I BOB. SUZISHNING RIVO.ILANISH TARIXI




Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/123
Sana18.12.2023
Hajmi7,58 Mb.
#122199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari. (Suzish). Islamov I.S, Salimgareyeva R.R

I BOB. SUZISHNING RIVO.ILANISH TARIXI
1.1. Suzish hayot uchun zarur k o iiik in a sifatida
inson yer yuzida paydo boiganidan buyon uning hayoti har 
doim suv bilan bogiiq. Bashariyat tamadduni yirik daryolar: Nil, 
Tigr, Yevfrat, Xuanxe, Yan-szi, Hind va Gang vodiylarida rivoj 
topgan. Odamlami o ‘ziga jalb qilgan suv havzalari ular uchun faqat 
hayot rnanbaigina emas, balki ozuqa topish mumkin boigan joy, 
kutilmagan hujumlardan asraydigan to‘siq, o ‘zaro aloqa va 
almashuvning qulay vositasi hisoblangan.
l-rasm. Qadimgi Misr jangari suzuvchilari Nil daryosida.
Ibtidoiy odamlar hayotida suv katta ahamiyatga ega boiib, bu 
muhitni o‘zlashtirib olish zarurati yashash uchun kurashning nihoyat- 
da og‘ir sharoitlarida undan suzish malakasini talab qilgan. Odam 
suvni ilohiylashtirgan, undan qoiqqan, uning oldida bosh eggan.
Eng qadimgi zamonlardan boshlab barcha xalqlarda suvga 
siginish rasm boigan. Olamdagi bosh xudolardan biri dengizlar
4


Iiukmdori qadimgi yunonlarda Poseydon edi, keyinroq (er. av. Ill a.) 
qadimgi rimliklarda u Neptun nomini oldi.
Davlatchilik tizimi yuzaga kelgach, mehnatda va harbiy 
faoliyatda suzish malakasi zaruriyatga aylandi. Taraqqiyot natijasida 
odamning suzishni bilishi yoki bilmasligi uning jismoniy tarbiyasi 
darajasini aniqlash mezoniga aylandi. Suzish malakasini odamlar 
har doim yuksak qadrlaganlar. Krol va brass usullariga o ‘xshash 
tarzda suzayotgan odamlar tasvirlangan eng qadimgi arxeologik 
topilmalar er. av. IV ming yillikka tegshilidir.
Suzish - suv muhitini o‘zlashtirib olish va unda harakatlanish 
malakasini egallash bilan bog‘liq bo‘lgan hayot uchun zarur faoliyat 
hisoblanadi. Dastlab, suvga tushgan odam cho‘ka boshlaydi. 
Shuning uchun u bunday noodatiy muhitda o‘zini tutishni bilib 
olishi lozim. Urushlar vaqtida, ayniqsa, dengiz janglarida, suzish 
malakasi hal etuvchi ahamiyatga ham ega boigan. Qadim 
zamonlarda suzishning harbiy maqsadlardagi qollanishi to ‘g‘risida 
Ramzes III maqbarasidan topilgan barelyeflar asosida tasavvur hosil 
qilish mumkin. Unda misrlik jangchilarning Oront daryosini kechib 
o lish i tasvirlangan.
Nilda suzishni maxsus o ‘rgatish zodagonlargagina nasib qil- 
gan, fir’avnlarning farzandlari uchun bu majburiy sanalgan. Qa­
dimgi Misrda er. av. 2,5 ming yil ilgari yashagan hukmdor Setining 
maqbarasida “U podsholarning farzandlari bilan birgalikda menga 
ham suzish darslarini berar edi” degan yozuv saqlanib qolgan.
Qadimgi Yunonistonda ham suzishni bilish yuqori baholangan. 
To‘g‘ri, suzish dastlabki Olimpiada o ‘yinlari dasturiga kiritilagan. 
Biroq er. av. 1300-yildan boshiab Istmiya o‘yinlari va dengizlar 
hukmdori Poseydon sharafiga Germionda o‘tkazilgan bayramlar 
vaqtida suzish musobaqalari uyushtirilgan.
Yunon jamoat arbobi Solen o ‘smirlami tarbiyalash jarayonida 
o'qish va yozish malakalari qatorida suzishga ham alohida e’tibor 
berish lozimligini uqtirgan. 0 ‘sha paytlarda, “U na o ‘qishni biladi, 
11
a suzishni” degan ibora fuqaro deb atalishga nomunosib boigan 
johil kishilarni tavsiflashda qollanilgan.
Pavsaniy va Gerodot er. av. 470-yilda forslarning harbiy 
kemarini cho‘ktirib yuborgan suvga sho‘ng‘ish ustasi Ssillisning 
qahramonligini tasvirlab berganlar. TVfon vaqtida u dushman
5


kemalari oldiga suzib borib, langar arqonlarini kesib qo'ygan, 
natijada kemalar qirg‘oqdagi qoyalarga urilib, parchalanib ketgan. 
Orqaga qaytayotganda Ssillis yovning ko‘ziga tashlanmaslik uchun 
dambadan sho‘ng‘ib, 5 km ga yaqin masofani suzib o ‘tgan. Bu 
jasorati sharafiga Delfada uning haykali o ‘rnatilgan. Afsonaga 
ko‘ra, Ssillisga qizi Xinda yordam bergan, uni dengizlar 
hukmdorining sevgilisi deb ataganlar.
Qadimgi yunonlar suzishni bilishga katta e’tibor berganlarini 
Platonning quyidagi mashhur so‘zlari ham tasdiqlaydi: “Donish- 
mandiikning aksi hisoblangan, suzish va o ‘qishni bilmaydigan 
kishilarga xizmatni ishonib topshirish mumkinmi?” Afinada 
suzishni bilmagan odamlar nuqsonli hisoblangan.
Qadimgi Rimda afsonaviy sarkardalar Gay Yuliy Sezar, Gney 
Pompei, Mark Antoniy, Oktavian Avgust o ‘zlari zo‘r suzuvchi 
bo‘libgina qolmay, o‘z qo‘shinlarini ham ustalik bilan suzishga 
o‘rgatganlar. Gay Yuliy Sezar esa Rimda chinakam imperatorlarga 
xos koMamdagi ulkan “dengiz janglari'’ni o‘tkazgan, ularda minglab 
jangchilar qatnashib, kemalami iskanjaga olish, suzish va sho‘n- 
g‘ish, suvda yakkama-yakka olishish, tish-tirnog‘igacha qurollanib 
daryolarni kechib o ‘tish malakalarini namoyish etganlar. Rim 
qo‘shinlarida maxsus suzuvchilar otryadi kemalarning suv ostidagi 
qismlarini ta’mirlash va dengiz razvedkasi bilan shug‘ullangan.
Suvda musiqa ostida davra qurib suzish Qadimgi Rimda har 
yili o‘tkazilgan katta suv tomoshalari dasturiga kiritilgan. Qadimgi 
Rimdagi jamoat hammomlari - termalarda ochiq va yopiq cho‘mila- 
digan joylar qurilgan. Ayrim termalar 100x150 m o ‘lchamli hovuz- 
Iarga ega bo‘lib, ma’rifatli kishilar bolalariga ham suzishni o ‘rgat- 
ganlar.
Insoniyat 
taraqqiyotining 
tongidayoq 
odamlar 
suvning 
shifobaxsh xususiyatlaridan xabardor bo‘lganlar. Barcha dinlarda 
“tanani poklash” zarurat hisoblangan. “Gigiyena” so‘zi yunoncha 
so‘z bo‘lib, “sog‘lom” degan ma’noni anglatgan. Qadimgi 
Yunoniston 
va 
Rimda 
gigiyena-salomatlik 
ma’budasiga 
sig‘inganlar. “Rimliklar barcha kasalliklardan suv yordamida 
davolanganlar, olti asr davomida ularda umuman tabiblar 
bo‘lmagan”, - deb yozadi o‘sha davr adibi Pliniy. Kuniga bir necha 
martadan cho'milish odat hisoblangan.
6



Download 7,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish