5
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda to‘qimachilik
sanoati geografiyasidagi o‘zgarishlar qisman uning xom
ashyo bazasidagi siljishlar
bilan izohlanadi. Xuddi shu geografik o‘zgarishni to‘qimachilik sanoatining alohida
kichik tarmoqlari, birinchi navbatda asosiy–paxta misolida ko‘rish mumkin. Buning
uchun paxta matolarini ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘nta mamlakat bilan
tanishish kifoya. Rivojlanayotgan mamlakatlar, garchi ular miqdoriy jihatdan ustunlik
qilmasa ham, ishlab chiqarish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlardan ancha ustun va bu
kabi masalalarga alohida ahamiyat
berilmoqda
1
. Hozirgi kunda paxta mahsulotlariga
talab yuqori. Har yili barcha mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va mexanizasiyalash, yangi texnologiyalarni joriy etish orqali
mahsulot turlarini kengaytirish va sifatini oshirishga harakat qilmoqda. Avvalo, sof
paxta va kimyoviy tolalar gazlamaga eng yaxshi va qimmatli iste’mol sifatini berish
maqsadida qayta ishlanadi. Bu borada paxta matolarining asosiy ishlab chiqaruvchisi
Xitoy, undan keyin Hindiston bo‘lib, shuningdek, AQSH, Rossiya, Braziliya,
Yaponiya, Italiya va Germaniyada ham ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda gazlamalarni
jahon miqyosida ishlab chiqarishda kimyoviy tolalarning
ulushi sezilarli darajada
oshdi, paxta, jun va ayniqsa, zig‘irning ulushi kamaydi. Tabiiy va kimyoviy tolalardan,
trikotajdan (trikotaj matosidan) aralash matolar yaratishga alohida e’tibor
qaratilmoqda
2
.
Jahonda trikotaj iplarini ishlab chiqarishning yuqori samarali va resurstejamkor
texnologiyalar va texnika vositalarining yangi ilmiy-texnikaviy еchimlarini ishlab
chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada, jumladan
korxonalarda ishlab chiqarilayotgan trikotaj iplari assortimentlari, qo‘llanilayotgan
yigirish
mashinalarining texnik, konstruktiv va assortiment imkoniyatlarini keng
tadqiqotlar o‘tkazish orqali o‘rganish hamda muayyan maqsadlar uchun turli tarkib va
chiziqli zichlikdagi, tuzilishi turlicha bo‘lgan trikotaj iplarni ishlab chiqarish
texnologiyasini tanlash va ipning belgilangan xossalarini boshqarish imkoniyatlarini
topish, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishga yo‘naltirilgan
ilmiy tadqiqot
ishlariga alohida e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda trikotaj iplarini ishlab chiqarishda mehnat hamda energiya
sarfini kamaytirish, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida
yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish,
ichki va tashqi
bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash yuzasidan keng
qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. 2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida,
jumladan «...milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotda
energiya va
resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan
texnologiyalarni keng joriy etish»
3
bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Ushbu
1
https://compendium.school/geographic/world/108.html
- Текстильная промышленность мира - география отраслей
мирового хозяйства
2
https://geographyofrussia.com/tekstilnaya-promyshlennost/
3
o‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «
o‘
zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g’risida» gi Farmoni
6
vazifalarini amalga oshirishda, jumladan, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati
rivojlanishining
har tomonlama tahlili, raqobatning kuchayishi sharoitida jahon
bozorining o‘zgaruvchanligi sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek,
yanada barqaror va jadal rivojlanishi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda texnik va
texnologik jihatdan modernizatsiyalashgan mashinalarni yaratish muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son
«2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, «To‘qimachilik va
tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-
tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 5 maydagi PF-5989-son Farmoni va «Yengil
sanoatni
yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 16 sentyabrdagi PQ-4453-son qarorlari hamda mazkur
faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni
amalga oshirishga ushbu dissertasiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.