11
Dissertatsiyaning “
Halqali yigirish mashinasida sifatli trikotaj iplari ishlab
chiqarishning nazariy tadqiqi” deb nomlangan ikkinchi
bobida halqali yigirish
mashinasida trikotaj iplari ishlab chiqarishning konstruktiv imkoniyatlar tahlili,
konstruksiyasini takomillashtirish, trikotaj iplari ishlab chiqarish bo‘yicha
nazariy
tadqiqotlar olib borilgan hamda Rieter kompaniyasining urchuqlarni individual nazorat
(Individual Spindle Monitoring (ISM)) qilish qurilmasidan samarali foydalanish
imkoniyatlari aniqlangan.
Halqali yigiruv mashinasida cho‘zish asbobi ma’lum burchak ostida qiya qilib
o‘rnatiladi (2-rasm). Bu qiyalikning sababi, old silindrdan chiqayotgan tolali tutamni
chiqish burchagini kamaytirish hisoblanadi. Tolali tutamni silindr yuzasidagi qismiga
buram
еtib bormaydi, va shu sababli uning uzilishga chidamliligi, tayyor ipning
pishiqligidan 22-24 %ni tashkil etadi.
a)
b)