|
Integratsion yondashuv asosida tarbiya
|
bet | 7/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 53,71 Kb. | | #248818 |
Bog'liq Qo\'ldoshev Abduqodir2.2 Integratsion yondashuv asosida tarbiya
O'quv fanlari integratsiyasi ilm-fandagi shu jarayonlardan farq qiladi. Bu ma'noda integratsiya - fanlarning differentsiatsiyasi tufayli tarixan tarkib topgan o'quv fanlariga bo'lib o'qitish tizimining kamchiliklarini tuzatishga qaratilgan ularning o'zaro bog'liqligini ta'minlash shakli sifatida qaralishi mumkin. O'quv fanlarini integratsiyalashning didaktik mohiyati turli o'quv fanlari bo'yicha yangi bilimlarni shakllantirishning kontseptual tuzilma va metodlarini aniqlash imkonini beruvchi pedagogik tadbirlar tartibi hamda qonuniyatlarini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Tor ma'noda qaralganda, o'quv fanlari integratsiyasi fan sohalari va ilmiy bilimlar o'zaro sintezining uzviy davomi hisoblanadi.
O'quv fanlari integratsiyasining asosiy maqsadi sub'ektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan iborat bo'lib, integratsiya jarayonlarining bosh vazifasi - sub'ektiv yangi ilmiy bilimlarni sintez qilishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat. O'quv fanlarini integratsiyalashgan holda o'rganishda sub'ektiv yangi bilimlar sintezi qanday kechadi? - degan savol yuzaga kelishi mumkin. Didaktikada turli fanlarga taaluqli o'quv materiallarini bitta kursga birlashtirish kabi integratsiyaning turli shakllari taklif qilinadi. Biroq, pedagogik tajribalar bu kabi shakllarning yetarli samara bermasligini ko'rsatmoqda. Biz, ta'lim tizimida tarixan tarkib topgan fanlarga bo'lib o'qitish tizimi saqlanib qolishining tarafdorimiz.
O'quv fanlari nisbatan mustaqil bo'lishi kerak, chunki ularning har biri o'z tili, tushunchalar apparati, metodologiyasi, metodikasi, tadqiqot predmeti va kontseptsiyasiga ega alohida fan sohasini ifoda etadi. Shu bilan birga, ularni o'zaro bog'liqlikda o'rganish bilan bog'liq imkoniyatlar ro'yobga chiqarilishi lozim. Bunday imkoniyat jumladan fanlararo yondashuv asosida ta'minlanadi. Uni o'quv fanlarini integratsiyalash sha kli sifatida ham, sub'ektiv yangi bilimlarni sintez qilish metodi sifatida ham qarash mumkin. Biz fanlararo yondashuvni umumta'lim hamda maxsus fanlarni integratsiyalashda pedagogika fani uchun eng optimal yo'nalish sifatida qaraymiz. Biz o'quv fanlarini integratsiyalash natijasi fanlar o'zaro bog'lanmagan holda o'rgatilganda shakllantirish mumkin bo'lmagan sub'ektiv yangi bilimlarning o'zlashtirilishi, — degan kontseptual g'oyaga tayanamiz 1.
Mobil-metodik guruhlar orqali samarali faoliyatni amalga oshirish uchun tashkil qilinadigan “maktab-laboratoriya”larda har bir o’quvchining tarixiy bilimlardagi mavjud yashirin va ma’lum imkoniyatlarini namoyon qilishiga, uning ta’lim jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishga, o’quvchining ijodiy, kognitiv va kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradigan muhit shakllanishi kerak. Bu kabi mexanizmlarning maqsadidan kelib chiqib bir qator ustuvor vazifalar belgilanishi lozim:
- “maktab-laboratoriya” larda amalga oshirilishi uchun vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan variativ o’quv reja ishlab chiqishga erishish hamda shu rejaga muvofiq hamkorlikda tarix fanlari dasturini ishlab chiqish;
- variativ o’quv reja asosida ixtisoslashgan tajriba sinflarini tashkil qilish (bu oliy ta’lim professor-o’qituvchilari, maktab ruxshunosi va sinf murabbiylari bilan hamkorlikda tarix fanlariga qiziqadigan, bo’lajak pedagog bo’lish ishtiyoqida bo’lgan o’quvchilar saralab olinadi);
- ixtisoslashgan sinflarda mashg’ulot olib boradigan yuqori pedagogik kasbiy mahoratga ega o’qituvchilarni belgilab olish va ular bilan loyiha maqsadi, vazifalari, mexanizmi bilan tanishtirish, ularda doimiy uslubiy-metodik yordam berib borish;
- tajriba ishlarida ishtirok etadigan barcha professor-o’qituvchilar, maktab o’qituvchilari, amaliyotchilar va boshqalar vazifalarini aniq belgilash va shu asosda ishtirokchilarning individual ish rejalarini shakllantirish;
___________________
1. Yarmatov R.B. Bo’lajak tarix o’qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish. pedagogika fanlari doktori (DSc) diss.. aftoref.. T.: 2021. – 70 b.
- hamkorlikda tarix fanlari o’quv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish va o’quv natijalarini monitoring qilib borish, ixtisoslashgan sinflarda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quv jarayonlarini tashkil qilish va individual holda o’quvchi ko’rsatkichlarini doimiy nazorat qilib borish, muammolarni aniqlash va bartaraf etish metodikalarini tatbiq etish;
- o’quv jarayonlarini zamonaviy darajada ta’minlash, guruhli va individual mashg’ulotlar olib borish, oliy ta’lim ilmiy salohiyati tavsiya va ko’rsatmalariga ko’ra o’quv jarayonlarini hamkorlikda rejalashtirish va loyixalashtirish;
- faoliyatini har oyda monitoring qilib borish, natijalarga ko’ra o’zlashtirishi orqada qolayotgan o’quvchilar bilan individual mashg’ulotlar tashkil qilish;
- tarix fanlari pedagog-xodimlari bilan ishlash, ta’lim muassasini maydonida ilmiy-uslubiy raqobat muxitini yaratish, (o’qituvchilarni ilmiy-tadqiqotchilikka yo’naltirish;
- o’quvchilar uchun tarix fanlari bo’yicha yuqori sifatli ta’lim tizimini yaratishga yordam berish maqsadida oliy ta’limning axborot resurslaridan foydalangan holda ixtisoslashgan fanlarni chuqur o’rganishiga imkoniyat yaratish, tarix fanlari bo’yicha qo’shimcha uslubiy va didaktik ta’minot taqdim qilish;
- umumiy o’rta ta’lim muassasasi va OTM o’rtasidagi innovatsion-integratsion hamkorlik tamoyillarini yanada rivojlantirish maqsadida oliy ta’limda tarix fanlari bo’yicha olimpiadalar tashkil qilish;
- o’quvchilarni institut tarix fani mavjud mutaxassisliklari va ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qishga tayyorlash tizimini tashkil qilish;
- ko’ngilli iqtidorli talabalardan iborat guruh tashkil qilish va ularni maktab o’quvchilari tarixiy bilimlarini yanada rivojlantirishga jalb qilish;
- “maktab-laboratoriya”larning ijtimoiy fanlar uslubiy birlashmalarida kafedra professor-o’qituvchilari ishtirokida ilmiy-tadqiqotlarga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchilarni tayyorlangan ishlarini belgilangan tartibda muhokama qilib borish, ularning kompetentlik darajalarini rivojlantirish maktabda oliy ta’lim ishtirokida turli yo’nalish va darajalarda tanlov va musobaqalar tashkil etish;
- ixtisoslashgan sinflar o’quvchilarining indivudual portfoliolarini tashkil qilish, ularning tafakkuri va kompetentligini yanada takomillashtirish, o’quvchilar qiziqishiga ko’ra loyixa ishlari taqdim qilish, ishlash usullarini o’rgatish, loyixalarni himoya qilishlariga imkoniyatlar yaratish;
- tarix o’qitish metodikasi yo’nalishidagi kunduzgi yuqori bosqichida va sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarni kasbga uzluksiz tayyorlash tizimini ishlab chiqish maqsadida ularni umumta’lim maktablaridagi amaliyot va faoliyat natijalarini monitoring qilib borish hamda tarix fanlarini o’qitish samaradorligini oshirishda ular bilan keng ko’lamli rejalar olib borish kabilar.
Oliy va umumiy o’rta ta’lim muassasalari hamkorligi asosida tashkil qilingan mobil-metodik guruhlar faoliyatida Tarix fanlarini o’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan mexanizmlarning amaliy ahamiyatini quyidagilar tashkil etadi: 3.
umumta’lim muassasalarida tarix fanlarini o’qitish samaradorligini oshirish buyicha uslubiy va didaktik ta’minotni yaratiladi;
mazkur fanlar bo’yicha iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va rivojlantirish metodikalari takomillashtiriladi;
mexanizmlarni muvafaqqiyatli amalga oshirish natijalari asosida kelgusida tarix fanlarini o’qitishning yangicha shakl, usul va metodlari yaratiladi;
klaster tizimida boshqa hamkorlik sub’ektlararo samarali o’qitish samaradorligiga olib kelgan loyiha va dasturlarni ommalashtiriladi;
____________________
3. Toshtemirova, S. (2022). Uzluksiz ta’lim tizimida tarix fanlarni o’qitishning pedagogic strategiyalari / UzMU xabarlari. 2022, 1/1/2. 120-123 b.
Tarix fanlarini o’qitish samaradorligini oshirishning integratsion mexanizmini tatbiq etish natijasida quyidagi istiqbollarga erishish mumkin: 4.
o’quv jarayonidagi ta’lim sifatini boshqarish tuzilmasi modernizatsiyalashgan ko’rinishda bo’ladi;
mintaqaviy ta’lim muassasalari, pedagog kadrlar o’rtasida sog’lom raqobat muhiti takomillashadi;
maktab bitiruvchilarning ta’limning keyingi bosqichiga ta’minlash samarasi rivojlanadi, bitiruvchilarningraqobatbardoshligi ortadi;
ilmiy tadqiqot natijalarining samaradorligi ortadi;
o’quvchilarning rivojlanishini psixologik-pedagogik tahlil qilish asosida ta’lim sifatini nazorat qilish hamda ularning tarixiy bilimlar bo’yicha ijodiy va intellektual qobiliyatlarini shakllantirish uchun didaktik-uslubiy tizim yaratiladi;
o’quvchi shaxsi, uning imkoniyatlari va qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish uchun qo’shimcha dasturlar, hujjatlar to’plami shakllanadi;
o’quv dasturlari natijalariga ko’ra o’quvchilar bilimlarining sifati oshiriladi.
_______________
4. Shonazarov Q.R. Bo’lajak tarix o’qituvchilarini maktab o’quvchilarida tarixiy tafakkurni shakllantirishga tayyorlash. liss.ped.f.n. –Toshkent, 2002. -134 b
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, “Maktab-laboratoriya” tajriba maydonchalari pedagogik ta’lim klasterini amaliyotga tatbiq etish shakli sifatida ta’lim turlari o’rtasidagi integratsiya munosabatlarini ta’minlash, umumta’lim maktablari faoliyatini innovatsion jarayonlarga tortish, ta’lim va tarbiya uyg’unligi borasida samaradorlikka erishish, ta’lim sifatini boshqarish va yaxshilash, iqtidorli o’quvchilarni yuzaga chiqarish, o’qituvchilar faoliyatini nazorat qilish va ularni qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq sifat ko’rsatkichlariga erishish imkonini beradi. Ta’lim jarayonini birgalikda takomillashtirishga, uzluksiz ta’lim tizimini yaratishga qaratilgan “Maktab-laboratoriya” integrallashgan innovatsion maydonchalarini tashkil qilish ta’lim turlari o’rtasidagi uzviylik muammosini bartaraf qilishga, o’quvchilarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalarini to’liq ta’minlanishga, ta’lim beruvchi mutaxassislarning kompetensiyalarining takomillashuviga katta imkon yaratadi. Bu “maydon”da ta’lim jarayoni ishtirokchilari o’rtasida ta’limning insonparvarlik, demokratik tamoyillariga asoslangan muhit shakllanib, u shaxsga yo’naltirilgan, o’z-o’zini bilish va rivojlantirishga asoslangan ta’limni tashkil etishga yordam beradi.
Jamiyatdagi integratsiya jarayonida insonning integratsiya - alohida elementlarni yig'ib, ularni birlashtirish, yaxlit holga keltirish deb tushunish mumkin. Shuningdek, ko'pchilik olim va metodistlar integratsiya muammosining mazmun-mohiyatini aniqlash bo'yicha fikr berganlar Hozirgi kunda "Integratsiya" tushunchasining aniq ta'rifi metodik adabiyotlarda, bu muammo bo'yicha shug'ullangan olimlar tomonidan bir-biriga yaqin bo'lgan ta'riflarda berilgan. Ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo'yish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab o'quvchisi predmet yoki voqea hodisalarni bir necha tomondan ko'rishi muhim: mantiqiy va emotsional tomondan badiiy asarda hamda ilmiy-ommabop maqolada biolog, so'z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazaridan va boshqalar. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog'lanishlarni aniqlay bilish, fanlararo bog'lanish, ya'ni uzviylikni ta'minlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir. Chunki fanlararo aloqadorlik ta'minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o'qituvchi o'quvchilarda o'zining faniga bo'lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o'zlashtirishga yordam beradi.
Tarixiy - badiiy adabiyotlar tarixiy jarayonlarni o’zlashtirishda muhim omil. Tarixiy – badiiy adabiyotlardan tarix darslarida foydalanishda o’quvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish. Badiiy adabiyotlar va ularning turlari. Adabiy manbalar ulardan tarix darslarida foydalanish metodlari: Mavzuga oid adabiy manbalarni tavsiya etish, manbalardagi mavzuga oid shaxs va tarixiy voqealar xususida suhbatlashish, manbalardan foydalanish metodlari. Badiiy adabiyotning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi ahamiyati. Badiiy adabiyotning qimmati o’quvchi voqelikni adibning iste'dodi darajasida idrok etishga, uni ko’zi bilan ko’rishga, uning shaxsi orqali, ma'naviy dunyosi orqali tasavvur etishga, u olg’a surgan o’z amaliy faoliyatida ongli ravishda amal qilishga erishishi bilan belgilanadi. O’quvchi asarda tasvirlangan timsollar galereyasi va badiiy vositalarni faqat ko’zatuvchisiga aylanmasligi, balki adib olg’a surgan ta'lim-tarbiyaviy g’oyani qanday natijaga erishganligi nuqtai nazaridan baholashga o’rgangan taqdirdagina uning mohiyatini to’liq, chuqur anglab yetishi muqarrar. Badiiy asarni to’g’ri tanlay bilish ham asar g’oyasini ta'lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o’zlashtirishning muhim omillaridan biri bo’lib, uni tanlashda ma'lum mezonlarga asoslaniladi, ya'ni badiiy asarning yuksak g’oyaviy - badiiy qimmati, adib ijodida asarning xarakterli o’rni (asosan yuqori sinflarda): asarning yaratilgan va o’rganilayotgan davr uchun ahamiyati ( bu ham asosan yuqori sinflarda hisobga olinadi); badiiy asarning ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususiyati; badiiy asarning o’quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; badiiy asarning o’quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; o’quvchida qiziqish uyg’otishi; o’quvchining ma'naviy qiziqishi; talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir.
Тarixiy bililmarni egallay borish jarayonida o’quvchilarning tafakkuri, malaka va ko’nikmalarini o’stira borish masalalari ko’pgina psixologlar, metodistlar hamda amaliyotchi o’qituvchilar e’tiborini o’ziga tortib keladi. O’qituvchi tarix fanining bugungi kun talablari va o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarixi kursining maqsad, vazifalariga javob beradigan eng muhim tarixiy faktlarni tanlay bilishi, ularni o’quvchilar ongiga jonli va obrazli qilib yetkaza bilishi lozim. O’quvchilar ko’z o’ngida o’tmish va hozirgi zamon voqealari to’g’risida jonli va yorqin tasavvur hosil qila bilish, ularda emotsiya uyg’o-tish, ijtimoiy hayotning yaxlit manzarasini gavdalantirish, bi-limlarni ongli va puxta o’zlashtirishning muhim shartlaridan-dir. Shunga erishish keraqi, har bir ayrim va hatto qisqacha bayon qilingan tarixiy fakt, har bir geografik nom va shaxslar-ning faoliyati ham konkret obrazlar yordamida o’rganiladigan bo’lsin. Obrazli tasvir, obrazli bayon o’quvchilar bilimining il-miy va puxta bo’lish shartlaridan biridir. Tarix o'qitishning tajribasida tarixiy materiallarni puxta va mutsahkam o'qlashtirishga yordam beradigan ko'pgina samarali usullar bor. Materialni bayon qilib borishda o'qituvchi va o'quvchilarning o'quv materiali yuzasidan og'zaki va yozma reja, voqealar qalendari va xronologik jadvallar tuzishlari, raqamlarni yozish, grafik yozuvlarini olib borishlari diagrammalar chizish, kontur harita va daftarda yozuv-chizuv ishlarini olib borishlari shular jumlasidandir. Shuni aytish kerakki, obrazli tarixiy tasavvurlarni shakllantirish, tarixiy faktlar xronologiya va boshqalarni xotirada mutsahkam saqlab qolish tarixni o'rganishning birinchi bosqichini tashkil etadi. Uning eng muhim ikkinchi bosqichi tarixiy tushunchalarni shakllantirishdir. Tarixiy tushunchalarin o'zlashtirish juda katta ta'lim va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Tushunchalar o'quvchilarda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi, ularni tafakkur faoliyatini, bilish malakalari va qobiliyatlarini o'tsiradi. Tafakkur qilishning psixik jarayoniga suyanadigan bu usullar har qaysi tarix o'qitish metodiga metodik usullarning uchinchi guruhi bo'lib kirishi mumkin.
|
| |