8
paxta tolasidan halqali yigirish usulida ishchi parametrlarni saqlagan holda
korxonadagi mavjud pishitish uchburchagidan farqli bo’lgan,
qamrov yoyi
kichraytirilgan ip olish usuli yaratilgan;
buram uchburchagini kichraytirish maqsadida tolali qatlamni silindrdagi qamrov
yoyini muqobil burchagi, eng yaxshi sifatga erishish uchun maqbul pishitilganlik
hamda urchuq aylanishlar sonining optimal qiymatlari aniqlangan.
Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
pishitish uchburchagini kamaytirish orqali kam buramli
trikotaj iplari ishlab
chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
kompakt iplarida tukdorlikni kamaytirish uchun kompakt qurilmasidan
foydalanilganda buram uchburchagini yo‘qolishi va bu ip strukturasini o‘zgartirishi
aniqlangan;
mavjud eski modifikatsiyadagi halqali yigiruv mashinalarida yangi qurilmani
qo‘llash orqali kam buramli trikotaj iplari ishlab chiqarilganda
yuqori unumdorlik
ta’minlangan;
mavjud va tavsiya etilayotgan texnologiyada olingan trikotaj iplarining
solishtirma xossa ko‘rsatkichlarini taqqoslash natijasida yangi texnologiyada olingan
trikotaj iplarining sifati yuqori ekani aniqlangan va ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.