latish), suzish tezligini ancha oshirdi va 1904-yilda erkin usuida 50
va 100 yardga suzish buyicha olimpiadada oltin medallami q o ig a
kiritdi. R.Kevil oyoqlar harakatining tekisligini Z.Xalmanga
qaraganda ko‘proq o'zgartirib, ular faolligini kuchaytirdi. Q oining
har bir “eshishi”ga muvofiq Kevil qarama-qarshi oyog‘i bilan bir
harakat (zarba) bajarar edi. U go‘yo suvda emaklardi, yangi
usulning nomi ham shu bilan bog‘liq (inglizcha krawl - emaklash).
Z.Xalman taklif etgan suzish usuli sport tarixiga “vengercha
krol” b o iib , R.KeviI usuli esa “avstraliyacha krol” bo‘lib kirdi.
Bunday suzish texnikasini yanada takomillashtirish 1912 va 1920-
yillar Olimpiada o‘yinlarining 100
m
erkin usuida suzish bo‘yicha
g‘olibi gavayalik Dug Kaxanamoku chekiga tushdi,
u jahon
rekordlarini ko‘p bor yangilab, ilk marta ko‘pdan orzu qilingan bir
daqiqa chegarasiga juda yaqin keldi (1.00,4).
Uning orqasidan krol texnikasiga jahon rekordchilari va
olimpiada chempionlari - amerikalik Charlz Daniels (1908-1910-y.y.),
gavayalik Dug Kaxanamoku (1912-1920-y.y.), amerikalik Norman
Ross (1918-1920-y.y.), Djon Veysmyuller (1922-1928-y.y.), Etel Laki,
Marta Norelius va Gertruda Ederle (1920-1924-y.y.) yangi o‘zgarishlar
kiritishdi. Ulaming ko‘pchiligi mashhur amerikalik murabbiy Vilyams
Baxraxning shogirdlari edi. Eng tezkor suzish texnikasi ustida Vilyams
Bakrax olib borgan izlanishlami uning o ‘quvchisi Djon Veysmyuller
hammadan ko‘ra yaxshiroq amalga oshirdi, u ko‘p karra jahon rekord-
chisi, olimpiada o‘yinlarining (1924,1928-y.) besh karra g‘olibi edi.
Veysmyulleming kroli quyidagi xususiyatlari bilan ajralib
turadi: suvga tekis yuzaki kirish bilan bajariladigan start, yuz qosh-
largacha suv ostida, bo‘shashtirilgan qo‘l faol “eshish”dan
avval
oldinga cho‘ziladi; “eshish” vaqtida qo‘l tirsak bo‘g‘imida bukilgan;
o ‘ng q o i suvdan chiqarilganda, bosh o‘ng tomonga burilib, o g iz
orqali tez, chuqur nafas olinadi, undan keyin bosh dastlabki holatga
qaytib, shu zahoti (to‘g ‘ridan-to‘g‘ri suvga) burun orqali nafas
chiqariladi. To‘g‘ri uzatilgan, lekin bo'sh qo‘yilgan oyoqlar yuqo-
ridan pastga, keyin yana yuqoriga tez-tez ritmik harakatlami amalga
oshiradi, ularning sur’ati - ikkala q o in in g to ia sikl harakatlari
davomida oyoqlar bilan 6 bor zarba bajariladi.
Yigirmanchi yillaming birinchi yarmida
bir qator amerikalik
suzuvchilar, jumladan, Veysmyuller kroli texnikasini boshqalamiki-
46
dan ajratib turadigan jihat - ravonlik, qayishqoqlik, ritmlilik, uz-
luksizlik hamda barcha harakatlaming o ‘zaro aniq mosligi edi. 20-
yillar bogishda V.Bakrax va uning shogirdlari tomonidan ishlab
chiqilgan krol texnikasi shu qadar oqilona va mukammaJ ediki,
keyinchilik jahon chempionlari biror jiddiy o ‘zgartirish kiritmagan
holda undan foydalandilar.
Amerikalik suzuvchi, besh karra olimpiada chempioni Djon
Veysmyulleming 1922-1940-yillardagi rekord
natijalari olti zarbali
krolning shak-shubhasiz afzalliklarini tasdiqladi. Faqat oltmishinchi
yilning oxiridan bu texnikaga tub o‘zgarishlar kiritila boshlandi.
K o‘krakda krol usulida suzish texnikasining keyingi taraqqiyotiga
avstraliyaliklar eng ko‘p hissa qo‘shdilar. Ular suzishning mutlaqo
yangi texnikasini yaratdilar - bu qo‘llarda ikki zarbali krol edi. Er
kin suzish bo‘yicha musobaqalarda barcha masofalarda yangicha
krolni qo‘llash natijasida avstraliyaliklar deyarli barcha jahon sov-
rinlarining sohibiga aylandilar (erkaklar ham, ayollar ham). Ular ya-
ratgan texnikaning amerikaliklarnikidan jiddiy ustun tomonlari mav-
jud edi: qo‘l panjasi suv yuzasiga tegishi bilan darhol “eshish”ning
kuch ishlatiladigan qismi boshlanardi (“veysmyullercha bosib
kelish” to‘la bartaraf etildi), “eshish” harakati yarim egilgan qo‘l bi
lan qiya yo‘nalishda nihoyatda faollik bilan bajarilardi. Avstraliyalik
suzuvchilar quvvatni oqilona ravishda tejash maqsadida oyoq laming
kuchli va tezkor harakatlaridan voz kechdilar. Ular qo‘l mushak-
larini mustahkamlash uchun quruqlik va suvda maxsus kuch
mashqlarini joriy qildilar. Bu Veysmyuller
izdoshlariga nisbatan
yangicha krol usulida suzuvchilaming “eshish” harakatlarini ancha
tez va samarali bajara olishlariga imkon berdi.
Sprintercha krol texnikasi Vladimir Bure va uning murabbiyi
Valeriy Vladimirovich Bure tomonidan butunlay o ‘ziga xos tarzda
takomillashtirildi. 0 ‘zgarishlar quyidagilardan iborat: tana suv
yuzasida baland tutiladi va qo‘llar bilan nihoyatda tez “eshish”
harakatlari bajariladi.
Ko‘krakda krol bilan bir vaqtda chalqancha krol ham rivojlanib
bordi. Mustaqil tur sifatida chalqancha suzish II Olimpiada o‘yin-
laridan boshdab (1900 y.) musabaqalar dasturiga kiritildi. 0 ‘tgan
asming dastlabki o‘n yilligi mobaynida suzuvchi suzishning bu
usulida to‘ntarilgan brassdan foydalanardilar. 1912-yil o‘yinlarida
47
Garri Xebner (AQSH) birinchi marta qo‘llarini navbatma-navbat
harakatlantirib, oyoqlari bilan uchayotgandek zarbalar berib, “to‘nta-
rilgan krol” usulini qo‘llaydi va chalqancha brass usulida suzayotgan
raqiblaridan ancha o‘zib ketdi. 30-yillarda chalqancha krolning
zamonaviy texnikasini boshqa amerikalik - 1936-yil
olimpiada
chempioni Adolf Kifer namoyish etdi. Bu suzuvchi birinchi bo‘lib
salto bilan burilib, Berlin o ‘yinlarida mqiblari oldida katta ustunlikka
ega boMdi. 1936-yilda 100
m
masofaga chalqancha suzish bo‘yicha
Kifer o‘matgan rekord jahon miqyosidagi g‘alabalar jadvalida 12 yil
yangilanmay turdi. Bu usulda qo‘l va oyoqlar bilan “eshish”
harakatlari texnikasiga chalqancha suzish bo‘yicha ko‘p karra jahon
rekordchilari amerikalik Adolf Kifer (1935-1944-y.y.) va GDR
suzuvchisi Roland Mattes (1967-1975-y.y.) tub o‘zgarishlar kiritdilar.
1948-yilda chalqancha krol texnikasi bir ozgina o ‘zgardi - suzuvchilar
bu usulda qo‘lni tursak bo‘g‘imida bukib harakatlantiradigan bo‘ldilar.
XX
asr boshlarida sportcha suzishning to‘rtta usuli - brass,
batterflyay, ko‘krakda krol (erkin usul poygalarida qoMlaniladi) va
chalqancha krol (chalqancha usul poygalarida qoilaniladi) paydo
bo‘lib, ommaviy ravishda rivojlana boshladi. Suzishning bu to‘rt
usulini birlashtirish natijasida beshinchi tur - majmuali suzish yuzaga
keldi, bunda bir suzuvchi galma-gal to‘xtovsiz bir poygada masofani
(200 yoki 400