• Ilmiy faoliyat va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga oid asosiy huquqiy-meʼyoriy hujjatlar quyidagilardan iborat
  • Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va innovatsion faoliyatning huquqiy asoslari




    Download 5.36 Mb.
    bet7/9
    Sana08.04.2023
    Hajmi5.36 Mb.
    #49619
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Malaka ma\'ruza 1 1
    Organik kimyo fanidan 200 ta test o’qituvchi k f. n. M. S. Hota, 4-sinf (1), Betlik, Ёзма кўрсатма Gidromet, maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal, Amaliy mashg\'ulot 1
    Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va innovatsion faoliyatning huquqiy asoslari
    Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini taʼminlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi. Yangi isteʼmolchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni yetkazib berish – innovatsiyaga misol bo‘la oladi.
    Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. “Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.
    Ilmiy faoliyat va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga oid asosiy huquqiy-meʼyoriy hujjatlar quyidagilardan iborat:
    • O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni.
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 5 maydagi PQ-3697-son qarori.
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va ilmiytexnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 7 maydagi PQ3698-son qarori.
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son qarori.
    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiyinnovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvardagi VM-24-son qarori.
    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiytadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 9 martdagi VM-133-son qarori bilan tasdiqlangan “Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risida nizom”.

    Normativ hujjatlar
    • O‘zbekiston Respublikasining "Ilm-fan va ilmiy amaliyot to‘g‘risida"gi Qonuni
    • "Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida"gi Nizom
    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 832-son. 17.10.2018 y.
    • "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmon
    • "Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaror
    • "Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom
    • "Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom


    Download 5.36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 5.36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va innovatsion faoliyatning huquqiy asoslari

    Download 5.36 Mb.