13
talabalari uchun ta’limning xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish o‘rinlidir: birinchidan,
ta’limning pedagogik yo‘nalishi; ikkinchidan, uning tarkibiy qismi,
bu talabalar
kreativligini rivojlantirishda namoyon bo‘ladi;
oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirish mazmuni
talabalarning bilim darajasini oshirish, ularning motivatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish;
talabalarning kasbiy tayyorgarligi mazmuni muommosini hal qilish, kerakli o‘qitish
texnologiyalarini tanlash, talabalarning fikrlashning o‘ziga xosligi va ravonligini
rivojlantirish asosida belgilanadi;
Tadqiqot ishlari jarayonida talabalardagi kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni loyihalashtirishda interfaol o‘qitish tizimi sifatida
quyidagilarga asoslandi: mashg’ulot jamoaviy ish shakli ekanligi; guruhning faoliyati
pedagog faoliyatidan yuqoriroq daraja aks etishi; talabalar o‘qitish jarayonining teng
huquqli a’zosi ekanliklari; o‘qitish jarayonida har bir talaba muayyan savol yuzasidan
mustaqil fikr yuritish huquqiga ega ekanligi; mashg’ulotlarda ishtirokchilar bir-
birlarini o‘zaro tanqid qilishga yo‘l qo‘yilmasligi.
Kreativlikni rivojlantirishning pedagogik shartlari ushbu jarayonning tuzilishiga
ko‘ra, tarkibiy qismlar, bosqichlar, shakllar, vositalar, usullar bilan ifodalangan tuzilma
sifatida ifodalanadi. Talabalar kreativligini rivojlantirishning jarayoni bosqichma-
bosqich amalga oshirildi:
1-bosqich (tayyorgarlik) - bu bosqichning asosiy maqsadi talabalarning umumiy
ta’limga va xususan kasbiy faoliyatga motivatsion-qiymatli
munosabatini
shakllantirish, ijodkorlik haqida asosiy bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy qobiliyatlarni
shakllantirishdir. Tadqiqot muammosi kontekstida biz motivni faoliyatning asosi
bo‘lgan “ichki tajriba”ga asoslangan talabalarning faoliyatga ongli motivatsiyasi deb
qaraymiz. Kreativlikni rivojlantirish muammosini hal qilish, o‘quv faoliyatining o‘ziga
xos motivlari (talabalarning yangi faktlarni o‘rganish istagi, kasbiy faoliyat
talabalarning kasbni egallashga bo‘lgan xohish-istaklarining timsoli) sifatida amalga
oshirilishi kerak.
2-bosqich - talabalar ijodiy faoliyatning nazariy asoslarini, pedagogik kreativlikni
rivojlantirish uchun turli usullar va metodlarni o‘rganadilar, ta’lim muammolarini hal
qilish uslub va usullarini o‘zlashtiradilar. Ta’lim mazmuni talabalarning hayotiy
tajribasini hisobga olgan holda o‘quv va kasbiy faoliyatning shaxsiy ahamiyatli
usullarini shakllantirishga qaratilgan. Shuningdek, talabalarning og’zaki kreativligini
rivojlantirishga qaratilgan turli pedagogik vaziyatlar yordamida tafakkurning o‘ziga
xosligi va ravonligini rivojlantiradi.
3-bosqich - talabalar kreativlikni aktuallashtirish
asosida nostandart original
qarorlarni qabul qilishni talab qiladigan haqiqiy pedagogik vaziyatlarga duch kelishadi.
Bu bosqichda belgilangan mezon va ko‘rsatkichlar bo‘yicha og’zaki va noverbal
kreativlik darajasi diagnostika qilinadi.
Talabalarning kreativligini rivojlantirish uchun biz pedagogik modellashtirishga
murojaat qilishimiz kerak. Pedagogik modellashtirish - ma’lum bir ijtimoiy-madaniy
makon doirasida ta’lim jarayonining konseptual, protsessual, tarkibiy va konseptual
14
xususiyatlari va individual tomonlarini modellashtirish orqali pedagogik obektlarni
o‘rganish. Model-pedagogik tizim, jarayon yoki vaziyatning
maqsadlari va ularga
erishishning asosiy usullarini tasvirlaydi.
Ushbu tadqiqot ishida oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativ qobiliyatlarini
rivojlantirishni texnologiyasi modeli kreativ qobiliyatlar va innovatsion tafakkurning
integrativ xususiyatlarini taʼlim maqsadlariga mos yaxlitlash hamda interfaol o‘qitish,
reproduktiv-tavakkalchilik, ijodiy-izlanishli va novatorlik faoliyatini vektorli
rivojlantirish asosida takomillashtirilgan. Modelda pedagogik shart-sharoitlarni
tanlash muammosi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uni loyihalash va amalga
oshirishning texnologik zanjirida bizga kerak bo‘lgan faoliyat turini haqiqatda amalga
oshirishga imkon beradi(1-rasmga qarang).
Talabalarning kreativligini rivojlantirish modeli o‘zida maqsad, vazifalar,
yondashuvlar, tamoyillar, pedagogik-shart sharoitlar,
texnologiyalar, komponentlar,
mezonlarni aks ettiradi. Kasbiy-pedagogik faoliyatga yaqin sharoitlarda talabalar
olingan bilim, qobiliyat, malaka, pedagogik intuitsiya, hayotiy tajribaga tayangan
holda mustaqil ravishda, kasbiy muammolarni hal
qilishga ijodiy yondashishga,
o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini ijodiy idrok etishga o‘rganishlari muhim.
Bu talabalarga kelajakdagi kasbiy faoliyatida ijodiy salohiyatini muvaffaqiyatli amalga
oshirish imkonini beradi, kutilayotgan natija - talabalar uchun kreativ qobiliyatning
tegishli darajasiga erishishdir.
Muommolarni hal qilish faoliyatga yo‘naltirilgan va shaxsga yo‘naltirilgan
yondashuvlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Talabalar kreativligini
rivojlantirishning tarkibiy-mazmun modelini ishlab chiqish uchun biz pedagogik
o‘qitishning eng mos texnologiyalarini tanlash va ta’lim jarayoniga moslashtirish
vazifasini belgilab oldik. Kreativlikni o‘rganishga tamoyillarning tasnifini qator
taqqiqotchilar taklif qiladi. Tadqiqotlarda tizimlilik asosida kreativlikni rivojlantirish
masalalari ham o‘rganilgan: ijodkorlikda o‘zini namoyon qilish qobiliyati; intellektual
ijodkorlik; yangilik; integral tizimni qayta qurish; ma’lumotni noodatiy taqdim etish;
mavjud
bilimlarni qayta taqsimlash; muammoli vaziyatni tezda hal qilishga imkon
beruvchi noan’anaviy fikrlash.
Talabalar kreativligini rivojlantirish modelini amalga oshirishning kasbiy-faoliyat
bosqichida biz talabalarni kasbiy muammolarni hal qilish bo‘yicha faoliyatga jalb
qildik. Ushbu bosqichda talabalar o‘quv hamda kreativ faoliyatga bo‘lgan
motivatsiyani namoyon etadilar, fikrlashning ravonligi hamda o‘ziga xosligini
dolzarblashtirish uchun pedagogik fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma hamda malakalarni
amaliyotda qo‘llay oladilar. Ta’kidlangan metodologik yondashuv va tamoyillar,
pedagogik shart-sharoitni hisobga olgan holda tadqiqotda kreativ mahsulot,
kreativ
shaxs, kreativ muhit hamda kreativ jarayon kabi jihatlarni o‘rganadigan asosiy tarkibiy
komponentlar ajratib ko‘rsatildi.