-rasm. Yigiruv chizig‘i sxemasi (a) va halqali yigiruv mashinasida cho‘zish asbobining




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/32
Sana23.11.2023
Hajmi1,7 Mb.
#104243
TuriИсследование
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
16939771608935024daraja

2-rasm. Yigiruv chizig‘i sxemasi (a) va halqali yigiruv mashinasida cho‘zish asbobining 
joylashuv tasviri (b) 
Tadqiqotchilar tomonidan halqali yigirish mashinasi cho‘zish asbobidan keyin 
qo‘shimcha qurilma qo‘llash orqali buram uchburchagini qisqartirish, mashina 
tezligidan unumli foydalanish, iplarni uzilishi kamaytirish orqali ip sifatini oshirish 
hamda kam buramli kichik chiziqiy zichlikdagi iplar ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
kengaytirish maqsad qilib olingan.
Yangi konstruksiyadagi qurilma mashina ishga tushgandan so‘ng avtomatik 
tarzda ishga tushadi va ip uzilganda taranglikni yo‘qolishi hisobiga o‘zining dastlabki 
holatiga qaytadi (3-rasm).
Ushbu qurilma bugungi kunda mashinalar to‘liq kompyuter tizimiga ulangani 
sababli, ishlashi bo‘yicha murakkablik tug‘dirmaydi. Uning ishlash tartibi 
quyidagicha: mashina ishga tushirilgandan keyin qurilma 5 yuqoriga qarakat qilib, 
shakllanayotgan ip 6ni old silindr 4 dan ko‘tarishi natijasida, ipga berilayotgan buram 
yuqoriga qarab harakatlanadi. Buning natijasida ipni uzilishini oldi olinadi. Shu bilan 
birga qurilma ko‘tarilishdan to‘xtagach, mashinaning tezligini avtomatik yoki 
kompyuterga buyruq berish orqali ko‘tariladi. 


12 
1-mashina ramasi; 
2-cho‘zish asbobi; 
3-old valik; 
4-old silindr; 
5-ipni ko‘taruvchi yangi 
qurilma; 
6-shakllanayotgan ip; 
7- ip o‘tkazgich. 
 
3-rasm. Halqali yigirish mashinasida buram uchburchagini o‘zgartirib beruvchi qurilma 
Ip uzilganda taranglikni yo‘qolishi hisobiga qurilma avtomatik tarzda dastlabki 
holatiga, yani ipga tegmaydigan holatga keladi. Mashinaning tezligi pasayganda 
taranglikni pasayishi hisobiga qurilma dastlabki holatiga keladi.
 
4-rasm. Halqali yigiruv mashinasida yangi qurilmani sinovdan o‘tkazish 
Dastlabki ishchi chizmalar asosida Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
“Yigiruv laboratoriyasi”dagi P-76 rusumli halqali yigiruv mashinasida tajriba sinovlari 
o‘tkazildi (4-rasm). Ushbu mashinada 3 xil texnologik rejimda chiziqli zichligi 25 
teksli iplar ishlab chiqarildi. 
Ip mexanikasi bilan bog'liq ko‘pgina tadqiqotlarda ipning to‘qimachilik 
mashinalarining ishchi organlari bilan o‘zaro ta’siri mexanikasiga katta ahamiyat 
qaratiladi.
To‘qimachilik iplari mexanikasi bo‘yicha zamonaviy amaliy ishlarda ipning 
harakat tenglamalarining murakkabligi va tashqi kuchlarning umumiy ta'riflari tufayli 


13 
ishqalanishning soddalashtirilgan modellari ko‘pincha qo‘llaniladi. Shunday 
modellardan biri Amontonning ishqalanish qonunidir. 
𝑇 = 𝑘𝑁 (1) 
bu yerda: k – ishqalanish koeffitsienti; N – normal bosim kuchi. 
Ushbu qonun ipning tekislik bilan o‘zaro ta’sirini hisoblashda yaxshi ishlaydi. 
Amonton qonuni bo‘yicha ishqalanish koeffitsientini aniqlashning eng oddiy usuli 
Taleporovskiy usuli bo‘lib, unda ikkita ishqalanish yuzasi orasiga ma'lum N kuch bilan 
qisilgan ip o‘lchangan F kuch bilan tortiladi. Ishqalanish koeffitsienti quyidagicha 
hisoblandi. 
𝑘 = 𝐹/2𝑁 
Egri sirtlarda ipning ishqalanish kuchlarini hisoblash uchun Eyler formulasidan 
foydalanildi: 
𝑇 = 𝑇
0
𝑒
𝑘𝜑
(2) 
bu yеrda: T- taranglik kuchi; T
0
– boshlang‘ich taranglik; e – egri yuzani qamrov 
burchagi. 
Eyler formulasining qo‘llanilishi odatda cheklangan, chunki, ipning egilish 
deformatsiyalarini, egri chiziqlar radiusini, o‘ralgan sirtni va boshqa bir qator 
parametrlarni hisobga olish shart emas. Ipning egri yuzalar bilan o‘zaro ta’sirini tadqiq 
qilishning yana bir yo‘nalishi ishqalanish kuchining nafaqat normal bosim kuchiga
balki ipning sirt bilan aloqa qilish maydoniga bog'liqligini aniqlashdir. Bunday 
ishlardan biri N.V.Lustgarten. Ushbu ishda ko‘ndalang harakat paytida o‘zaro ta’sir 
qiluvchi ikkita ipning ishqalanish modeli quyidagi ifoda bilan aniqlangan: 
𝑇 = k𝑁 + 𝛽𝑆 (3) 
bu yerda: β – yopishish koeffitsienti; S – o‘zaro ta’sirlashuvchi yuzalarning 
teginish maydoni. 
Ishchi aloqa maydonini quyidagi bog'liqlikka ko‘ra aloqa joyining ellipssimon 
shakli shartlaridan foydalanib hisoblash taklif etilgan: 
𝑆 = 𝜋𝑎𝑏 4
⁄ 

Download 1,7 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Yigiruv chizig‘i sxemasi (a) va halqali yigiruv mashinasida cho‘zish asbobining

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish