• Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar vazifalarini tashkil etish prinsiplari.
  • Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinfdan hamda




    Download 289,33 Kb.
    bet2/10
    Sana30.11.2023
    Hajmi289,33 Kb.
    #108048
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash
    4-mavzu Saf mashqlari Reja, qolda yoy pechat , Uyga vazifa, Informatikani o’qitish metodikasi, Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash-fayllar.org, Kompyuter, Informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish, Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar. Ax-fayllar.org, Ma’ruza Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqs, 46233 UMK, Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari (1), 7-mavzu Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Reja Axborot, 846 УСК (Lotincha), ASLIDDIN MAMAYUSUPOV
    2.2 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinfdan hamda
    maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish
    Ishdan maqsad: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinfdan va
    maktabdan tashqari mashg‘ulotlar: to‘garaklar, kechalar, olimlar bilan uchrashuvlar, musobaqalar, olimpiadalar, “Bilimlar bellashuvi” tanlovi, viktorinalar, ekskursiyalarni tashkil qilish metodikasi. Vertual tanlovlar va masofaviy ta’lim internet resurslari.
    Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsdan tashqari
    mashg‘ulotlar vazifalarini tashkil etish prinsiplari.
    Kompyuterning paydo bo‘lishi informatika bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarga keng imkoniyat ochadi, o‘quvchilarni qobiliyatlarining rivojlantirishga imkon beradi va quyidagi maqsadlariga o‘z oldiga qo‘yadi:

    - hayotiy va mehnat faoliyatiga tayorlash;

    - aniq ilmiy sohada faoliyat va fikrlashning asosiy uslublarini o‘zlashtirish.

    Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarni belgilashda ularning foydali uslubini ishlab chiqish uchun darsni tashkil etish va boshqa turlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir umumiy talablar mavjud.

    SHuningdek, darsdan tashqari mashg‘ulotlar va ixtiyoriy darslarini tashkil
    etish shakllari va uslublari mazmunidagi izchillik informatikani o‘qitish maqsadlari, o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash orqali belgilanishi kerak. Yuqorida bayon etilgan informatika bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar maqsad va vazifalarini e’tiborga olib, darsdan tashqari mashg‘ulotlarlarning mohiyatini aniqlash va tashkil etishga xarakterli bo‘lgan
    uslubiy va maxsus prinsiplarini ko‘rib chiqamiz. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda tarixiy materialdan foydalanish prinsipilari umumta’lim maktabida yaxshi qabul qilinadi.Tarixiy material yaxshi esda qoladi; informatika rivojlanish tarixi asosiy fikr va uslublarining shakllanishiga xizmat qiladi. Fan tarixi uning harakatlanuvchi kuchini ko‘rishga, insonning ilmiy ongi va amaliy faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini kuzatishga imkon beradi. Bu o‘quvchilarning dunyo qarashi va ilmiy fikrlashining shakllanishiga yordam beradi.
    Informatika va axborot texnologiyalari darslarida tarixiy materiallardan foydalanishning bir necha turlarini keltiramiz.

    1. Informatika va axborot texnologiyalari tarixiga epizodik ekskursiya:


    birinchi uslublar, tarixiy vazifalar va ularni EHM yordamida echish uslublari.
    2. Informatika va axborot texnologiyalari va kibernetika sohasidagi
    taniqli olimlarning hayoti va ijodini ko‘rib chiqish.
    3. Aniq davrda olingan natijalarni ko‘rib chiqish. (yangi turdagi kompьyuterning paydo bo‘lishi, yangi dasturiy atamaning paydo bo‘lishi va
    boshqalar.)
    4. Informatika va axborot texnologiyalari, kibernetika va dasturlash
    haqida fikrlar, hamda informatika va dasturlash sohasidagi buyuk olimlar fikri. O‘quvchilarda vatanparvarlik xissini shakllantirish uchun qadimgi SHarq
    buyuk olimlarining ilmiy natijalari bilan tanishtirish kerak (al Xorazmiy; al Beruniy). O‘zbekistonda kibernetikaning rivojlanishini o‘quvchilar qiziqib
    eshitadilar.
    Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish va darsdan tashqari
    mashg‘ulotlarni tashkil etishning asosiy prinsiplaridan biri bu ijodiy vazifalarni echish, loyihalashtirish, konstruktrlash va modellashtirish uchun EHMdan foydalanishdan iborat. Bunday vazifalarni echish va dasturlash tilida dastur
    yozish o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini oshiradi.
    Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘qituvchilar tomonidan informatikaga
    qiziqqan o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi. Bu ishni o‘qituvchi rejalashtiradi va
    kerakligicha aniqlashtiradi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar shakllariga:
    - to‘garaklar,
    - disputlar,
    - konkurslar,
    - kechalar,
    - leksiyalar,
    - devoriy gazetalar kiridi.

    Download 289,33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 289,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinfdan hamda

    Download 289,33 Kb.