I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va




Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/123
Sana18.12.2023
Hajmi7,58 Mb.
#122199
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123
Bog'liq
Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari. (Suzish). Islamov I.S, Salimgareyeva R.R

m
erkin usulda, 100 va 200 
m
chalqancha, 300 
m
yonlamasiga), 
barchasida o‘sha davr uchun yuqori hisoblangan natijalar bilan 
g‘olib chiqdi. Shu davrda qobiliyatli sportchi Yu.Frolov oldingi 
qatorga o ‘ta boshladi.
Yuriy Frolov 1953-yilda o‘zbekistonlik suzuvchilar orasida 
birinchi bo‘lib sobiq sobiq SSSR chempioni unvonini oldi, u terma 
jamoasi tarkibida birinchi bor chet eldagi xalqaro musobaqalarda 
ishtirok etdi.
Yil bo‘yi o ‘tkaziladigan o‘quv-mashq ishlari uchun sharoitning 
yo‘qligi, jismoniy tayyorgarlikka to‘g‘ri baho bera olmaslik, mamla- 
katning eng yaxshi suzuvchi lari bilan uchrashuvlarning kamligi o ‘z- 
bekistonlik suzuvchilaming yaxshi natijalarga erishishiga to‘sqinlik 
qilardi.
1951-yilda Farg‘ona pedagogika instituti qoshida 25 metrii 
suzish basseyni qurildi. Respublikaning eng kuchli suzuvchi lari bi­
lan uzluksiz mashg‘ulotlar tizimi kuchga kirdi. Agar shu choqqacha 
suzuvchilaming mashg‘ulotlari qishda, odatda, to ‘xtab qolgan bo‘I- 
sa, endi bu davrdan suzuvchilaming umumiy jismoniy tayyorgar- 
ligini ko‘tarish va sport mahoratini oshirish uchun foydalaniladigan 
bo‘ldi. Har yili 0 ‘zbekiston terma jamoasi qishning 1,5-2 oyini 
mamlakatning qishki suzish basseynlari mavjud shaharlarida o‘quv- 
inashq yig‘inlarida o ‘tkaza boshladi. Bunday yig‘inlaming ahami- 
yati juda katta edi. Bir tomondan, terma jamoa rahbarlari mamla­
katning yetuk murabbiylari bilan uchrashib, eng kuchli suzuv­
chilaming mashg‘ulotlarini kuzatib, suzish texnikasi, o ‘rgatish va 
rnashq qildirish uslubiyati masaialarida o‘z bilimlarini boyitgan 
bo'lsalar, ikkinchi tomondan, 0 ‘zbekiston suzuvchilarida sport 
mHV.sumini uzaytirish imkoni yuzaga keldi, shu bilan birga, ancha 
kuchli va tajribali o ‘rtoqlaridan ular ko‘p narsalami o ‘rgandilar, 
kurash olib borish uquvini egallab bordilar. 0 ‘zbekistonga qayt- 
gach, safarda qoMga kiritgan bebaho bilimlarini boshqa murabbiy va 
suzuvchilar bilan o'rtoqlashdilar. Shu tariqa A.K. Smirnov, V.T. 
Bondarenko va G.A. 
Filkov rahbarligida 1952-yil qishida
25


Leningradda respublikaning eng kuchli suzuvchilari va qobiliyatli 
yoshlarning o‘quv-mashq v ig in i o ‘tkazildi. Bulaming barchasi 
yozgi 
mavsumda 
deyarli 
barcha masofa larda rekordlaming 
yangilanishiga yordam berdi.
Ilk bor SJKF (Sport jarniyatlari ko‘ngilii federatsiyasi) Respub­
lika spartakiadasi o ‘tkazildi. Shundan so‘ng o ‘zbek suzuvchilari 
0 ‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston sportchilarining match 
uchrashuvida ishtirok etdilar va yana g‘olib bo‘ldilar. Viloyat ja- 
moalari orasida tashkil etilgan 0 ‘zbekiston birinchiligi mavsumning 
yakunlovchi musobaqasi bo‘ldi.
9-rasm, Bolalarni suzishga о ‘rgatish metodikasi.
KSJ I Respublika spartakiadasida 7 jamoaning qatnashganligi 
fakti suzishning tobora kenroq omrnalashib borayotganligidan darak 
beradi. Bu jarnoalar o‘rinlami quyidagi tartibda egalladilar: “Spar­
tak”, “Dinamo”, “Nauka”, “Lokomotiv”, “Iskra”, “Medik”, “ODO”. 
Bu vaqtda Yu.Frolov batterflyay usulida 200 m masofaga suzish 
bo‘yicha sport ustasi m e’yorlarini bajarib, 1954-yilda sobiq SSSR 
chempioni boidi. Eng kuchli suzuvchi qizlar safiga toshkentlik 
maktab o ‘quvchilari T.Potapova (u ham sport ustasi, sobiq SSSR 
birinchiligi sovrindori), A.Mixaylina, V.Mochalina va boshqalar 
qo‘shildilar.
1952-yilda 0 ‘rta Osiyo respublikalari va Q ozogiston xaiqlari 
spartakiadasida o ‘zbek suzuvchilari g‘alabaga erishdilar. Bu
26


musobaqalarda ham, navbatdagi respublika birinchiligida ham yangi 
respublika rekordlari o'rnatildi. Shunga qaramay, mamlakatdagi eng 
kuchli suzuvchilaming natijalari bilan taqqoslaganda, o‘zbek 
suzuvchilarining muvaffaqiyatlari hali u qadar sezilarli emasdi. 
1%2-yil 
sobiq 
SSSR 
birinchiliga 
0 ‘zbekistonning 
maktab 
o‘quvchilari jamoasi bor-yo‘g‘i 9-o‘rinni egalladi.
Respublikada suv sporti turini rivojlantirishdagi qiyinchiliklar 
nafaqat sport jamoatchiligini, balki jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbar 
tashkilotlami ham tashvishga solar edi. Respublika jismoniy tarbiya 
va sport qo‘mitasining 1952-yil uchun hisobotida ta’kidlanishicha, 
“0 ‘zbekistonning sport-texnik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga asosiy 
to‘siq bo‘layotgan narsa shuki, respublikada birorta qishki basseyn 
yo‘q, viloyatda esa sakrash uchun moslamalari boigan basseynlar 
deyarli topilmaydi. Malakali murabbiylar hamda qulay sport 
bazalari yo‘qligi ham suzish va suvga sakrash bo‘yicha ommaviy 
hamda sport ishlarini yaxshilashga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatyapti”. 
Bulaming bari, tabiiyki, bolalar va yoshlarni ommaviy tarzda suzish 
mashg‘ulotlariga jalb qilinishiga halal beradi. Ommaviylikning 
yo‘qligi esa, o‘z navbatida, terma jamoa tarkibiga yangi qobiliyatli 
sportchilar oqimini to‘xtatib qo‘yadi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Samarqand shahrida 
o‘tkazilgan (1953 y.) “Paxtakor” KSJ 1 Spartakiadasi dasturiga su­
zish ham kiritildi. Shu yili respublika birinchiligida 5 ta viioyatdan 
suzuvchilar jamoasi, 1954-yildagi Vlll 0 ‘zbekiston spartakiadasida 
esa 10 ta viloyat suzuvchilari ishtirok etdilar.
Viloyatlar suzuvchilarining tayyorgarligini jonlantirish uchun 
faqat poytaxt suzuvchilaridan iborat bo‘lgan respublika terma 
jamoasi alohida holda qatnashdi. Lekin binnuncha kuchsizlanib 
qolganiga qaramay, Toshkent jamoasi ancha ilgarilab ketdi. Bu 
uning yuksak mahoratini emas, viloyat sportchilaridan ko‘pchili- 
gining nihoyatda bo‘sh tayyorlanganligini ko‘rsatardi. Faqat 
ling'onalik V.Zaxarov (erkin usulda 100 m -  1.0 4 .6 - ikkinchi o‘rin 
vii erkin usulida 400 m - 5.18.5 - birinchi o‘rin) hamda 
L.Nurmutova (200 m -  3.49.9 - uchinchi o‘rin) yaxshi natijalarni 
namoyish etdilar. Respublikaning eng ilg‘or suzuvchilari qatoriga 
yerli mi Hat vakil lari - Ruzmatova, Shoniyozova, Mamadaliyev 
kelib qo'shildilar.
27


0 ‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston xalqlarining 1954- 
yildagi spartakiadasida o ‘zbek suzuvchilari muvaffaqiyatsizlikka uch- 
radilar - o ‘z “uylarida” ular Qozog‘iston jamoasiga m agiub boidilar.
1955-yilda 0 ‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti 
qoshida suzish kafedrasi ochildi, u suv sporti turlari bo‘yicha 
murabbiy xodimlarni tayyorlovchi asosiy muassasa edi. 0 ‘tgan 
yillar davomida suzish, suv polosi, suvga sakrash, zamonaviy 
beshkurash, dengiz ko‘pkurashi, akademik eshkak eshish, baydarka 
va kanoyeda eshkak eshish, sinxron suzish bo‘yicha 600 dan ziyod 
mutaxassis yetkazib berildi.
1955-yil sportchilaming sobiq SSSR xalqlari I Spartakiadasiga 
tayyorgarlik yili bo‘ldi, eng yaxshi suzuvchilami aniqlash uchun 
viloyat musobaqalari o ‘tkazildi. Ulardan faqat 5 tasigina respublika 
birinchiligiga o‘z jamoalarini chiqardilar. Bu musobaqalar ilk bor 
o ‘sha vaqtda butunittifoq musobaqalarda qabul qilingan dastur 
hamda tegishli qoidalarga ko‘ra o ‘tkazildi. Masofalar miqdori 
qisqartirildi, bellashuvlaming o‘zi dastlabki va final poygalari bilan 
tashkil etildi.
Qishda Kiyev shahrida murabbiylar A.K. Smirnov, V.T. Bon­
darenko va P.M. Borodin rahbarligida o ‘quv-mashq yig‘ini bo‘lib 
o ‘tdi. Bunday jadal faoliyat orqali suzuvchilar o‘z sport maho- 
ratlarini oshira bordilar. Shu yerda 0 ‘zbekistonning yangi rekordlari 
o ‘matildi:
R.Gribkova - erkin usuida 400 

Download 7,58 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123




Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va

Download 7,58 Mb.
Pdf ko'rish