|
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvorBog'liq 16939771608935024darajaTadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor
yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya ishi bo‘yicha tadqiqotlar Respublika
fan va
texnologiyalar rivojlanishining II. «Energetika, energiya va resurstejamkorlik» ustuvor
yo‘nalishiga mos keladi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Muayyan assortimentdagi iplar ishlab
chiqarish, ulardan keng va samarali foydalanish, mato to‘qish jarayonlari
samaradorligini oshirish asosda mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirish,
yigirish mashinalari ishchi qismlarini takomillashtirish va maqbullash orqali uning ish
unumini oshirish, yangi turdagi iplar assortimentini yaratish, ip strukturasidagi
o‘zgarishlarni oldindan aniqlash, melanj ip sifatini oshirish, iplarning deformatsion
xossalari asosida yigirish mashinalarining optimal parametrlarini tanlash bo‘yicha bir
qator chet el olimlari, jumladan, De Araújo, M. Catarino, H. Hong, J.W.S.Hearle,
W.Oxenham, L.V.Langenhove, F. Göktepe, X.Shao, Y.Guo va Y.Wang, Y.Zeng,
A.Basu, D.RajeshV.P.Sherbakov, G.I.Chistoborodov, A.A.Stolyarovlar va boshqalar
tadqiqotlar olib borishgan .
To‘qimachilik iplari ishlab chiqarish texnika hamda texnologiyalarini
takomillashtirishga O‘zbekistonning taniqli olimlarini ilmiy ishlari bag‘ishlangan.
Bulardan:
R.Z.Burnashev,
X.Alimova,
M.M.Muqimov,
X.X.Ibragimov,
O.Axunbabayev, Q.G‘.G‘ofurov, K.Jumaniyazov, B.Mardonov, K.S.Sultonov,
J.Q.G‘ofurov,
V.T.Isaqulov,
X.T.Bobojanov,
X.Parpiyev,
U.Meliboyev,
J.Mirzaboyev, D.Aliyeva, Q.Xoliqov, S.L.Matismailov, Z.Erkinov, O.Rajabov,
SH.Qoraboyev va boshqalar. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida to‘qimachilik
xomashyosidan samarali foydalanish, uni tozalash, yigirish, ip va mato mexanikasi,
to‘qimachilik mashinalari samaradorligi, ishonchliligi, puxtaligi, mahsulot texnologik
ko‘rsatkichlari va ularni yaxshilash va amaliyotda qo‘llash masalarni еchishda
salmoqli natijalarga erishildi.
Shu bilan birga, ip yigirish bo‘yicha ko‘plab izlanishlar olib borilganiga
qaramasdan, bugungi kunda muayyan assortimentdagi trikotaj iplari ishlab chiqarish,
ularning fizik-mexanik xususiyatlari va yigirish mashinalari ishchi qismlarini ip
xossalariga ta’siri, trikotaj iplarining turli xossa va hususiyatlari hamda ularning
7
yigirish mashinalari samaradorligiga ta’siri kabi muammolari еtarli darajada
o‘rganilmagan.
|
| |