• QO’QON -2024 Mundarija Kirish………………………………………………………………………..…... 3 I BOB. TARIX DARSLARINI O’QITISHDA “INTEGRATSION YONDASHUV”
  • II.BOB. TARIX FANLARINI O’QITISHDA INTEGRATSION SIFATNI TA’MINLASHGA QARATILGAN HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI
  • Xulosa …………………………………………………………………….…….. 25 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………………………….. 28 KIRISH Mavzuning dolzarbligi
  • Ilmiy rahbar




    Download 53,71 Kb.
    bet1/8
    Sana21.05.2024
    Hajmi53,71 Kb.
    #248818
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Qo\'ldoshev Abduqodir


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    MUQUMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI TARIX KAFEDRASI


    II KURS, TARIX TA’LIM YO’NALISHI TARIX KAFEDRASI


    KURS ISHI MAVZUSI: TARIX O'QITISHDA INTEGRATSION YONDASHUV



    ILMIY RAHBAR:







    QO’QON -2024
    Mundarija
    Kirish………………………………………………………………………..…... 3
    I BOB. TARIX DARSLARINI O’QITISHDA “INTEGRATSION YONDASHUV”
    1.1 “Integratsion yondashuv” metodi va undan foydalanish samarasi…………. 6
    1.2 Darslarda “integratsion yondashuv” dan ko’rgazmali qurol sifatida foydalanish……………………………………………………………………... 10
    II.BOB. TARIX FANLARINI O’QITISHDA INTEGRATSION SIFATNI TA’MINLASHGA QARATILGAN HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI
    2.1 Tarix ta’limida integratsion sifatni ta’minlash.……………..………..…..…. 15
    2.2 Integratsion yondashuv asosida tarbiya.……….…………………………….. 20
    Xulosa …………………………………………………………………….…….. 25
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ………………………………………….. 28


    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi: Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ijtimoiy fanlarni ham qay tarzda taqsimlash, o’qitish va amaliyot integratsiyasini tashkil etishga qaratilgan maxsus konsepsiya ishlab chiqish zarur ehtiyojga aylanib bormoqda. Yangi O’zbekistonning asosiy strategiyalaridan biri sifatida “Uzluksiz ta’lim tizimida ijtimoiy fanlarni o’qitish tartibi va tamoyillari to’g’risida” qonun ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish ehtiyoji ham mavjudligi ta’kidlab o’tildi. Yangi O’zbekistonning 2022 - 2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasining “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish” yo’nalishida “O’zbekiston tarixini o’rganish va targ’ib qilishni rivojlantirish” vazifasi belgilangan. Bu tarix ta’limida ham integratsion sifatni ta’minlash, bo’lajak pedagog-kadrlar kasbiy kompetentligini yanada rivojlantirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini ko’rsatadi. Ta’lim tizimidagi innovatsion va tajriba faoliyatning ustuvor yo’nalishlaridan biri ilmiyuslubiy va ijtimoiy-pedagogik umumiylikni yaratish orqali umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’qituvchi va o’quvchilarini rivojlantirish uchun yangi yo’nalish va yangi mexanizmlarni ishlab chiqish deb hisoblash mumkin. Ushbu vazifalar umumta’lim muassasalarida innovatsion yondashuv asosida o’tkaziladigan hamkorlikdagi amaliy faoliyat mexanizmlarini tanlashda ko’rsatma bo’lib xizmat qiladi.
    Tarixni o’qitishda qo’llaniladigan matnlarga - darslik matni, tarixiy hujjatlar, asarlar, ilmiy-ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar va boshqalar kiradi. Bosma matnlar ta’lim oluvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo’lgani kabi ta’lim beruvchining bilim manbaini, bayonining asosini tashkil etadi. Tabiiydirki, o’qituvchi shu manbalardan to’g’ri va unumli foydalangan taqdirdagina, uning bayoni didaktika talablariga, umuman tarix ta'limining yuksak talablariga javob berishi, o’qituvchi bayonining o’quvchilarga tushunarli, mazmundor, maroqli, g’oyaviy va ilmiy jihatdan ishonarli, obrazli va ta'sirli bo’lishi mumkin.

    Download 53,71 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 53,71 Kb.