Xulosa qilib shuni aytish lozim: tez suzish uchun tayanch
nuqtalami aniqlab, ularga nisbatan tez joyidan ko‘chish kerak, lekin
bu raaqsad uchun qoilarni tezroq harakat qildirish kerak emas.
Suv - bu odam odatlanmagan muhit bo‘lib, unga ko‘nikish
uchun bir qator qiyinchiliklami yengishga to ‘g ‘ri keladi. M a’lum
darajada yaxshi suza olish, shuningdek, yotiq holatni saqlashdagi
qiyinchiliklar texnika va natijalarga ta’sir qiladi.
1. Arximed itarib chiqaruvi kuchi.
Bu suyuqlik ichiga joylashtirilgan jismga ta’sir qiluvchi
kuchdir. U siqib chiqarilgan suyuqlik og'irligiga teng va jismning
geometrik markaziga ta’sir qiladi. Arximedning bu qonuni
hammaga ma’lum.