• Darsni kuzatish va uni tahlil etish o‘qituvchining umumiy tayyorgarlik belgilaridan biri sifatida.
  • Informatika va axborot texnologiyalari darslarini kuzatish va ularni




    Download 289,33 Kb.
    bet7/10
    Sana30.11.2023
    Hajmi289,33 Kb.
    #108048
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash
    4-mavzu Saf mashqlari Reja, qolda yoy pechat , Uyga vazifa, Informatikani o’qitish metodikasi, Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash-fayllar.org, Kompyuter, Informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish, Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar. Ax-fayllar.org, Ma’ruza Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqs, 46233 UMK, Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari (1), 7-mavzu Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Reja Axborot, 846 УСК (Lotincha), ASLIDDIN MAMAYUSUPOV
    Informatika va axborot texnologiyalari darslarini kuzatish va ularni
    tahlil qilish mezonlari
    Ishdan maqsad: Informatika va axborot texnologiyalari darslarini kuzatishdan ko‘zlangan maqsadlar. Ochiq, ko‘rgazmali, namunaviy, hisobot darslari va ularga qo‘yilgan talablar Darsni tahlil qilish usullari.
    Darsni kuzatish va uni tahlil etish o‘qituvchining umumiy tayyorgarlik belgilaridan biri
    sifatida.
    O‘qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki
    bosqichdan iborat:
      · O‘qituvchining o‘z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.
    · O‘qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.
    O‘qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo‘lib, o‘quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:
    · Davlat ta’lim standarti (DTS), o‘quv dasturi, o‘quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish
      xatlarini o‘rganib chiqish;
    · O‘zi dars beradigan o‘quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan   tanishish;
    · tegishli ko‘rgazma materiallarni, o‘quv-jihozlarini o‘rganish, ularni qo‘llay bilish;
      · ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish orqali o‘z bilimini kengaytirish;  · kompьyuter texnikasidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini
    oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, "Ziyonet" axborot ta’lim portaliga joylangan
    ma’lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.
    O‘qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir.
    Darsga tayyorgarlik ko‘rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
    1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt
    (soat) aniqlashtirib olinadi.
    2-bosqich: DTS va o‘quv dasturidan o‘tilayotgan mavzu yuzasidan o‘quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko‘nikma va malakalar) shakllantirilishi
    lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.
    3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar,
    elektron manbalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar
    o‘rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekt) tayyorlanadi.
    Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o‘quv faniga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. SHu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. CHunonchi, o‘qituvchining o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yishi, dars jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.
    O‘qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi
    kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi. Ta’kidlash joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining darslarini
    tahlil qilishda ko‘pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko‘proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. SHuningdek, dars
    tahlilida o‘qituvchining ko‘rsatmali qo‘llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to‘g‘ri amal qilinganligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini
    hisobga olgan-olmaganligi kabi masalalar to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. O‘qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va
    kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar. Jumladan:
      · dars maqsadi bilan o‘quvchilarni tanishtirmaslik;
      · interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;
      · dars jarayonida barcha o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;
      · o‘quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;
      · o‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.
      · o‘quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;
      · o‘qituvchi nutqining ravon, ta’sirchan emasligi;
      · mavzuni amaliyot bilan bog‘lab tushuntirmaslik;
    · mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor
      bermaslik;
    · sinf doskasi, darslik, o‘quvchi daftari, qo‘shimcha adabiyotlardan
      foydalanishning tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi;
    · o‘quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi
    kabilar.

    Download 289,33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 289,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika va axborot texnologiyalari darslarini kuzatish va ularni

    Download 289,33 Kb.