• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • Adabiyotlar tahlili, tadqiqot maqsadi va vazifalari
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/32
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #104243
    TuriИсследование
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
    Bog'liq
    16939771608935024daraja

    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Dissertatsiya ishining natijalari 7 ta 
    halqaro va respublika ilmiy-texnik anjumanlarida ma’ruza qilingan va muhokamadan 
    o‘tgan.
    Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 13 
    ta ilmiy ishlar chop etilgan, shulardan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya 
    komissiyasining falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop 
    etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola nashr etilgan, shundan 2 ta maqola 
    chet el ilmiy jurnallarida nashr etilgan. 
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, 4 ta bob, umumiy 
    xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning 
    hajmi 114 betni tashkil etadi. 
    DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
    Kirish qismida o‘tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zarurati asoslangan, 
    tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob’ekti va predmetlari shuningdek, respublika fan 
    va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, tadqiqotning ilmiy 
    yangiligi, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarini 
    amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha 
    ma’lumotlar keltirilgan.
    Dissertatsiyaning “Adabiyotlar tahlili, tadqiqot maqsadi va vazifalari” deb 
    nomlangan birinchi bobida to‘qimachilik sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan 
    yigirilgan ip ishlab chiqarish jarayonlari, trikotaj iplari, ularning xossalari va 
    qo‘yiladigan talablar, trikotaj iplari ishlab chiqarish texnika va texnologiyasini tadqiq 
    etish, halqali yigirish mashinalarini takomillashtirish va halqali usulda yigirilgan 
    iplarning nazariy va amaliy tadqiqotlar, halqali yigirish mashinasini ishlab chiqarish 
    bo‘yicha dunyoda еtakchi firmalar, bugungi kunda to‘qimachilik texnologiyasi 
    bo‘yicha olimlar va to‘qimachilik korxonalari mutaxassislarining oldida bir qator 
    qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va еchilishi zarur bo‘lgan muammolar haqida 
    ma’lumotlar keltirilgan. 
    Shuningdek, to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishda yigirilgan ip ishlab chiqarish 
    korxonalarining o‘rni beqiyosligi, hozirgi kunda trikotaj mahsulotlarini ishlab 
    chiqarish uchun trikotaj iplari sifatini yaxshilash bo‘yicha olimlarning tadqiqotlari 
    keltirilgan. 
    Iplarning xossalarini bashoratlash va loyihalashda ob’yektiv yondashuv 
    texnologik jarayonlar natijalarini ilmiy tahlil qilish va baholashga, shuningdek, ipning 
    tuzilishi va xususiyatiga bog‘liq qonuniyatini o‘rnatishga imkon beradi. Natijada, 
    texnologik jarayonni nazorat qilish va yuqori sifatli ipni ishlab chiqarishga turtki 
    beradi. Bu mavjud xomashyolardan oqilona foydalanishga va mahsulotlarning 
    raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. Yakuniy mahsulot sifatiga ta’sir 
    ko‘rsatadigan fizik-mexanik ko‘rsatkichlari katta miqdorda iplarning strukturaviy 
    tuzilishiga bog‘liq bo‘lib, u quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:
    a) buram berish darajasi;


    10 
    b) iplarning uzunligi bo‘yicha joylashuviga;
    c) ipning ko‘ndalang kesimidagi tolalar soni va zichligi;
    d) sifat va soni bo‘yicha tolalarni ipda taqsimlanishi. 
    Dissertatsiya ishida tahlil etilgan adabiyotlar va ko‘rib chiqilgan tadqiqotlarda 
    oxirgi ko‘rsatgich, ya’ni tolalarni soni bo‘yicha ipda taqsimlanishi e’tiborga olinmaydi 
    va asosan yuqoridagi uchtasiga diqqat qaratilgan. 
    Halqali yigirish mashinasida shakllanayotgan ipga buram berish yugurdak 
    yordamida amalga oshirilib, ip shakllanish yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga 
    yo‘naladi.
    Ipga berilayotgan buram imkoni boricha cho‘zish jufti (silindr va valik) tolalarni 
    qisish chizig‘iga yaqinroq, lekin chiziqqa yetib bormasligi kerak. Chunki, tolalar 
    cho‘zish juftidan chiqqandan so‘ng tekislanishi va bir-biriga o‘ralishi lozim. Buram 
    yuqoriga ipdagi tolalarni joylashuv burchagi qachonki pishitish uchburchagi 
    burchagiga teng bo‘lmagunga qadar harakatlanadi (1-rasm).

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish