|
Ilmiy rahbar
|
bet | 5/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 53,71 Kb. | | #248818 |
Bog'liq Qo\'ldoshev Abduqodir______________________
2. Azamat Ziyo. “O’zbek davlatchilik tarix” Sharq. 2001-yil 40-41 betlar
1.2 Darslarda “Integratsion yondashuv” dan ko’rgazmali qurol sifatida foydalanish.
“Integratsion yondashuv” metodini ko’rgazmali qurol foydalanish mumkin. Bunda biz darsning istalgan qismida oldindan tayyorlab kelgan dars xaritadan foydalanishimiz mumkin. Buning afzallik tomonlari juda ko’p.
1. O’quvchilarnining diqqati jamlanadi.
2. Agar chalg’isa ,o’quvchi vaqt va tarixiy jarayonlarni almashtirib qo’yadi.Natijada xotirasida uzoq vaqt saqlay olmaydi.O’quvchilarning eng katta muommosi diqqatini jamlay olmaslik ekanini psixologlarimiz isbotlagan.
3. Umumiy ketma-ketlikni esda saqlab qolish oson bo’ladi. Mavzu doirasida o’quvchilarda faqat tarixiy sanalarga emas hayotda ham voqea va hodisalarni saqlab qolish va xotirasida uzoq vaqt esda qolish imkoniyati va layoqati shakllanadi.
4. Fikrni va mazmunni tushuntirish uchun ham kam vaqt talab etiladi.
5. O’quvchilarda asosiy tushunchalar dalillarga tayanilgan holda esda yaxshi saqlab qoladi.
Ta’lim berish usullarini tanlash Ta’lim berish usullarini o’quv axborotini egallashlariga ta’siri tadqiq etilganida ma’lumot qabul qilib olgan tinglovchi 72 soat (ya’ni 3sutka) o’tgandan ma’lumotni eshitish orqali qabul qilingandan so’ng tinglovchi xotirasida 10% ; ko’rish orqali 20% ; ko’rib eshitish orqali 50% ; ko’rib eshitish orqali qabul qilish va munozarada 70% ko’rib va eshitish orqali qabul qilish va munozarada amaliy imkoniyatlar qo’llanilganda 90%; axborot qolar ekan. Shunday ekan, o’qituvchi bularning har birini inobatga olgan holda darsni tashkil etish kerak. Agar dasrlarda o’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda, ta’lim metodlarini dars mavzusidan kelib chiqib mosini qo’llasak, ko’zlangan natijamizga erishamiz. Albatta, quyidagi holatlarni inobatga olgan holda:
-Ta’lim oluvchilarni o’quv imkoniyatlari;
-vaqt sarfi;
-Ta’lim berish sharoiti;
-Ta’lim beruvchi va oluvchining do’stona munosabati;
-Ta’lim oluvchilar soni;
-Ta’lim beruvchining chuqur bilimdonligi va shaxsiy sifatlari.
Hamkorlikda ishlash
O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni guruhlarga aralash holda tushishini nazorat qilib turish kerak. Bunda darsda “Baxtli tasodif” va “nomuntazam qo’shin” metodidan foydalanish mumkin.
O’quvchilarni guruhlarga bo’lgan holda ishlashning samarasi juda katta, faqat guruhda ishlashni to’g’ri tashkillashtirish kerak. Bunda o’qituvchi o’quvchilarni quyidagi qoidalarni:
-Tarixiy xarita bilan ishlash ;
-sana va voqea hodisalarning tarixiy ahamiyati anglashga ko’proq tushuncha berish ;
-o’z fikrlari orqali tarixiy obraz va tasavvurlarini bir-birlari almashish ;
-o’zlari o’ylagan va dunyoqarashi bo’yicha manbalar asosida ham ishlashi mumkin ;
-yuqori sinflarda ishlashda o’zbekiston tarixi darslaridan qo’shinning tuzilishini shu metod orqali ham o’rgatilsa juda ham yaxshi samara beradi, sababi,qo’shin tuzilishiga ko’ra va tarkibiga bo’linishi bu o’quvchida biroz qiyinchilik tug’diradi. Shuning uchun ham bu metodni qo’llash juda muhim sanaladi. 3.
_____________________
3. A.Muhammadjonov “O’zbekiston tarixi” 7-sinf Tarix darsligi. 28-29 betlar
Darslar davomida metodlardan muntazam foydalanaman. Darslar davomida o’quvchilar metodlarni qo’llash orqali mavzularni o’rganadi va mustahkamlaydi. O’z tasavvurlari orqali tarixiy shaxslarni tasavvur va bilim orqali sanalar bilan bog’lab bu usul darslar davomida qo’llanayotgani uchun oq’uvchilarda chuqur ko’nikma hosil bo’lgan. “Ba’zan yangi mavzuni tushuntirayotganimda o’quvchilar mana bu metodda ana shu usul “integratsion metod” dan mavzuni mustahkamlashda foydalansa bo’ladi”.
Agarda darslar davomida qo’llanilmagan metod usullari bo’lsa o’quvchilar yanada ko’proq qiziqadi.
Men yaqinda 7-sinf o’quvchilariga O’zbekiston tarixi darslarini o’tganimda kichik tadqiqot o’tkazdim. “Integratsion metod” dars jarayonida qo’llab, o’zlashtirishdagi o’zgarishni guvoh bo’ldim. O’quvchilar faqat o’z fikrlari tarixiy tasavvurlari bilan ishladi.Doskada o’z fikrlarini erkin va ravon bayon eta oldi.
O’quvchilarga gurhlarda qog’ozda 10 ta tarixiy shaxs va 10 ta tarixiy 486-yil, 456-y, 865-yil, 888-y, 999-yil, sana berish. Berilgan savollarni bir-biri bilan bog’lash bilan 4 guruhga bo’lingan orqali javob berish, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni aralash guruhlarga tushishini inobatga olgan holda tarqatiladi.
Birinchi navbatda o’quvchilardan shaxslar va yillarni to’g’ri va aniq faktlar bilan ma’lumot aytish kerak, faqat integratsiya qilishda o’z doirasida amalga oshirish kerakligi xususida alohida tushuntirib o’tish kerak.
Ya’ni bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bir guruhga tushib qolmasligi uchun turli javob chiquvchi tarixiy sanalar va shaxslar o’quvchilarga beriladi.Sana va tarixiy shaxslar ismlarini integratsiya qilish oq’uvchilarining javoblariga qarab guruhlar shakllanadi. Ya’ni bir xil javob bergan o’quvchilar bir guruh bo’ladi. Guruhlar nomlanadi. (Dars mavzusi turli fanlar bilan Matematika , iqtisod va geografiya fanlari bilan bog’lanadi.) O’quvchi qisqa bo’lsa-da mashq ishlash orqali esda saqlab qolish ko’nikmalarini ham mustahkamlaydi. Iloji boricha javobi o’g’zaki topiladigan va o’quvchiga qiziq va yangi bo’lgan misol bo’lishi kerak.
O’qituvchi yangi mavzuni nazariy qismini tushuntiradi. Maktab darsliklarida bu mavzu qisqa qilib berilgan. Men darsda raqamlarni integratsiya qilish metodini qo’lladim. Chunki o’quvchilarda o’tgan 2 darsda mavzu yuzasidan ancha ko’nikma shakllangan edi. O’qituvchi albatta , qabila , joy va davlatlar haqida ma’lumot berib ketishi kerak 4.
Hamkorlikda ishlash yuzasidan tavsiyalar
-Guruhga bitta topshiriq beriladi.
-Bitta rag’bat yoki jarima guruhning umumiy hakmorlikdagi ishi uchun beriladi.
- Har bir o’quvchining o’z muvaffaqiyati va guruhning boshqa a’zolari muvaffaqiyati uchun shaxsiy ma’suliyatliligi.
-Guruh, muzokara, hamkorlik, o’zaro yordam berish kabi o’zaro harakat usullari asosida tashkil topadi.
-Har bir o’qiyotgan o’quvchining guruhda ishtiroki kuzatiladi. O’quvchilarga topshiriq berishdan oldin guruhda ishlash qoidalari tushuntiriladi.
Guruhda ishlash qoidalari:
-Har kim o’z o’rtoqlari nutqini tinglashi zarur.
-Har kim faol birgalikda ishlashi berilgan topshiriqqa ma’suliyatli yondashishi zarur.
-Har kim yordamga muhtoj bo’lganda uni so’rashi zarur.
Guruhda o’quvchilarning ishi kuzatilib ular xato qilsa ham to’xtatmaslik kerak, barcha kamchiliklar ish yakunida tahlil qilinadi.
__________________
4. Shohruh Mirzo Rahmonov “Mukammal xotira” Toshkent. 2014-yil. 105-106 betlar
Mavzuni o’quvchilarga tushuntirish orqali tarixiy sanalar va tarixiy voqealarni birma-bir aytib o’taman va tarixiy obrazdek yoki tarixiy kinodek ko’z oldingizdan o’tkazing deyiladi.
Yuqorida ta’kidlaganidek, asarni integratsiya ya’ni bog’lash orqali tushuntirish zarur shunda o’quvchilar bu mavzu yuzasidan chuqur ko’nikma hosil qiladi.
-O’quvchilarda har bir guruh a’zosi fikrlarini erkin bayon etishi kerak uning har bir yuritgan mulohazasi tinglash va tahlil qilish kerak.
-Har bir o’quvchi fikri to’g’ri yoki noto’g’ri deb guruhga ajratishga yo’l qo’ymaslik kerak, sababi chunki har kim o’z tasavvuridan kelib chiqib fikrlaydi va integratsiya qiladi, shuning uchun shunday qilish kerak.
Bu metod orqali o’quvchi o’z fikrlarini erkin bayon eta oladi, fikrlarini va tasavvurlarini bir-biri bilan bog’lay oladi. Tarix darslarida tarixiy sanalar va tarixiy shaxslar haqida ularning amalga oshirgan ishlari bilan bir-birini bog’laydi va bu uning xotirasi uzoq vaqt qoladi. Bu metod orqali bolada integratsiya faqat tarix darslarida emas, balki , barcha fanlarda ham kerakligi his qila oladi.
Bu metod orqali o’quvchi hayotda ham kundalik joriy voqae va hodisalarni bog’lay olish mumkin. Masalan, biror sanani shu kunda hayotida ro’y bergan muhim voqea bilan integratsiya qilsa bu ham o’quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Bu metodning yana bir xususiyati insonning xotirasini ishlashga undovchi mezondir. Chunki xotira qancha mashq qilinsa keyinchalik hayoti davomida ham bu juda qo’l keladi.
|
| |