O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni




Download 5.36 Mb.
bet5/9
Sana08.04.2023
Hajmi5.36 Mb.
#49619
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Malaka ma\'ruza 1 1
Organik kimyo fanidan 200 ta test o’qituvchi k f. n. M. S. Hota, 4-sinf (1), Betlik, Ёзма кўрсатма Gidromet, maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal, Amaliy mashg\'ulot 1
3. O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni
2020 yilning 24 iyul kuni “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi va shu kundan eʼtiboran kuchga kirdi.
6 bob, 39 ta moddadan iborat mazkur Qonunda quyidagilar innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanmoqda:
  • innovatsion rivojlantirishning huquqiy jihatdan tartibga solinishini taʼminlash;
  • ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
  • zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish;
  • innovatsion faoliyat subʼektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
  • respublika, tarmoq va hududiy davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
  • investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;
  • davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
  • kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
  • xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

  • Mazkur Qonun bilan Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligi ushbu sohadagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi (2020 yil 24 iyul) “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tegishli huquqiy zaminni yaratish borasidagi muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qonun taraqqiyotimizni kafolatlovchi, uni yanada jadallashtiruvchi yangi g‘oya, yangi kashfiyotlar, ilmiy ishlanmalarni yaratish hamda hayotga joriy etilishining ishochli huquqiy mexanizmlarini mustahkamlab benihoya muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunda ifodalangan taʼrifga, ko‘ra innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlaydigan yangi ishlanma. Innovatsion faoliyat esa, yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning o‘tkazilishi va amalga oshirilishini taʼminlash bo‘yicha faoliyatdir.[2]
Mamlakatimizda o‘zining huquqiy asoslariga ega bo‘lib, keng quloch yozayotgan innovatsion faoliyat quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi:
- innovatsion faoliyatning erkinligi; innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan teng foydalanilishini taʼminlash;
- innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvvatlashning oshkoraligi va aniq yo‘naltirilganligi;
- raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- axborotni erkin almashish; innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza qilish;
- fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik.
Qonunda innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Hukumatning, vakolatli davlat organi (Innovatsion rivojlanish vazirligi), davlat boshqaruvi organlarining, qolaversa, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli vakolatlari mufassal belgilangan.
Qonunga muvofiq, davlat tomonidan innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish;
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
innovatsion faoliyat subʼektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berish;
respublika Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni yaratishga oid davlat buyurtmasini bajarish;
innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga xo‘jalik yurituvchi subʼektlar mablag‘larini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish;
ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilg‘or texnologiyalarning davlat xaridlarini tashkil etish;
innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.
Innovatsion faoliyat subʼektlari quyidagilardan iborat:
innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar;
sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar;
yangi ishlanmalarni yaratadigan, joriy etadigan va innovatsiyalardan foydalanadigan ilmiy, ilmiy-tadqiqot, oliy taʼlim, ishlab chiqarish tashkilotlari va boshqa tashkilotlar;
ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari;
faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan va foydalaniladigan intellektual mulk obʼektlariga bo‘lgan huquq egalari;
faoliyatga investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investorlar va tadbirkorlik subʼektlari.
Qonun bilan texnologiyalar transferi jarayoni – yangi ishlanmani u olinadigan (ishlab chiqariladigan) sohadan amalda qo‘llash sohasiga o‘tkazishga qaratilgan tadbirlar majmui ham joriy etilmoqda. Mavjud texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqariladigan o‘xshash mahsulotga nisbatan yuqori sifatli va raqobatbardosh yangi yoki yaxshilangan mahsulot ishlab chiqarish, yangi ishlanmalar va texnologiyalar asosida mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarish hamda o‘xshash texnologiyalarga nisbatan energiyani va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish transfer jarayonining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Texnologiyalar transferi shartnoma asosida amalga oshiriladi hamda intellektual mulkka bo‘lgan huquq mavjudligi va undan tushgan foyda uni tuzishning asosiy sharti hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatni moddiy-texnik, moliyaviy, tashkiliy-uslubiy, axborot, konsultativ va boshqa jihatdan taʼminlaydigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va ular birlashmalarining majmui innovatsion infratuzilma hisoblanadi. Uning subʼektlari quyidagilardan iborat:
Innovatsion texnologik park (texnopark) – innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladigan yagona moddiy-texnika majmuasi bo‘lgan hududga egalik qiluvchi yuridik shaxs. Texnoparkning asosiy vazifasi – uning rezidentlarini qo‘llab-quvvatlash. Uning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilgachani tashkil etadi, keyinchalik bu muddat uzaytirilishi mumkin. Texnopark rezidentining maqomi tanlov asosida 10 yil muddatgacha beriladi;
Texnologiyalar transferi markazi – texnologiyalar transferini va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan yuridik shaxs;
Innovatsion klaster tegishli hududda innovatsiyalarni yaratishda ishtirok etuvchi innovatsion faoliyat subʼektlarining, innovatsion faoliyat natijalari isteʼmolchilarining yig‘indisi sifatida yuridik shaxs tashkil etmasdan tuziladi. Ularning asosiy maqsadi samarali hamkorlik qilishdan, quvvatlardan birgalikda foydalanishdan hamda bilimlar, ko‘nikmalar almashishdan, shuningdek texnologiyalar transferiga ulushni taʼminlash orqali innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ladi;
Venchur tashkilotlar, fondlar, shirkatlar – asosiy faoliyat turi xavfli innovatsion loyihalar amalga oshirilishini moliyalashtirishdan iborat bo‘lgan, ham yuridik shaxs shaklida tashkil etiladigan, ham yuridik shaxs sifatida tashkil etilmaydigan ixtisoslashtirilgan moliya institutlari.
Innovatsiya markazi innovatsion faoliyat sohasida yangi g‘oyalarni yaratishdan yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishgacha bo‘lgan to‘liq ishlar turkumini amalga oshirish maqsadida yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi.
Qonun bilan innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari va ularni sarflash yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
O‘zbekiston respublika budjeti;
Qoraqalpog‘iston respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari;
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari;
venchur jamg‘armalari;
soha subʼektlarining o‘z mablag‘lari;
xalqaro grantlar, tijorat banklarining, shu jumladan chet el banklarining va xalqaro moliya institutlarining maqsadli kreditlari;
xususiy investorlarning mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mazkur Qonunning hayotga joriy etilishi innovatsion faoliyat sohalarini va uning barcha ishtirokchilarini samarali hamkorligi uchun huquqiy asoslari va qonuniy vakolatlarini taʼminlaydi, innovatsion faoliyat subʼektlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi, innovatsion faoliyat subʼektlarini keng ko‘lamda tashkil etish imkonini beradi.

Download 5.36 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 5.36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni

Download 5.36 Mb.