Komsomol koiidagr “Dinamo” va “Spartak” suv stansiyalari
to‘la quvvat bilan ishlar edi. Ommaviy
musobaqalar uyushtirilib,
ularda yoshlar, turli kasb egalari faol ishtirok etadigan bo‘ldi.
Masalan, 1942-yilda respublikada suzish bo‘yicha musobaqalarda
qatnashganlar soni 4300 kishini tashkil etdi.
Bu muhim ishga urush yillarida Toshkentda bo‘lgan sobiq
sovet ittifoqining ko‘p karra chempionlari: opa-singil Vtorovalar,
L.Meshkov, Yu.Kochetkova,
murabbiy, xizmat ko‘rsatgan. sport
ustasi, dotsent N.Butovich, I.L.Krivenko, opa-singil Briksinalar,
shuningdek, o'zbekistonlik murabbiy V.N. Mixaylov va O.V. Vese
lov katta hissa qo‘shdilar.
1944-yilda suzish bo‘yicha o ‘quv-sport ishlari ancha kengaydi,
18-iyulda respublikada Butunittifoq jismoniy tarbiya xodimlari kuni
nishonlandi. “Dinamo” suv stansiyasida suzish bo‘yicha Toshkent
birinchiligi o ‘tkaziIdi. Shaxsiy jamoaviy
Toshkent birinchiligida
100 kishi ishtirok etdi, 5 ta respublika rekordi yangilandi. Tez orada
shu yerda 0 ‘rta Osiyo harbiy okrugi qo‘shinlari VIII spartakiadasi
dasturidagi suzish musobaqalari o‘tkazildi. Bundan keyingi
0 ‘zbekiston shaxsiy-jamoa birinchiligida
ham bir necha respublika
rekordi o‘matildi, ularda Toshkent (2), Andijon va Toshkent viloyati
jamoalari qatnashdilar (egallagan o'rinlariga ko‘ra tartib bilan
sanaldi). 400 va 200
m
erkin usul bilan suzish musobaqalarida
toshkentlik R.Abyazov
g‘olib
chiqdi.
0 ‘tgan
musobaqalar
natijalariga qarab 0 ‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston
Spartakiadasida qatnashish uchun 0 ‘zbekistonning terma jamoasi
shakllantirildi.
Murabbiylar
A.K.Smimov
va
N.M.Kofner
rahbarligida jamoa spartakiadaga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi.
1945-yilda ham 0 ‘zbekiston spartakiadasi doirasidagi muso
baqalar, respublika birinchiligi o‘tkazildi. 0 ‘zbekiston jamoasi Lvov
shahrida bo‘lib o ‘tgan sobiq SSSR
birinchiligida ishtirok etib,
ikkinchi guruh bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Shunga qaramay,
Moskvada o‘tadigan Butunittifoq jismoniy tarbiya paradiga tayyor
garlik munosabati bilan o ‘quv-mashq ishlari jadalligi birmuncha
pasaydi. Bu 0 ‘rta Osiyo respublikalari va QozogMston xalqlarining
navbatdagi
spartakiadasida
o‘zbek
suzuvchilari
ko‘rsatgan
natijalarda o‘z aksini topdi. Birinchi marta g‘oliblik
Turkmaniston
jamoasi foydasiga boy berildi.
22
Keyingi yillarda suzish bo‘yicha ishlaming tashkil etilish
darajasi yaxshilandi, 0 ‘zbekistonning yetakchi suzuvchi lari sport
natijalari ko‘tarildi, yangi qobiliyatli sportchilar paydo bo‘ldi.