I.S. ISLAMOV, R.R. SALIMGAREYEVA
YAKKAKURASH, KOORDINATSION VA
SIKLIK SPORT TURLARI
(SUZISH)
TO SH K EN T
0 ‘ Z B E K ISTO N R ESPU B LIK A SI
O L IY VA ( ) ‘RTA MAXSUS T A ’L IM V A Z IR L IG I
G ‘ZBEKISTON DAVLAT JISM O N IY TARBIYA VA
SPORT UNIVERSITETI
I.S. ISLAMOV, R.R. SALIMGAREYEVA
YAKKAKURASH, KOORDINATSION
VA SIKLIK SPORT TURLARI
(SUZISH)
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy v a o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi
tomonidan o ‘quv q o ilan m a sifatida tavsiya etilgan.
T O S H K E N T -2 0 1 8
UO‘K: 797.2.021(075)
КВК 74.8
180
I 80
I.S. Islamov, R.R. Salimgareyeva. Yakkakurash,
koordinatsion va siklik sport turlari (suzish). -Т.:
«Fan va texnologiya», 2018, 232 bet.
ISBN 978-9943-11-861-4
Bugungi kunda mamlakatimizda ta'lirn tizimi doirasida jismoniy
tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelininoqda.
Xususan, Respublikamizda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi
tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, bolalar sportini
rivojlantirishning noyob tizimiga asos solindi. Bu borada 2002-yil 24-
oktyabrdagi “0 ‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini
tuzish to‘g‘risida”gi va 2004-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Bolalar
sportini rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlar bolalar sportini rivojlantirishda
muhim dastur boiib xizmat qilib kelmoqda.
Olquv qoilanmada suzish sport turining boshlangich rivojlanish
tarixi va sportcha suzish turlarining rivojlanishi hamda suzishga
o‘rgatishning qisqacha metodikasi yoritilgan. Bundan tashqari amaliy
suzish
va suzish mashg‘u!otlarini tashkillashtirish va baxtsiz
hodisalaming oldini olish bo‘yicha ham ma’lumotlar berilgan.
UO‘K: 797.2.021(075)
KBK 74.8
Taqrizchilar:
Korbut V.M. - 0 ‘zDJTSU suv sporti va eshkak eshish turlari
nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, professor, 0 ‘zbekiston
Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy;
Xusanov V.B. - 0 ‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport
ishlari vazirligi qoshidagi Respublika suv sporti mahorat maktabi
direktori, 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy.
ISBN 978-9943-11-861-4
if
1 «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2018.
K IRISH
“0 ‘zbekistonning mustaqilligini o ‘zgaruvchan bozor sharoitida
mehnat qilishga qodir boig an yuqori malakali xodimlarimiz
korpusisiz tasavvur etib bolm aydi, shuning uchun kadrlarning
nafaqat
umumiy ta’limi
va tarbiyasi,
balki
yana kasbiy
yo‘naltirilishini, tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va malakasini
oshirishni o ‘z ichiga oladigan yagona, uziuksiz milliy ta ’lim tizimini
yaratish vazifasi qo‘yilyapti. Bunda 0 ‘zbekistonning o ‘ziga xos
xususiyatlari, xalqning milliy-ruhiy hayot ta’rzi, umumjahon va
sharqona ta’lim tajribasining eng zo‘r yutuqlari to l a e ’tiborga
olinishi lozim. Butun oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini tubdan
qayta qurish, talabalar bilim oladigan mutaxassisliklar tarkibini
jiddiy o‘zgartirish kerak” (LA. Karimov, 1993 y).
Suzish fanini o'rganayotgan bolajak jismoniy tarbiya va sport
mutaxassisi bu fanning tarixi bilan tanishib chiqishi shart, negaki,
N .G.Chemishevskiy yozganidek, “Fanning tarixisiz fanning nazariyasi
ham yo‘q. Nazariyasiz esa fanning o ‘zi haqidagi fikr ham bolmaydi”.
Sportning “suzish” tarixini o ‘quv fani sifatidagi asosiy maqsadi
- suzish bo‘yicha mutaxassislar va sportchilarda keng fikr doirasini,
ulaming sportning suzish turiga qiziqishlarini shakllantirish va o ‘z
kasbiy faoliyatlariga hurmatni tarbiyalashdan iboratdir. Suzish
tarixini o ‘rganish keng amaliy ahamiyatga ega, negaki, retrospektiv
tarixiy tahlil har qanday bashoratning tarkibiy qismi hisoblanib,
biror bir hodisaning yaqin kelajak va istiqboidagi rivojianish
yo‘nalishlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi.
Suzish tarixi fan sifatida sportchi suzish taraqqiyotining
umumiy qo nuniyatlarini:
suzuvchilaming sport tayyorgarligi
tizimini shakllantirishi, tarixiy jarayonning alohida bosqichlarida va
turli mamlakatlarda sportcha suzishning o‘ziga xos jihatlari,
suzuvchi sportchilami tayyorlash tizimining rivojianish xusu
siyatlari hamda shiddatini belgilovchi omillar (moddiy, ijtimoiy,
ma’naviy) va boshqalami o ‘rganadi.
Moddiy
zamin yuqori
natijalar,
sportning rivojlanishi
sur’atlariga ko‘rsatadigan ta ’simi belgilovchi tarixiylik, obyektivlik
tamoyillari sportda tarixiy jarayonlar qonuniyatlarini tadqiq
etishning metodologik asosini tashkil etadi.
3
|