• Texnologiyalar transferi
  • Fundamental tadqiqotlar
  • Amaliy tadqiqotlar
  • Ilmiy ishlanmalar va tijoratlashtirish obʼektlari. Innovatsion ishlanmalar, davlat ilmiy-texnik dasturlari, loyihalari, startap-loyihalarni rasmiylashtirish




    Download 5.36 Mb.
    bet8/9
    Sana08.04.2023
    Hajmi5.36 Mb.
    #49619
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Malaka ma\'ruza 1 1
    Organik kimyo fanidan 200 ta test o’qituvchi k f. n. M. S. Hota, 4-sinf (1), Betlik, Ёзма кўрсатма Gidromet, maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal, Amaliy mashg\'ulot 1
    Ilmiy ishlanmalar va tijoratlashtirish obʼektlari. Innovatsion ishlanmalar, davlat ilmiy-texnik dasturlari, loyihalari, startap-loyihalarni rasmiylashtirish
    Yangi ishlanma — mavjud o‘xshash intellektual faoliyat natijalariga nisbatan yangi belgilarga ega bo‘lgan, amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan va amaliyotda undan foydalanganda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlay oladigan intellektual faoliyat natijasi (ishlab chiqarish, maʼmuriy, tijorat yoki boshqa xususiyatga ega yangi yoki mukammal texnologiya, xizmat va tashkiliy-texnik yechim).
    Texnologiyalar transferi — yangi ishlanmani u olinadigan (ishlab chiqariladigan) sohadan amalda qo‘llash sohasiga o‘tkazishga qaratilgan tadbirlar majmuidir.
    Ilmiy loyihalar qo‘yilgan muammoning ilmiy yoki texnik yechimini topish, nou-xau yoki yangi texnologiyalarni olish va yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilishi mumkin. Qo‘yilgan maqsad va vazifalardan, amalga
    oshirish shaklidan kelib chiqib, ilmiy loyihalar quyidagi turlarga bo‘linadi: fundamental loyihalar; amaliy loyihalar; innovatsion loyihalar.
    Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlov asosida, ayrim hollarda belgilangan tartibda tanlovdan tashqari moliyalashtiriladi.
    Fundamental tadqiqotlar – tabiat, jamiyat va insonning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishiga oid asosiy qonuniyatlar haqidagi yangi bilimlar olish, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, shuningdek, muayyan faoliyat natijasida yaratilgan obʼektlarni o‘rganishga ixtisoslashgan nazariy va (yoki) tajriba o‘tkazishga qaratilgan tadqiqotlardir. Fundamental tadqiqot loyihalarining bajarilish muddati besh yilgacha bo‘lishi mumkin.
    Amaliy tadqiqotlar – amaliy maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarni hal etish uchun, asosan, yangi bilimlar va fundamental tadqiqotlar natijalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqotlardir. Amaliy loyihalarning bajarilish muddati uch yilgacha bo‘lishi mumkin.
    Innovatsion loyihalar – amalga oshirish muddati, infratuzilmasi, ijrochilari, moliyalashtirish manbai va hajmiga ega innovatsiyani yaratish hamda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tadqiqotlardir. Innovatsiya ishlarining bajarilish muddati ikki yilgacha bo‘lishi mumkin.

    Download 5.36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 5.36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy ishlanmalar va tijoratlashtirish obʼektlari. Innovatsion ishlanmalar, davlat ilmiy-texnik dasturlari, loyihalari, startap-loyihalarni rasmiylashtirish

    Download 5.36 Mb.