• Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/32
    Sana16.02.2024
    Hajmi0,92 Mb.
    #157711
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
    Bog'liq
    17071208363837304daraja

    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi tadqiqotda qo‘llanilgan yondoshuv, 
    usullar va nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olingani, keltirilgan tahlillar 
    va tajriba-sinov ishlarining reprezentativligi hamda olingan natijalarning matematik-
    statistik tahlil metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning 
    amaliyotda joriy qilinganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan 
    tasdiqlangani bilan izohlanadi. 
    Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy 
    ahamiyati ilgari surilgan nazariy xulosalar, tavsiyalar oliy ta’lim muassasalarida 
    kadrlar tayyorlash sifatini mazmunan boyitishga, fanlarni o‘qitish jarayonini 
    takomillashtirishga xizmat qilishi, oliy ta’lim talabalarining kreativligini rivojlantirish 
    didaktik mazmunining ilmiy-nazariy asoslanganligi, kreativligini rivojlanganligini 
    baholash mezonlarining takomillashtirilganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati, ilgari surilgan taklif va tavsiyalardan 
    oliy ta’lim muassasalarida pedagogik turkum fanlarini o‘qitishda, o‘quv reja, o‘quv 
    dasturlari, darslik, o‘quv metodik qo‘llanmalar yaratish, nazariy va amaliy 
    mashg’ulotlarni tashkil etishda, pedagog kadrlarni tayyorlashda ta’lim sifatini 
    takomillashtirishda 
    foydalanish 
    mumkinligi 
    hamda 
    talabalarning 
    kreativ 
    qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishning rag’batlantiruvchi 
    omillarning aniqlanganligi bilan belgilanadi. 
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi talabalarining 
    kreativligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
    talabalarning 
    kreativligini 
    rivojlantirishning 
    pedagogik 
    imkoniyatlari 
    ossotsiativlik, GEStalt psixologiyasi hamda inson jamiyat atrof muhitga bog‘liq 
    o‘zgaruvchi faoliyatga bo‘lgan aqliy qobiliyatni kasbiy faoliyatga moslashtirish 
    asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida 
    bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi 
    asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan 
    vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika 
    universitetining 2023-yil 5-iyundagi 02-07-2123/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada 
    oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirishning pedagogik 
    imkoniyatlarini tahlil etishga sharoit yaratilgan; 
    oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish 
    mezonlari ichki va tashqi psixologik xususiyatlari ijtimoiy munosabatlar hamda 
    faoliyat turlarining turg‘un xususiyat sifatlarini barqarorligini aniqlash asosida 
    takomillashtirishga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan 



    PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning 
    metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni 
    amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-
    yil 5-iyundagi 02-07-2123/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada kreativ qobiliyatlarini 
    rivojlantirish imkoni kengaytirilgan; 
    talabalarning 
    kreativ 
    qobiliyatlarini 
    rivojlantirish 
    modeli 
    innovatsion 
    yo‘nalganligi va moslashuvchanligini ketma-ket ta’minlash, interfaol o‘qitish hamda 
    pedagogik hodisalar, faktlarni ijtimoiy sabablarini aniqlash va novatorlik yechimlarni 
    kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika 
    universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik 
    pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha 
    doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat 
    pedagogika 
    universitetining 
    2023-yil 
    5-iyundagi 
    02-07-2123/04-raqamli 
    dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativ qobiliyatlarini 
    rivojlantirish mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan; 
    talabalarning kreativligini rivojlantirish texnologiyalari yangilik ochish va 
    prognoz etish, qarorlar qabul qilish hamda faoliyat mahsulotlarini yaratish, voqelikni 
    idrok etish rekombinatsiyasi asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat 
    pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida 
    milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli 
    grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent 
    davlat pedagogika universitetining 2023-yil 5-iyundagi 02-07-2123/04-raqamli 
    dalolatnomasi). Natijada talabalarning kreativligini rivojlantirishning modelini 
    takomillashtirish samaradorligi oshgan. 

    Download 0,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish