• Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalari
  • Maqsadli loyihalar
  • Tashabbuskor loyihalar
  • Startap loyihalar
  • Texnologiyalar transferi
  • Tajriba-konstruktorlik loyihalari




    Download 5.36 Mb.
    bet9/9
    Sana08.04.2023
    Hajmi5.36 Mb.
    #49619
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Malaka ma\'ruza 1 1
    Organik kimyo fanidan 200 ta test o’qituvchi k f. n. M. S. Hota, 4-sinf (1), Betlik, Ёзма кўрсатма Gidromet, maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal, Amaliy mashg\'ulot 1
    Tajriba-konstruktorlik loyihalari – tajriba, konstruktorlik namunalari, asboblar, materiallar, buyumlar va boshqa ilmiy ishlanmalarni loyihalash, tayyorlash va sinovdan o‘tkazish, rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalar. Bu turdagi loyihalarning bajarilish muddati ikki yilgacha bo‘lishi mumkin.
    Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalari – ilmiy faoliyatning ilg‘or yo‘nalishlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ehtiyojlari va muammolaridan kelib chiqqan holda, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ehtiyojlari asosida ishlab chiqiladigan, moliyaviy hajmi ko‘rsatilgan, mavzu doirasida olinadigan yakuniy mahsuloti aniq aks ettirilgan, muntazam ravishda eʼlon qilinadigan, tanlov asosida moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalaridir.
    Maqsadli loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari oldida turgan muammolarni hal etish maqsadida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Maqsadli loyihalar Ilmiy-texnik kengashlar tavsiyasiga ko‘ra tanlovsiz moliyalashtiriladi.
    Tashabbuskor loyihalar tanlovlari uchun mavzular shakllantirilmaydi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilinadigan ushbu turdagi tanlovga istalgan mavzudagi dolzarb muammolarning ilmiy yechimi hamda aniq natijaga qaratilgan loyihalarni taqdim etish mumkin. Tashabbuskor loyihalar tanlovida bir mavzu doirasida muqobil (alternativ) loyihaning tanlovga kelib tushishi talab etilmaydi.
    Startap loyihalar — amalga oshish xavfi yuqori bo‘lgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qo‘llanilishi, ko‘lami va tez o‘sish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha.
    Innovatsion ishlanma — mavjud o‘xshash intellektual faoliyat natijalariga nisbatan yangi belgilarga ega bo‘lgan, amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan va amaliyotda undan foydalanganda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlay oladigan intellektual faoliyat natijasi (ishlab chiqarish, maʼmuriy, tijorat yoki boshqa xususiyatga ega yangi yoki mukammal texnologiya, xizmat va tashkiliy-texnik yechim).
    Texnologiyalar transferi — yangi ishlanmani u olinadigan (ishlab chiqariladigan) sohadan amalda qo‘llash sohasiga o‘tkazishga qaratilgan tadbirlar majmuidir.
    Download 5.36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 5.36 Mb.