|
Mavzuning o`rganilganlik darajasi
|
bet | 2/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 53,71 Kb. | | #248818 |
Bog'liq Qo\'ldoshev AbduqodirMavzuning o`rganilganlik darajasi. Kurs ishi oliy va umumiy o’rta ta’lim muassasalari hamkorligi asosida tarix fanlarini o’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan mobil-metodik guruhlar faoliyatining nazariy va amaliy ahamiyati bo’yicha ilmiy fikr-mulohazalar keltirilgan, ta’lim klasteri sharoitida hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish va shu asosida umumta’lim samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar keltirib o’tilgan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishini yoritishdan maqsad mavzu yuzasidan olgan ma’lumotlarimizni boyitish hamda ular ustida yama ham ko’proq ish olib borishdir. ,,Tarix o'qitishda integratsion yondashuv” mavzusi haqida yangi ma’lumotlar olish va ularni tahlil qilish. Mavzuni tahlil qilish orqali yangi ma’lumotlarga ega bo’lamiz. O’quvchilarda ma’naviy va marifiy tushunchalar hosil bo’lishiga olib keladigan bu mantiqiy faoliyat, ko’pincha tarixni o’qitish davomida tarixiy tasavvurlar hosil qilish uchun xizmat qiladigan yangi materialni idrok etish bilan qo’shilib ketadi. Kurs ishini vazifasi esa albatta mavzu yuzasidan olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashdir.
Kurs ishining obyekti va predmeti: Kurs ishida Tarix o'qitishda integratsion yondashuv ning mazmun-mohiyati, usullari va ahamiyati boyicha fikr bildirilgan. Tarix ta’limida adabiy manbalardan foydalanishning usullari, to’g’ri tanlay bilish, asar g’oyasini ta'lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o’zlashtirishning muhim omillarini tanlashda foydalaniladigan mezonlar asoslab o’tilgan.
Kurs ishining nazariy-uslubiy asoslari. Kurs ishining nazariy- uslubiy asosi sifatida O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov asarlarida qayd etilgan tarixiy xotirasiz kelajak yo’qligi, O’zbekiston tarixi bilan bog’liq badiiy adabiyotlar, umum bashariy taraqqiyot yo`lini chuqur idrok etish zarurligi, zero, busiz tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib bo`lmasligi g`oyalari tadqiqotning nazariy-metodologik asoslarini tashkil etadi. Kurs ishi tarixiylik, obyektivlik, ilmiylik, xolislik, mantiqiy izchilik tamoyillariga asoslandi.
|
| |