332
OTlarnikidan farqli o`laroq, uning barcha oynalari yuqori o`ng tomonida
joylashgan. Bu foydalanuvchiga bir qancha afzalliklarni taminlaydi. Ya`ni joriy
oyna bo`yicha qidirishni ta`minlaydi.
7.2-rasm. Qidiruv oynasi.
Rasmda tasvirlangan qidiruv tizimi Documents(F:) dan kerak faylni topib
beradi. Fayl va papkalarni qidirish usullari bir nechtadir.
Fayl yoki papkani nomi bo`yicha izlash
. Bu izlashda uning nomi
maydonga yoziladi va Enter tugmasi bosiladi, joriy oynaning papkasi bo`yicha fayl
yoki papka qidiriladi. Agar faylning bosh harflaridan birortasini bilsangiz, u holda
bu faylni [*] belgisi orqali izlash mumkin. Masalan, a* a harf bilan boshlanadigan
barcha fayllarni topib beradi. Agar fayl nomining oxirgi harflarini bilsangiz u
holda [*] belgisidan foydalanish ham mumkin. Masalan, *jadval oxiri jadval so`zi
bilan tugagan barcha fayllarni topadi. Agar siz fayl harflarning boshi va oxirini
bilsangiz, u holda [*] belgisidan foydalaniladi. Masalan, b*jadval bosh harfi b va
oxiri jadval so`zi bilan tugovchi barcha fayllarni izlab topadi. Agar faylning
birinchi va uchinchi harflarini bilsangiz, u holda faylni [*] va [?] belgilari orqali
izlash mumkin. Masalan, b?h* bosh harfi b va uchinchi harfi h bolgan barcha
fayllarni topadi.