• Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va innovatsion faoliyatning huquqiy asoslari.
  • 2.“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” Qonun
  • -MAVZU: O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari. (2 soat)




    Download 5.36 Mb.
    bet4/9
    Sana08.04.2023
    Hajmi5.36 Mb.
    #49619
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Malaka ma\'ruza 1 1
    Organik kimyo fanidan 200 ta test o’qituvchi k f. n. M. S. Hota, 4-sinf (1), Betlik, Ёзма кўрсатма Gidromet, maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal, Amaliy mashg\'ulot 1
    1-MAVZU: O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari. (2 soat)
    Reja:
    O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning maqsadi va vazifalari.
    O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” va “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining mazmuni va mohiyati.
    Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va innovatsion faoliyatning huquqiy asoslari.
    Ilmiy ishlanmalar va tijoratlashtirish obʼektlari. Innovatsion ishlanmalar, davlat ilmiy-texnik dasturlari, loyihalari, startap-loyihalarni rasmiylashtirish.
     1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son Far­moni bilan 2019 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion ri­voj­lan­ti­rish strategiyasi, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, O‘zbekiston Respubli­ka­si­ni 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiq­lan­di.
    Strategiyaning bosh maqsadi etib mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshli­li­gi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifa­tida inson kapitalini rivojlantirish belgilangan.
    Strategiyada belgilangan asosiy vazifalardan biri sifatida O‘zbekiston Respublika­si­ning 2030 yilgacha Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mam­lakati qatoriga kirishiga erishishdir.
    2.“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” Qonun
    Mamlakatimizni rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishni taʼminlash maqsadida ilmiy faoliyat uchun yagona huquqiy asos yaratilishi zaruriyati yuzaga kelgani tufayli “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” Qonun loyihasi ishlab chiqildi va 2019 yil 29 oktabr sanasida rasman qabul qilindi. Mazkur qonunning maqsadi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar yechimini topish uchun ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni boshqarish hamda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini taʼminlash, iqtisodiyot va davlatning barqaror innovatsion rivojlanishi manfaatlarida barcha fan sohasidagi huquqiy munosabatlar subʼektlarining samarali faoliyati uchun institutsional asosni shakllantirishdan iborat. Bundan tashqari, ilm sohasi vakillarining intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga va o‘z kasbiy faoliyatlarida to‘liq va har tomonlama ijodkorlikni amalga oshirish uchun yordam berishga xizmat qilish yo‘lida ularning ijtimoiy-kasbiy huquqlari va kafolatlarini taʼminlash hamda zamonaviy muammolarni inobatga olgan holda ilm-fan sohasini umuman rivojlantirish maqsadida innovatsion mexanizmni joriy etish uchun sharoit yaratishdan iborat.
    Qonun 6 ta bob va 46 ta moddadan iborat bo‘lib, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, boshqarishning yagona, izchil mexanizmini yaratishda asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Qonun bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasidagi munosabatlarda mavjud kamchiliklar, qarama-qarshiliklar va bo‘shliqlar bartaraf etildi, xususan, Respublikada ilmiy salohiyatning yanada oshishi uchun huquqiy asoslar yaratildi.
    Mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organi deb belgilandi. Shu bilan birga davlat idoralarining, jumladan Vazirlar mahkamasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim tizimi, mahalliy davlat hokimiyatining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari va fuqarolar hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining ushbu sohadagi ishtiroki aniq ko‘rsatib o‘tildiki, bu o‘z navbatida “Fan-taʼlim-ishlab chiqarish” integratsiyasini taʼminlashning huquqiy asosi bo‘la oladi.
    2020 yil 1 yanvaridan kuchga kirishi belgilangan Qonunning 15-moddasi ilmiy faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslarning mehnat huquqlari bandiga kiritilgan muhim o‘zgarishlar – mehnatga haq to‘lashning yangi tartibi, haq to‘lanadigan mehnat taʼtilining uzaytirilishi, chet elda amaliyot o‘tashlari yoki malaka oshirish uchun bir yilgacha bo‘lgan muddatga taʼtil berilishi – ilm-fan sohasiga yoshlarni jalb qilishga xizmat qiladi va Respublikada yoshlar siyosatining amalga oshirilishida muhim o‘rin tutadi.
    Qonunda ilmiy faoliyat, uni olib borish tartibi, shartlari borasida qator kamchiliklarni, xususan baholash mezonlaridagi mavjud kamchiliklarni, ilmiy ekspertiza jarayonini takomillashtirishdagi qatʼiy cheklovlarni bartaraf etdi. Shu bilan birga, ilmiy faoliyat sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini belgilab berishda faqatgina bazaviy moliyalashtirishga suyanib qolmasdan, turli ilmiy texnik ishlanmalar grantlari, donorlar mablag‘lari ham ko‘zda tutilishi soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi va sohani tizimli moliyalashtirishning Qonun bilan himoya qilinishini taʼminlaydi.
    Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, axborot taʼminoti, noyob ilmiy obʼekt va ilmiy asbob va uskunalardan foydalanish tartibining ham belgilab berilishi, shuningdek, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini moliyalashtirishning tartibga solinishi o‘z navbatida taʼlim bilan uyg‘unlashgan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyatni taʼminlashga xizmat qiladi. Yana bir muhim jihat, yaʼni chet davlatda olingan ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarning O‘zbekiston Respublikasida tan olinishining huquqiy asoslari belgilab berilishi mamlakatda ilm-fan sohasi kadrlarining rivojlangan davlatlar darajasida tan olinishi uchun zamin yaratadi.
    Ilmiy faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik olib borish tartibi va shartlarining belgilab berilishi bu boradagi mavjud obʼektiv va subʼektiv cheklovlarni bartaraf qiladi va o‘z navbatida xalqaro hamkorlikka asoslangan ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishning optimal mexanizmlarini belgilab beradi. Mazkur Qonun bilan ilmiy faoliyat olib borishda barcha yo‘nalishlarda yetakchi xorijiy ilmiy markazlar va tashkilotlar bilan huquqiy asosda hamkorlik olib borish nazarda tutilgan.
    Ilm-fan rivoji iqtisodiyot taraqqiyotining asosiy mezoni ekanligi o‘laroq, jahonda ilmiy-texnik salohiyat tez surʼatlarda rivojlanib borayotganligi bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omillarini intelektualizatsiya qilish ham o‘sib bormoqdaki, bilimlar, innovatsiyalar va inson kapitaliga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish kabi ulkan vazifani amalga oshirishda huquqiy zaminning yaratilishi mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lishini taʼminlaydi.

    Download 5.36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 5.36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU: O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning nazariy-uslubiy asoslari. (2 soat)

    Download 5.36 Mb.