I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va




Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/123
Sana18.12.2023
Hajmi7,58 Mb.
#122199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari. (Suzish). Islamov I.S, Salimgareyeva R.R

8-rasm. Suzishga о ‘rgatish birinchi metodikasi.

Butuno‘zbek spartakiadasi dasturida suzish umumjamoa hiso- 
biga kiritilmagan edi, “chunki bunda ayrim okruglar, 0 ‘zbekistonda 
suv sporti turlari keng tarqalmaganligi tufayli, noteng sharoitlarga 
tushib qolardi”. Xuddi shu sababga ko‘ra, 1929-yiida o‘tkazilgan. II 
Butuno‘zbek spartakiadasida respublikaning shaxsiy birinchiligi 
uchun kurashlar b o iib o‘tdi. Shu bilan birga, vuqorida aytib o ‘tilgan 
musobaqalardan keyin yosldar suzish to'garaklariga “oqib” kela 
boshladilar. Moskvada o ‘tkaziladigan Butunittifoq spartakiadasida 
ishtirok etish uchun eng yaxshi suzuvchilar saralab olindi. Bu jamoa 
tarkibiga 5 kishi: 2 nafar ayol - N.Shak va N.Lobova hamda 3 nafar 
erkak - P.Kravchenko, G.Vasilenko va I.Sadiqov (hammasi 
Toshkentdan) 
kiritildi. 
G ‘zbekistonning 
suzuvchilar 
jamoasi 
spartakiadada yaxshi natija ko‘rsata olmadi, faqatgina Turkiston 
jamoasini ortda qoldirib, 16-oiinni egalladi. Shunisi muhim ediki, 
Butunittifoq spartakiadasi qatnashchilari mamlakatning eng yaxshi 
suzuvchi lari va o ‘sha vaqtda ilg‘or hisoblangan suzish texnikasi, 
shuningdek, mashg‘ulotlar uslubiyati bilan tanishdilar.
(>‘zbekistonlik suzuvchilaming Butunittifoq spartakiadasida 
ishtirok etishi, Buxoro, Andijon singari shaharlarda sportcha suzish- 
ning rivojlanishiga turtki boidi. Buxoro suzuvchilarining mashg‘u- 
lotlari shahardagi eng katta sun’iy suv havzasi - Labihovuzda 
oikaziladigan boidi, Andijonda esa buning uchun shahar bogidagi 
sun’iy suv havzasi tan lab olindi. Murabbiylar P.Kravchenko va
16


N.Tarasov rahbarligida muntazam mashg‘ulotlar, ko‘rgazmali 
musobaqalar boshlandi. Tez-tez suv bayramlari tashkil etiladigan 
bo‘ldi, ularda, toshkentliklar bilan bir qatorda, Andijon suzuvchilari 
ham qatnasha boshladilar. 1928-yilda Sirdaryo yaqinidagi X o‘jand- 
da ham suv stansiyasi ishga tushdi.
Suzish bo‘yicha o ‘quv-sport ishlari sifatini yaxshilashda 
A.A.Jemchujnikov (1925), I.V. Cherkanning (1927) o ‘quv qo‘llan- 
malari, N.A.Butovich tahriri ostida chiqqan ’’Suzish, suvga sakrash 
va suv polosi” (1928) kitobi, shuningdek, suzish bo‘yicha musobaqa 
qoidalari katta ahamiyatga ega bo‘Idi. Shu bilan birga, suzish 
bo‘yicha olib borilgan ishlaming miqyosi va respublikada bu sport 
turi bilan shug‘ullanuvchilar soni yana qator yillar davomida talabga 
javob beradigan darajada emas edi. Yerli xalq vakillari, ayniqsa, 
ayollarni suzishga jalb qilish diniy va milliy urf-odatlar tufayli juda 
qiyin kechdi. Mutaxassis yetishmasdi, qishki suzish basseynlari 
yo‘q, yozgi bazalar esa kam edi. Tashabbuskorlar bir yozgi 
mavsumda erishgan natijalar uchun kelgusi yozda yangidan ish 
boshlashga to‘g‘ri kelar, chunki yozda suzish bilan shug‘ullanganlar 
qishda boshqa sport turiga o‘tib ketar edilar. To‘g‘ri, bunday sharoit 
ashaddiy suzuvchilaming serqirra sportchi bo‘lib yetishishlariga 
yordam beradi. Ular gimnastika, suvga sakrash, eshkak eshish va 
h.k. bo‘yicha musobaqada ishtirok etadigan bo‘ldilar. S.L.Djakson, 
N.N.Tarasov, P.V.Kravchenko, P.T.Taranov va boshqa o ‘zlarini suv 
sportchilari deb atovchi ko‘pgina suzuvchi faxriylarning sportdagi 
yo‘li aynan shunday boshlangan.
0 ‘zbekistonda suzish sport turining rivojlanishida hukumat- 
ning “Mamlakatda jismoniy tarbiya harakati to‘g‘risida”gi qarori 
jiddiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu munosabat bilan suzishga 
qiziquvchilar soni ancha oshdi, mavjud suv stansiyalari tartibga 
keltirildi, Poltoratskiy nomli kasalxona (hozirgi ToshMI) qoshidagi
32,5 m li basseyn ishga tushirildi. 0 ‘zbek suzuvchilarining asosiy 
mashg‘ulot o‘tkazish joyi Bo‘zsuv suv omboridagi suv stansiyalari
chempioni N.Anufriyeva keldi. 1932-yilgacha u 
o ‘tkazilgan 
barcha 
musobaqalarda muvaffaqiyatli
17


shuningdek, ulami tashkil etishda yordam berdi, murabbiy b o iib
ishladi, o ‘z tajribasini yosh suzuvchilar bilan o ‘rtoqlashdi.
1931-yil oktabrida Toshkentga Norvegiya ishchilari sport 
delegatsiyasining 
tashrif buyurishi 
O'zbekistonning 
ijtimoiy 
hayotida ulkan voqea b o id i. Delegatsiya tarkibiga suzuvchilar ham 
kirgan edi. Chet ellik mehmonlar o ‘rtoqlik uchrashuvlari ko‘p sonli 
tomoshabinlarning e ’tiborini tortdi. 0 ‘zbek murabbiy va sportchilari 
sportcha suzishning yangi texnikasi bilan tanishdilar.
1931-1934-yillarda “Mehnat va mudofaaga tayyor!” (GTO) 
Butunittifoq yagona jismoniy tarbiya majmuasining ishlab chiqilishi 
respublikada suzish bo‘yicha ishlar miqyosini kengayturdi.
To‘g ‘ri, 0 ‘zbekiston suvsiz hudud hisoblangani uchun GTO 
majmuasining suzish bo'yicha m e’yorlarini bajarishi bu yerda talab 
qilinmagan. Biroq Toshkentda bu ish ommaviy tus oldi. Suzish 
bo‘yicha m e’yorlarni topshirishga tayyorgarlik yoshlaming ushbu 
amaliy ko‘nikmani egallab olishga qiziqishlarini kuchaytirdi. Suv 
havzalari yaqinida joylashgan suv stansiyalarida GTO majmuasi 
m e’yorlarini topshirish musobaqalari tashkil etildi. Bu davrda 
V.N.Sivinsev, P.V. Kravchenko, N.I. Shak, P.T. Taranov kabi 
murabbiylar katta ishlami amalga oshirdilar.
1934-yilda suv basseynlari hududida shahar suv tarm o g i 
uchun suv bosim minorasi qurildi, bu yerda suzish bilan 
shug‘ullanish taqiqlandi, suv stansiyalari esa yopildi. Toshkentlik 
suzuvchilar eng yaxshi sport bazalaridan mahrum boidilar. Garchi 
respublika poytaxtida uncha katta boim agan uchta basseyn mavjud 
boisa-da, ulardan ikkitasi harbiy qism hududida joylashganligi 
sababli foydalanish uchun noqulay, uchinchisi esa ToshMI 
tasarrufida va hanuzgacha faqat davolash maqsadlaridagina 
qoilanilar edi.
Bu basseyn ham, 1935-yilda to ‘qimachilik kombinati tomo­
nidan qurilgan yangi basseyn ham zarur talablarga javob bermasdi: 
ulaming oicham lari nostandart (hatto aylana shaklida), start qutilari 
va yoiakchalari yo‘q. Shuning uchun suzishni yirik sport tadbirlari 
dasturiga kiritmay qo‘ydilar. Masalan, 1934-yilda u 0 ‘rta Osiyo 
respubiikalari va Q ozogiston Spartakiadasi dasturidan chiqarib 
yuborildi. Lekin suzish bilan b o g iiq ishlar to‘xtab qolmadi. Taniqli 
suzuvchi V.N. Mixaylov murabbiy sifatida 0 ‘rta Osiyo harbiy okru-
18


gi yosh suzuvchilari bilan Turkiston harbiy okrugi basseynida suzish 
bo‘yicha murabbiy bo‘ldi. Keyinchalik ular respublikaning yetakchi 
murabbiylari bo‘lib yetishdilar.
Suzish bo‘yicha ilk bor 0 ‘zbekiston birinchiligi 1935-yilda 
Andijonda o ‘tkazildi. Unda Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon jamoalari 
to ‘la tarkibda qatnashdi. Toshkentdan bor-yo‘g‘i 4 kishi ishtirok 
etdi. Erkin usulda 100 va 200 
m
suzishda andijonlik N.Davidenko, 
brass usulida suzishda toshkentlik V.Mixaylov, yonlamasiga suzish­
da toshkentlik A.Vajnin, 100, 200 va 400 
m
tredjenda toshkentlik 
N.Zokirov dastlabki respublika chempionlari bo‘ldilar. Ular ko‘r- 
satgan natijalar unchalik yuqori emas - II razryad darajasida edi.
Mazkur musobaqalami tahlil qilar ekan, suzish bo‘yicha 
murabbiy N. Shax “0 ‘zbekiston fizkulturachisi” gazetasining 1935- 
yil 23-avgust sonida shunday yozgan edi: “0 ‘tkazilgan musoba­
qalar, natijalarning pastligiga qaramay, suv sportiga foyda keltirdi. 
Musobaqa ishtirokchilari suzish uslublari to‘g‘risidagi bilimlarga 
ega bo‘ldilar va o‘zaro jipslashdilar, uyga qaytgach, ulaming kuchi 
bilan bu go‘zal, lekin, afsuski, bizda keng ommalashmagan sport 
turini qo‘zg‘atib, taraqqiy ettirishlari kerak”. Quyiroqda ta’kidla- 
nishicha, jamoalar, joylarda saralash musobaqalarini o‘tkazmay, 
da’vogarlaming u yoki bu usulda suzishni bilishlari haqidagi gap- 
lariga ishonib, shakllantirilgan. Oqibatda, ayrim ishtirokchilar start 
oldidan suzish usulini bilmasliklarini aytib, suvga tushishdan bosh 
tortganlar. Yana aytib o ‘tildiki, Andijonda ajoyib basseyn bo‘lishiga 
qaramay, mutaxassislar yo‘qligi tufayli unda ish olib borilmagan.
Shu yilning o ‘zida basseynda 0 ‘rta Osiyo harbiy okrugi spar- 
takiadasi dasturiga ko‘ra suzish musobaqalari o ‘tkazildi, ToshMI 
basseynida esa shu yili ham, keyingi yillarda ham Toshkent birin- 
chiliklari tashkil etildi.
Sport jamoatchiligi suv sporti bazalarida yuzaga kelgan og‘ir 
holat bilan murosa qilolmadi. Respublika va Toshkent shahri mat- 
buoti yana o‘lkada suv sporti turlarini rivojlantirish, suzish basseyn- 
larini qurish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. 1936-yil 12-martda 
“0 ‘zbekiston fizkulturachisP’da bosilgan maqolada shunday so‘zlar 
bor edi: “Bo‘zsuv suv stansiyasi - yoshlaming sevimli maskani 
ishlab turgan kunlar barchaning yodida. Erta bahordan boshlab 
Toshkentning minglab mehnatkashlari, ayniqsa, yoshlar mazkur suv
19


stansiyasini to id irar edilar. Bu yerda suzish, suvga sakrash, eshkak 
eshish bo‘yicha musobaqalar o ‘tkazilar, shuningdek GTO me’yor- 
larini topshirish amalga oshirilardi. Suv quvurlari o ‘tkazilishi bilan 
stansiya berkitildi. Shundan so‘ng suzish ishlari to ‘xtab qoldi. 1935- 
yilda Andijonda o ‘tkazilgan birinchilikka esa respublikadan bor- 
yo‘g‘i 20 nafar suzuvchi to‘plandi, ular orasida biror ayol kishi yo‘q 
edi. Basseynlar kerak, suv sportini jonlantirish zarur”. Shuningdek, 
gazeta 1934-yil uchun GTO majmuasining suzish bo‘yicha me’yor- 
larini 19 kishigina topshirganini ta ’kidladi. S.L. Djakson va bosh- 
qalar shu gazetaning 1936-yil 24-mart sonida ko‘targan masalalar 
yuqoridagiga hamohang edi.
Suzish bo‘yicha rejalashtirilgan ayrim tadbirlar umuman o ‘tka- 
zilmadi. Masalan, 1936-yilda III Butuno‘zbek spartakiadasi muno- 
sabati bilan Andijon va Toshkentda uyushtirilishi kerak bo‘lgan suv 
bayramlari amalga oshirilmadi, spartakiada dasturida ham suzish 
sport turi yo‘q edi.
1936-yilda hukumat va yoshlar tashkilotlarining yordami bilan 
0 ‘zbekistonda suzish mashg‘ulotlari uchun moddiy baza sezilarli 
darajada kengaytirildi. 
1936-yil 
oxirida 
Toshkentda Temir 
yo‘lchilaming madaniyat va istirohat bog‘ida 25 metrli ochiq 
basseyn qurildi, uning qoshida 1937-yilda shaharda birinchi suzish 
bo‘yicha bolalar sport maktabi ochildi. Maktabga V.N. Mixaylov 
rahbarlik qila boshladi.
1937-yildagi 0 ‘zbekiston birinchiligi to ‘qimachilik kombinati 
basseynida o‘tkazilib, u suzuvchilarga katta muvaffaqiyatlar olib 
keldi. Musobaqada oltita KSJ vakillari bo‘lgan 50 kishi qatnashdi. 8 
ta respublika rekordi qayd etildi. Brass usulida suzishda dinamochi 
S.Kolyosov rekord o ‘matdi: 100 

Download 7,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va

Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish