• Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/32
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #104243
    TuriИсследование
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
    Bog'liq
    16939771608935024daraja

    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot yakunida, natijalarining 
    ishonchliligi, katta hajmdagi tajriba materiallarining statistikasi, nazariy va amaliy 
    tadqiqotlarning natijalarini solishtirish, baholash mezonlariga ko‘ra ularning mos 
    kelishi, yangi tavsiya etilgan texnologiyada trikotaj iplari ishlab chiqarishning nazariy 
    va amaliy tadqiqotlarining o‘zaro mos kelishi bilan izohlanadi.
     
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining 
    ilmiy ahamiyati buram uchburchagini kichraytirish natijasida tolali qatlamni 
    silindrdagi qamrov yoyini muqobil burchagini ta’minlovchi yangi qurilmani qo‘llash 
    orqali trikotaj iplari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirilgan va buning 
    natijasida yuqori sifatli trikotaj ip ishlab chiqarishni ilmiy asoslangan texnologiyasini 
    yaratilganligi bilan izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati halqali yigirish usulida ipning 
    shakllanish jarayoni bilan strukturasi va xossalari orasidagi bog‘liqlik unga ta’sir 
    etuvchi parametrlarni hisobga olib mavjud eski modifikatsiyadagi halqali yigirish 
    mashinalarida pishitish uchburchagini maqbul parametrlari o‘rnatilib, urchuq tezligi va 
    buramlar sonini ip xossalariga ta’sirini o‘rganish asosida optimal ishchi parametrlar 
    ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Halqali yigirish mashinasiga tolali 
    qatlam qamrov yoyini kichraytiruvchi qurilma qo‘yish bo‘yicha qilingan izlanishlar 
    natijalari asosida:
    halqali yigirish mashinasiga tolali qatlam qamrov yoyini kichraytiruvchi qurilma 
    «Home textile NT» MCHJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston 
    Respublikasi «O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT» Uyushmasining 2023 yil 12 iyuldagi 
    03/25-1495 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ipning Uster bo‘yicha notekisligi 19 % 



    ga kamaygan, ipning pishiqligi 7 % ga va uzilishdagi uzayishi 40 % ga oshgan hamda 
    mashinada ip uzilishlar soni 47 foizgacha kamaygan.

    Download 1,7 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish