• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi
  • “Oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirishning nazariy asoslari”
  • Oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/32
    Sana16.02.2024
    Hajmi0,92 Mb.
    #157711
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
    Bog'liq
    17071208363837304daraja

    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro 
    va 2 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida muhokamadan o‘tkazilgan. 
    Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 
    8 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya 
    komissiyasi doktorlik (PhD) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya 
    qilgan ilmiy nashrlarda 3 ta maqola, shundan 2 tasi respublika va 1 tasi xorijiy 
    jurnallarda nashr ettirilgan.
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosalar 
    va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. 
    Dissertatsiyaning umumiy hajmi 133 sahifani tashkil etadi. 
    DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
    Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslangan, muammoning 
    o‘rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va 
    predmeti, tadqiqot ishining fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim 
    yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning 
    ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon 
    qilinganligi, ishning tuzilishi borasidagi ma’lumotlar shuningdek, dissertatsiya 
    mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar berilgan. 
    Dissertatsiyaning “Oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini 
    rivojlantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida oliy ta’lim 


    10 
    muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyati, oliy ta’lim 
    muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirish kontekstida kasbiy xususiyatlar, 
    oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirishning pedagogik jihatlari 
    ko‘rib chiqilgan.
    Ta’lim tizimini modernizatsiyalash va uni shaxs imkoniyatlariga to‘liq 
    moslashtirishga ko‘maklashuvchi zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan 
    biri ta’lim oluvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, kreativlik sifatlarini qaror 
    toptirish va rivojlantirishdan iborat etib belgilangan. Shu nuqtai nazardan 
    yondoshadigan bo‘lsak, mutaxassislar tayyorlash tizimini modernizatsiyalash, 
    pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri ularda 
    kasbiy faoliyatga nisbatan kreativ yondoshuvni rivojlantirishdan iborat. 
    Jahon ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida talabalarning ijodiy qobiliyatini 
    rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish darajasi 
    diagnostikasini amalga oshirish, pedagogik ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kreativ 
    masalalarini yechish jarayonlarini takomillashtirishga oid ilmiy-tadqiqotlar olib 
    borilmoqda.
    Ta’lim oluvchilarning kreativligini rivojlantirish masalalari qator olimlar 
    tomonidan o‘rganilgan. Xususan, Z.Nishonova, A.Z.Rahimovlar tomonidan tadqiq 
    qilingan. 
    Kreativlik hodisasini o‘rganish hamda tushunishga yondashuvlar xilma-xilligi 
    tufayli ularni tasniflash zarurati paydo bo‘ldi. Turli mualliflar o‘zlarining tasniflarini 
    taklif qilishadi. V.A.Molyako talabalar kreativligining yetti belgisini nomlaydi: o‘ziga 
    xoslik, evristik, fantaziya, faollik, konsentratsiya, aniqlik, sezgirlik. Kreativ mutaxassis 
    quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim: topqirlik, o‘z-o‘zini tanqid qilish hamda 
    tanqidiylik, moslashuvchan fikrlash, mustaqillik, fikr-mulohazalar, jasorat hamda 
    g’ayrat, matonat, ishni oxirigacha yetkazishda matonat, maqsadga muvofiqlik. 
    G.S.Altshuller kreativlikni rivojlantirish har qanday yoshda ijodiy faoliyatni ongli 
    ravishda o‘rganish usullari yordamida ixtirochilik muammolarini hal qilish 
    nazariyasidan foydalanish mumkin, deb hisoblaydi, bu esa barcha tizimlar ma’lum bir 
    me’yorlarga muvofiq rivojlanadi degan pozitsiyaga asoslanadi. 
    Tahlillar asosida ma’lum bo‘lishicha, fanlarni bilishda yetakchi rolni nafaqat 
    bilimlar hajmi, balki ularning tizimliligi, aniqligi, harakatchanligi ham bajaradi. 
    Bugungi kunga kelib, kreativlik va bilim o‘rtasidagi yaqin aloqani ko‘rsatadigan yetarli 
    miqdordagi tadqiqotlar mavjud. Inson qanchalik ko‘p bilimga ega bo‘lsa, yangi, 
    nostandart vazifalar va muammolarni hal qilishda uning yondashuvlari shunchalik 
    xilma-xil bo‘ladi. Talabalar uchun kelajakdagi kasbda o‘zini-o‘zi anglash zarurati 
    hamda u bilan bir qatorda universitetda o‘qishga yuqori yoki yetarli darajada 
    motivatsiya tanlangan kasbga qiziqish, bilimlarini ijodiy o‘zlashtirish alohida 
    ahamiyatga egadir. Shaxs kreativligi o‘zini-o‘zi anglash ehtiyojlari, pedagogika 
    sohasida bilimlarni o‘zlashtirgan holda transformatsion faoliyat qobiliyati sifatida 
    talabalarning nostandart va funksional qo‘llaniladigan obyektlarni tezda yaratish 
    qobiliyati bilan tavsiflanadi. 
    Ma’lumki, pedagogik faoliyat yuqori darajadagi ijodkorlikni o‘z ichiga oladi, 
    bunda u o‘ziga xos individuallikka ega bo‘lgan va alohida idrok etishni talab qiladigan 
    obyektlarni yaratishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu o‘rinda maktabgacha 


    11 
    ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘zlarining kasbiy faoliyatlarida pedagogikadan tashqari, 
    ijodkorlik muammolarini ham hal qilishadi. Davlat standartlarini tahlil qilib, biz 
    shunday xulosaga keldikki, ijodkorlik qobiliyati pedagogik ta’lim talabalarining 
    majburiy muhim belgisi sifatida standartlarda mustahkamlangan. Ushbu mutaxassislik 
    talabalari, shubhasiz, pedagogika fanlar bo‘yicha bilimga ega bo‘lishlari kerak, ammo 
    bu yetarli emas. Ushbu bilimlardan motivatsiya, o‘ziga xoslik hamda fikrlashning 
    ravonligi bilan bir qatorda kreativ o‘zini namoyon qilish uchun asos sifatida 
    foydalanish kerak. 
    Tadqiqotlarni tahlil qilib, ilmiy ish uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan 
    umumiy g’oya - pedagogik ta’limning tarkibiy qismlarini kreativlik birlashtiradi degan 
    xulosaga kelish mumkin. Shunday qilib, talabalarning kreativligini rivojlantirish o‘quv 
    jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Ta’lim butun jarayonning asosiy va tizimni 
    tashkil etuvchi bo‘g’iniga aylangan uslubiy tayyorgarlik orqali amalga oshirilishi 
    kerak. Shundan kelib chiqib, maktabgacha ta’lim talabalarini ta’lim olishning 
    xususiyatlarini ta’kidlab o‘tish joizdir. Bu xususiyatlar maktabgacha ta’lim 
    talabalarining kreativligini rivojlantirishda namoyon bo‘ladi hamda talabalarning 
    og’zaki va og’zaki bo‘lmagan kreativligini rivojlantirish zarurligidan iborat 
    hisoblanadi. 
    O’qituvchining kasbiy salohiyatidan tashqari, uning nostandart, ijodiy vazifalarni 
    hal qilish qobiliyati alohida ahamiyatga ega. Bu talabalarni kasbiy tayyorlashda 
    kreativligini rivojlantirishni talab qiladi. 
    Talabalar kreativligini rivojlantirish uchun o‘rganilayotgan materialga 
    tuzatishlar kiritish, dars mazmunini yangilash, talabalarni faollashtirish zarur. Kasbiy 
    vazifalarni individual yoki birgalikda tahlil qilish jarayonida malakali obyektiv 
    harakatlar texnikasini o‘zlashtirgan holda, talaba mutaxassis sifatida rivojlanadi. Bu, 
    talabalarni kasbiy tayyorlash jarayoni kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv 
    faoliyatini izchil ravishda kasbiy faoliyatga aylantirishdir. Ta’lim jarayoni shunday 
    tuzilishi kerakki, unda talabalarning hayotiy tajribasini aktuallashtirishga ega bo‘lgan 
    va nazarda tutilgan vaziyatlar mavjud bo‘lishi lozim.
    Talabalarning ta’lim mazmuni ularni kelajakdagi kasbiy yo‘nalishiga mos 
    keladigan kasbiy faoliyatga jalb qilish orqali asta-sekin kasbiy darajaga 
    yaqinlashadigan ta’lim holatlari, muammolar va vazifalar tizimini o‘z ichiga olishi 
    ya’ni talabalar bilimni kontekstda o‘zlashtirishlari lozim. Talabalar turli pedagogik 
    vazifalarga ham duch keladigan kontekstli yondashuv kasbiy faoliyatga o‘tishga 
    yordam beradi. Bu esa muayyan bilimlarni, hayotiy tajribani va nostandart yechimlarni 
    dolzarblashtirishni talab qiladi. 
    Tadqiqotda oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirish 
    imkoniyatlari indvidual xususiyatlarni effektiv aniqlash va pedagogik jarayon 
    dinamikligini taʼminlashga qaratilgan o‘z-o‘ziga motivatsiya berish, GEStalt 
    psixologiyasi va inson, jamiyat atrof muhitga bog‘liq o‘zgaruvchi jarayonga bo‘lgan 
    aqliy qobiliyatini nisbiy faoliyatga frontal moslashtirish asosida takomillashtirilgan. 
    Talabalarning o‘quv jarayonida indvidual xususiyatlari, faol pozitsiyasi tayyor qoidalar 
    va ta’riflarni o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmasa, balki kasbiy muammolarni hal 
    qilishga qaratilgan haqiqiy ijodiy jarayonga aylanishi mumkin bo‘ladi. 


    12 
    Talabaning ta’lim jarayonida faol subyekt sifatida ishtirok etishi, ma’lum bir 
    nazariy bilimga ega bo‘lishi, ishlab chiqilgan g’oyalarni sinab ko‘rish hamda kasbiy 
    makonda turli ijodiy loyihalarda ishtirok etishi - bularning barchasi talabalar 
    kreativligini rivojlantirishning zarur shartidir. Ushbu turdagi o‘quv faoliyatining 
    tadqiqot salohiyati talabalarning hayotiy tajribasini yangilashga, bilimlarni 
    chuqurlashtirishga va atrofdagi ijtimoiy makon bilan samarali munosabatda bo‘lish 
    qobiliyatini rivojlantirishga, ijodiy g’oyalar yordamida uni iloji boricha 
    takomillashtirishga qaratilgan. 
    Talabalar ijodkorligining rivojlanishi muammoli vaziyatni yaratish haqiqiy 
    kreativ jarayonni modellashtirish hamda muammoning yechimini izlashni boshqarish 
    orqali sodir bo‘lganligi sababli yuzaga keladi. Shuningdek, ushbu muammoli 
    vaziyatlarni bilish, qabul qilish hamda hal qilish talabalarning optimal mustaqilligi 
    bilan, ammo birgalikdagi o‘zaro ta’sir jarayonida o‘qituvchining umumiy rahbarligi 
    ostida amalga oshiriladi. Muammoli ta’limning markazida muammoli vaziyat mavjud. 
    Shunga ko‘ra, bu holat odamni tezda tushuntirish yoki harakatning yangi original 
    usulini izlashga majbur qiladi. Kreativlik muammolarni qo‘yish va hal qilish 
    jarayonida o‘zini namoyon qiladi. Muammoli ta’lim talabalarga yangi bilimlarni faol 
    o‘zlashtirishlarini nazarda tutadi. Shuning uchun, o‘qituvchi talabalarga maxsus turini 
    taqdim etishi lozim bo‘ladi. Bunda talabalar fikrlash, ijodkorlik, ishonchlilik, 
    bilimlarni o‘zlashtirish kuchi hamda ularni amaliyotda ijodiy qo‘llay olishlari ham 
    mumkin bo‘ladi. 
    Dissertatsiyaning “Oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini 

    Download 0,92 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish