I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va




Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/123
Sana18.12.2023
Hajmi7,58 Mb.
#122199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari. (Suzish). Islamov I.S, Salimgareyeva R.R

Duk 
Kaxonamoku V 
Olimpiada
о 'yinlari g ‘alibi.
1925
-
1934
-
yillarda 
suzish 
bo‘yicha 
bir 
qator 
o‘quv 
qo‘llanmalar 
nashr 
etildi:
L.Gerkan 
“Sportcha 
suzishning 
nazariyasi 
va 
uslubiyati”; 
A.Jemchujnikov “Suv sporti”; N.Butovich “Suzish, suvga sakrash 
va suv polosi”.
1931 -yilda tashkil qilingan “Suv transportining rivojlanishiga 
yordam berish va suv yoTiarida odamlar hayotini muqofaza qilish 
jamiyati” ommaviy suzishning rivojlanishi uchun sharoit yaratdi. 
OSVOD uyushmasi faqat mehnatkashlar hayotini muhofaza qilish- 
gina emas, aholini suzishga o‘rgatish va suzishni ommalashtirish 
bo‘yicha ham katta ishlarni amalga oshirdi.
AQSH, Yaponiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, 
Gollandiya, Shvetsiya singari yirik kapitalistik mamlakatlarda 
suzish sportini rivojlantirish uchun 50-yillarda yosh suzuvchilaming 
mashg‘ulot va musobaqa tizimi joriy qilindi. Maktab dasturlariga
13


majburiy suzish darslari kiritildi. Chet elda sportcha suzishning 
rivojianishiga maktablar qoshida sport basseynlari va basseynlar- 
ning ochilganligi katta yordam berdi.
7-rasm. Fenni Dyurek, Mina Uayl va Djenrti Fletcher, 
Stokgolm,1912y.
1972-yilda sobiq ittifoqda yangi GTO (“Mehnat va mudofaaga 
tayyor!”) jismoniy tarbiya majmuasi ishlab chiqildi. Uning barcha 
bosqichlarida suzish majburiy me’yor hisoblangan. GTO majmuasi 
to‘g‘risidagi Nizom suzish bo‘yicha me’yorlami bekor qilish yoki al- 
mashtirishni man etgan. Avvalgi majmua bilan salishtirilganda, yangi 
majmuaning yosh chegaralari ancha kengaytirilgan bo‘lib, 10 
yoshdan 60 yoshgacha boigan aholi qatlamlarini qamrab olgan. 
Yangi GTO majmuasi mamlakatdagi suzish bo'yicha olib beriladigan 
barcha ishlarning asosi bo'lib qoldi. U ham ommaviy, ham sportcha 
suzish vazifalaririi uyushgan holda hal etish imkonini berdi.
1 .2 .191&-1941-yiIIarda 0 ‘zbekistonda suzishning rivojlanishi
Turkistonda ommaviy suzishning dastlabki qadamlari 1918- 
yilda Vseobuchning yuzaga kelishi bilan bo g iiq b o iib , u Toshkent 
xalq universiteti qoshida havaskor suzuvchilar to‘garagining paydo 
boiishiga turtki berdi. Ular Salar yoki Bo‘zsuvdagi o ‘zlari yoqtirib 
qolgan joyda to‘planib, birgalikda cho'milar yoki suzar edilar.
0 ‘zbekistonda sportcha suzishning rivojlanishi XX asrning 20- 
yillaridan boshlangan. 1920-yilda Toshkent shahrida hozirgi “Paxta-
14


kor” stadioni bilan Anhor kanali orasida mashhur aka-uka shifokor 
Slonimlaming mablag‘iga 15 m Ii suzish basseyni va davolovchi 
solyariy qurildi. Aynan shu zaminda Turkiston Respublikasida 
birinchi suzish maktabi paydo bo‘ldi. Maktabda turli jins va 
yoshdagi 800 ga yaqin kishi suzishni o ‘rgangan. Bu maktabning 
tashkilotchisi va yagona murabbiysi 1914-yilda AQSHdan kelgan 
Sidney Lvovich Djakson edi. U serqirra sportchi - tashabbuskor 
bo‘lib, uning birinchi shogirdlari - suzuvchilar P.T.Taranov, 
V.K.Morozov va boshqalar bo'lgan.
1921-yiIda Turkfront Vseobuchi boshqannasi huzurida Jismo­
niy tarbiya markaziy kengashining tashkil etilganligi, suzishning 
rivojlanishida qatta rol o ‘ynadi.
1922-yilda “Fortuna” sport jamiyati yuzaga keldi, unda suzish 
havaskorlarining to‘garaklari birlashtirildi va suzish bo‘yicha dast­
labki jamiyat birinchiliklari o ‘tkazildi. Shu yilning o ‘zida Toshkent 
shahri birinchiligi uchun ilk musobaqalar o ‘tkazildi. Barcha 
masofalarda S.L. Djakson g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
1924-1925-yillarda Toshkent yaqinidagi Bo‘zsuv daiyosida 
gidroelektrostansiya qurildi va suzish bo'yicha sport ishlari hosil 
bo‘lgan suv omborida davom ettirildi, biroq bu yerda ko‘p 
vaqtgacha suzish uchun suv stansiyasi yo4q edi. Keyinchalik suv 
ombori qirg‘og‘ida qayiqlar stansiyasi tashkil qilindi.
1927-yiIda Bo‘zsuv kanalida ToshGRES suv omborida 50 
metrlik suzish basseyni bo‘lgan birinchi suv stansiyasining qurilishi 
respublikaning sport hayotidagi katta voqea boMdi. Shu yilning 
yozidayoq Samara shahri suzuvchilari bilan uchrashuv uyushtirildi. 
Samara! iklardan 
biri 
-
mazkur 
musobaqalar 
ishtirokchisi 
N.N.Tarasov Toshkentda qolib, suv sporti turlari bo‘yicha yo‘riqchi 
bo4 lib ishlay bosh I adi. Birmuncha vaqt o4tgach, birinchi suv 
stansiyasi yaqinida Toshtram xodimlari tomonidan ikkinchi suv 
stansiyasi qurildi. Suv stansiyalari suzuvchilaming mashg4ulot 
o4tkazadigan sevimli joyiga aylandi, bu yerda ko4plab suv sporti 
musobaqalari o'tkaziladigan bo4ldi. 1927-yilning yozi oxirida shu 
stansiyalarda Turkiston harbiy okrugining suzish bo4yicha musoba­
qalari, shuningdek, I Butuno‘zbek spartakiadasi dasturidagi 
musobaqalar tashkil qilindi. Suzishning keng targ4ib qilinishi, jiddiy 
tashviqot ishlari bunga katta yordam berdi.
15



Download 7,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va

Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish