|
II.BOB. TARIX FANLARINI O’QITISHDA INTEGRATSION SIFATNI TA’MINLASHGA QARATILGAN HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI
|
bet | 6/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 53,71 Kb. | | #248818 |
Bog'liq Qo\'ldoshev AbduqodirII.BOB. TARIX FANLARINI O’QITISHDA INTEGRATSION SIFATNI TA’MINLASHGA QARATILGAN HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI
2.1 Tarix ta’limida ham integratsion sifatni ta’minlash.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida turli xil ta’lim xizmatlari turlarini farqlash va ko’paytirish istagi maktablarning raqobatbardoshligini oshirish, o’quvchilarning kasbiy qiziqishlari va uzluksiz ta’limdagi maqsadlariga muvofiqligini to’liq xisobga olish zarurati bilan bog’liq. O’rta ta’lim muassasalari rivojlanishining yangi bosqichida ular oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikni kuchaytirishi yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Oliy o’quv yurti professor-o’qituvchilarini maktab umumiy o’rta ta’lim sifatini oshirishga jalb qilish kelajakda jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy yo’nalishlarida mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirilgan fanlarni chuqur o’rganish bo’yicha yangi, innovatsion va integratsion o’quv rejalari va dasturlarini yaratish imkonini beradi. Oliy ta’lim professor-o’qituvchilar va maktab o’qituvchilari sa’yi harakatlari bilan ta’limning yuqori bosqichida alohida fanlar bo’yicha chuqurlashtirilgan o’quv mashg’ulotlarida birlashadi. Bu o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’quv-ilmiy, o’quv-tadqiqot, kasbga yo’naltirish ishlari uchun shartsharoitlar yaratilishini, ko’rsatilgan ishtirokchilarning oliy o’quv yurti axborot resurslaridan foydalanishini, professor-o’qituvchilar tomonidan individual fanlar, tanlov, seminar, konferensiyalar bo’yicha treninglar o’tkazishni, olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rishni ta’minlaydi. Hamkorlikning bu tizimi o’quvchilarni o’qitish yo’nalishini, umumiy va kasbiy ta’lim o’rtasidagi uzviylikni ta’minlaydi, bitiruvchilarni oliy kasbiy ta’limga samarali tayyorlaydi. Hamkorlik muassasalarining o’quv muhitini texnologik darajada birlashtirish o’rta va oliy ta’lim o’rtasidagi uzviylik tamoyilining amalga oshirilishi o’quvchilar bilimi sifatini oshirishga yordam beradi. Aynan shu jarayonlarni muvofiqlashtirish va hamkorlik mexanizmini kuchaytirish maqsadida mazkur mobil-metodik guruhlar faoliyati yo’lga qo’yildi. Mintaqalardagi umumta’lim muassasalarida “maktab-laboratoriya”lar tashkil qilinib, loyiha amaliyotga joriy etishga yo’naltirilmoqda.
Tarix o’qitish metodikasi fanining nazariy adabiyotlar tahliliga qarasak, dastlab o’tmish mutafakkirlarining tahlilini keltirib o’tish lozim, jumladan, Sitseron “tarixhayot murabbiysidir” deb atagan bo’lsa, Leonardo do Vinchi tarixni “o’tgan davr va jahon mamlakatlari o’tmishini bilmoq - inson ko’rki va uning aqliy mahsulidir”, deya ta’riflaydi. Rus tarixining otasi N.M.Karamzinning tarix fanlarini rivojlantirishdagi xizmatlari benihoya katta bo’lib, u “Tarix xalqlarning muqaddas kitobi bo’lib, ularning hayoti va faoliyatlarining ko’zgusi, ota-bobolarining avlodlarga qoldirgan kashfiyotlari va odob-axloqlaridan lavhalar bo’lib, hozirgi davrni sharhlash va kelajakka namuna bo’lib xizmat qiladigan, to’ldiradigan zaruratdir” deb ta’kidlab o’tgan. V.G.Belinskiy esa, “bugungi kunni tushunmoq va kelajagimiz to’g’risida ishoraga ega bo’lmoq uchun o’tmishimizni so’roqlab surishtirmog’imiz lozim”ligini qayd etadi. V.O.Klyuchevskiy “avlodlarimizni o’rganib, o’zlikni – o’zimizni anglaymiz. Tarixni bilmasdan turib, biz o’zimizni bu dunyoga nega va nima uchun kelganligimiz, qanday qilib va nimaga intilmog’imizni aniq anglamog’imiz kerak”, deya yuqoridagi fikrlarni qo’llab quvvatlaydi 1.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida tarix fanlarini o’qitish samaradorligini oshirish bo’yicha, xususan, bo’lajak tarix o’qituvchilarining o’quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirishga tayyorlash va metodik tayyorgarlik ishlari O.Davlatov, A.Ismoilov, Q.Shonazarov, R.Yarmatov va boshqa olimlar ishlarida keltirib o’tilgan. Respublikamiz maktablarida tarix o’qitish metodikasiga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar va uslubiy qo’llanmalar T.Toshpo’latov, N.Remeev, Ya.G’afforov ishlarida keltirilib o’tilgan. Shu bilan birga bir qator yetakchi olimlarimiz, A.Asqarov, R.Muqminova, H.Bobobekov, A.Muhammadjonov va boshqalar tomonidan umumiy o’rta ta’limda tarix fanlarini o’qitish va bu jarayonlarni takomillashtirish bilan bog’liq bir qator ishlar alohida ahamiyatga ega.
____________________
1. Mirziyoev Sh.M. Yangi O’zbekiston strategiyasi. Toshkent. “O’zbekiston”, 2021. - B. 233.
Ta’lim tizimida ham joriy etilgan pedagogik ta’lim klasteri asosida tarix fanlarini o’qitish samaradorligini oshirishda ta’lim turlari va bosqichlari o’rtasidagi integratsiyasini ta’minlagan holda variativ o’quv reja va fan dasturlarini yaratish maqsadga muvofiq. Bu dasturlar tarix fanlarini fanlararo, kurs va bo’limlararo integratsiyasiga zarur bo’ladigan quyidagi tamoyillarga asoslanishi uning amaliy ahamiyatini belgilab beradi:
o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
ta’lim mazmunining insonparvarligi;
ta’lim turlari va bosqichlarining uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
o’quvchilarda tarix fanlarini o’rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish va hokazo.
Oliy va umumiy o’rta ta’lim muassasalari hamkorligi asosida tarix fanlarini o’qitish samaradorligini oshirishda ta’lim mazmunining o’quvchi shaxsini shakllantirishga hissa qo’shadigan ta’lim potensiali va ta’lim mazmunining ijtimoiygumanitar yo’nalishini kuchaytirish, amaliy muammolarni hal qilish, o’quvchilarning ijtimoiylashuvini muvaffaqiyatli darajada ta’minlashga xizmat qiladigan tarix fanlarining o’qitilishini fanlararo, kurs va bo’limlararo integratsiyasini kuchaytirish bo’yicha o’quv-metodik ta’minotini ishlab chiqish va boshqa xususiyatlarning ham inobatga olinishi maqsadga muvofiq.
Tarix fanlarini o’qitish samaradorligini oshirishning murakkab vazifasini muvaffaqiyatli hal etish, uni takomillashtirish faqat pedagogik faoliyatini ob’ektiv har tomonlama tahlil qilish asosida o’qitish va ta’lim jarayonini samarali qurishga asoslangan holda amalga oshirilishi mumkin. Bu ta’lim turlari va bosqichlari o’rtasidagi quyidagi muammolar mavjudligi va ularni tezkorlikda hal qilish lozimligini belgilab beradi:
umumiy o’rta ta’lim tizimi o’qituvchilari orasida o’zini-o’zi rivojlantirish motivatsiyasining yo’qligi;
o’qituvchilarning o’quvchilar bilimini oshirish uchun zamonaviy vositalar, usul va mexanizmlardan yetarli darajada foydalanmasligi;
dars mashg’ulotlarini tashkil etishda tabaqalashtirilgan yondashuv amalga oshirilmaganligi, ya’ni tez o’zlashtirish imkoniyati mavjud o’quvchi bilan o’zlashtirishda muammosi mavjud o’quvchilar uchun bir xil dastur va topshiriqlar bilan cheklanganligi;
Shu muammolarni bartaraf etish uchun ta’lim tizimi faoliyatida tegishli darajadagi zarur pedagogik sharoitlar ta’minlansa, muassasalarda o’quvchilarni o’qitish sifati yaxshilanishi va yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etilishi hamda yuqori natijalar kafolatlanishi mumkin 2.
Buning uchun:
- sifatli ta’lim olish maqsadiga erishishga yo’naltirilgan pedagogik tizimni ( o’quv klasterlarini) yaratish;
- doimiy ravishda o’quvchilarning ta’lim sifatini oshirib borish uchun ularda ijobiy motivatsiyani rivojlantirish;
- o’quvchilarni o’qitishning ta’lim va yuqori natija bilan o’zaro bog’liqligi (o’quvchiga yaratilayotgan imkoniyatlar darajasi va undan talab qilinayotgan talablarning muvofiqligi);
- ta’lim muassasasi maydonida o’rganish uchun qulay psixologik muhitni yaratish.
__________________
2. G’afforov Y.X. Tarix o’qitish metodikasi/ . Darslik. Toshkent:-B.285.
Umumta’lim muassasalarida tahlillar natijasidagi muammolarga muvofiq quyidagi vazifalarni ishlab chiqish tarix fanlarini o’qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi:
o’qituvchilar uchun sifatli ta’limni tashkil qilish bo’yicha uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
o’qituvchining kasbiy faoliyatini takomillashtirishning qulay usullari orqali rivojlantirishga yo’naltirilgan ijtimoiy fanlar uslubiy birlashmalar faoliyatini rivojlantirish;
iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashni yanada samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, o’qituvchilarni o’quvchilarning ilmiy, loyihaviy faoliyati uchun sharoit yaratishga undash;
o’quvchilarda tarixiy bilimlar bo’yicha ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlaydigan uslublar joriy etish;
o’quv jarayoniga o’quvchilarning iqtidoriga, o’zlashtirish darajasiga muvofiq variativ o’quv reja va shu asosidagi fan dasturlari kiritish;
maktab bitiruvchilarini kelajakda kasbni tanlash bo’yicha kasbiy yo’naltirish imkon beradigan ta’lim xizmatlarini tashkil qilish va hokazo.
Ta’lim turlarining o’zaro maqsadli va manfaatli xamkorligi asosida tarix fanlarini o’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar maqsadlariga erishish ta’lim klasteri tizimli faoliyati, kafedralar professor-o’qituvchilari ilmiy salohiyati, umumta’lim muassasasi o’qituvchilari tomonidan to’plangan tajriba, mavjud yutuqlar va aniqlangan muammolar yo’nalishlari, ularni hal etish usullari, shakllari va texnik vositalari orqali ta’minlanadi. Bu kabi mexanizmlar tashkil qilingan “maktab-laboratoriya” maydonchalarida va pedagogik sinflarda amaliyotga joriy qilinadi, albatta, ularning maqsadi turli yo’nalishlardan iborat bo’lib, bu yo’nalishlarning barchasi klaster modeli asosi hamkorlikdagi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi 3.
__________________
3. Ismailov A.F. Akademik litseylarda tarix fanini o’qitishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish: Avtoref. ped.fan.bo’yicha fal.dok. – Toshkent, 2018. – 50 b.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
II.BOB. TARIX FANLARINI O’QITISHDA INTEGRATSION SIFATNI TA’MINLASHGA QARATILGAN HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI
|