II BOB. SPO RTCH A
SUZISH TEXNIKA ASOSLARI
Suzish texnikasi deganda, harakatlami mutanosib ravishda na-
moyon qilish tushuniladi. Bu esa, ma’lum harakat qoidalariga rioya
qilgan holda oddiy suvda cho‘miluvchiIar suzishidan farqi qolmay
qoladi.
Buning uchun, avvalo, suzishning shakli, harakat usullari va
shu harakatlaming o ‘zaro qovushishi, mos kelishi talab etiladi.
Shunda sportchi o‘zining tashqi va ichki kuchlarini yuqori
darajada safarbar qila oladi. Suzuvchining muntazam ravishda “bir
qolipga tushib suzish” tabiatini egailashi bora-bora uning individual
suzish texnikasiga aylana boradi. Endi o ‘zining
butun harakat va
funksional
imkoniyatlarini
o ‘z
texnikasi
asosida
ro‘yobga
chiqaradigan boiadi. Bu, odatda, individual texnika deyiladi.
Individual texnika qoida o iaro q , doimiy ravishda rivojlantirib,
takomillashtirib borishni talab etadi. Individual texnika qanchalik
takomillashsa, u shunchalik yengil ko‘chadigan bo‘lib
boradi va
yangidan - yangi turlar mashq qilish imkoniyati tug‘iladi.
Suzish texnikasini qanchalik sust yoki tez takomillashtirib
borishda, yuqorida aytib o ‘tganimizdek, sportchining yoshi, bo‘yi,
gavda qismlari rivojlanganligining o ‘zaro nisbati, vazni, oyoq va
shu suzuvchiga xos uning shaxsiy qobiliyati muhim ahamiyatga ega.
Sportchining
jismoniy chiniqqanligi, kuchi va qayishqoqligining
roli, o ‘z-o‘zidan ayonki, juda zarur.
Bulami bilganimiz holda endi suvning o ‘z tabiati, suvda
muallaq turish va harakatlanish qonuniyatlari haqida to ‘xtab o ‘tsak.
Siz bu kursgacha gidrostatika va gidrodinamika tushunchalarini
anglab yetgansiz.
Demak, gidrostatika suzuvchi tanasining
suvdagi muvozana-
tini ifodalasa, gidrodinamika suzuvchi tanasining suvdagi harakatini
ifodalaydi. Shundan kelib chiqib, suzuvchining muayyan harakatlari
majmuasi natijasida uning suvda oldinga
siljib borishiga dinamik
suzish deyiladi. Gidrodinamikadan dinamik suzish kelib chiqqa-
nidek, gidrostatikadan statik suzish kelib chiqadi. Buni quyidagicha
izohlash mumkin. Masalan, odam gavdasi hech bir harakatlanmay
49
ham m a’lum vaqt mobaynida
suvda qalqib tura oladi, suvda
cho‘milganlarning jam i buni yaxshi biladi. Xuddi mana shu m a’lum
vaqt davomida odam gavdasining suv betida yoxud uning biror
qatlamida muallaq turish holati yuqorida tilga olgan statik suzish
bo‘ladi.