumkin.
Matnli savol. Ushbu savol respondent erkin fikrlab, ma’lum muammo yoki holat yuzasidan o‘z fikrlarini keng tarzda bayon qilishi uchun shakllantiriladi. Misol sifatida quyidagi matnli savollarni ko‘rib chiqishimiz mumkin:
1-variant. Ideal huquqiy madaniyatli inson deganda kimni tushunasiz?Iltimos, fikringizni bayon qiling:
2-variant. Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekistondan ishlash maqsadida ketayotgan fuqarolarni xorijiy mamlakatda tez va qulay moslashishi uchun davlat bunday fuqarolarga qanday yordam ko‘rsatishi kerak? Iltimos, fikringizni bayon qiling
3-variant. Sizni O‘zbekiston telekanalida berilayotgan teleko‘rsatuvlarning qanday jihatlari qoniqtirmaydi? Iltimos, fikringizni bayon qiling:
Nominal savol. Bu savol respondent ma’lum holat yuzasidan o‘z fikrini qisqacha bayon etishi uchun kerak. Odatda, bunday savolga beriladigan fikr bir nechta so‘zlardan iborat bo‘ladi. Misol sifatida quyidagi nominal savollarni ko‘rib chiqishimiz mumkin:
1-variant. Qaysi huquqni muhofaza qilish idoralari to‘g‘risida ma’lumotga egasiz?:
2-variant. Ayting-chi, ishlash uchun ketganingizda Rossiya Federatsiyasining qaysi hududida bo‘ldingiz?:
3-variant. Siz asosan O‘zbekiston televideniesining qaysi telekanallarini tomosha qilasiz?
Miqdoriy savol. Ushbu savol respondentni faqat ma’lum miqdorni bayon etishga undash va eng qisqa javob olishga yo‘naltiriladi.
Misol sifatida quyidagi nominal savollarni ko‘rib chiqishimiz mumkin:
1-variant. Necha marta huquqni muhofaza qilish idoralariga
ariza bilan murojaat qilgansiz?: ___________
2-variant. Ayting-chi, Rossiya Federatsiyasida qancha muddat
ishladingiz?: ______
3-variant. Siz O‘zbekiston televideniesini tomosha qilishga
bir kunda qancha vaqt ajratasiz? ___________
|
| |