I. I. Bakayev - Buxoro Davlat universiteti “Axborot texnologiyalari”
10
I. O’quv fani bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
Fan nazariy va amaliy qismlardan iborat. Nazariy qism informatika va hisoblash
texnikasi, algoritmlar, C/C++ dasturlash tili, C++Builder ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash
muhitlarida ishlash bo’yicha ko’rsatmalar bo’limlaridan tashkil topgan.
Dasturda kompyuterda dasturlashga kirishning nazariy asosi bo’lgan algoritmlarga
alohida e’tibor qaratilgan. Bu erda algoritmlarni tavsiflash
va keyinchalik kompyuterda
amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bir qator matematik tushunchalar - takrorlash,
yordamchi
algoritm, rekursiya, xotira, massiv, indeks,
funksiya, parametr va h.k. kiritilib,
turli xil sinf masalalarining algoritmlari tuziladi.
Dasturlash tili - tuzilgan algoritmni kompyuter amalga oshirishi uchun vositadir. Bu
o’rinda turli murakkablikdagi sintaksis va semantikaga ega bo’lgan
tillardan foydalanish
mumkin.
“Dasturlash asoslari” fani yo’nalishning o’quv rejasidagi “Ehtimollar nazariyasi”,
“Sonli usullar”, “Diskret matematika va matematik mantiq” fanlari bilan uzviy bog’liq. Fan
mazmuni yo’nalishning o’quv rejasidagi “Matematik statistika”, “Ilmiy hisoblashlar”,
“Mexanika”, “Oddiy differenstial tenglamalar”, “Xususiy hosilali differenstial tenglamalar”
fanlarini o’zlashtirishda tayanch hisoblanadi.
“Dasturlash asoslari” fani umumkasbiy fan hisoblanadi va o’quv yilining 1-2
semestrlarida o’qitiladi. Fanni o’qitish ma’ruza, amaliy mashg’ulot va mustaqil ta’lim
shaklida olib boriladi.
Mazkur dasturga ko’ra ushbu fan doirasida ko’plab model masalalar o’rganiladiki, bu
mazkur fanni chuqur o’rgangan har bir bakalavr olgan bilim va ko’nikmalarini ishlab-
chiqarishda,
ilmiy-tadqiqot ishlarida, shuningdek, talim tizimida
samarali foydalanishi
imkonini beradi.