Ma'ruza № 14
Paskal tilida dasturning tarkibi.
Paskalda oddiy algoritimni dasturlash
Reja:
1.
Dastur tushunchasi.Paskal tilida dastur tarkibi.
2.
Dasturni asosiy bo’limlari.
3.
Operator tushunchasi. Paskal tilidagi operatorlar tasnifi.
4.
Dasturlashtirishda bajariladigan harakatlar kontseptsiyasi.
5.
O’zlashtirish operatori. Ma'lumotlarni oddiy kiritish va chiqarish.
Dastur deb
maxsus tilda yozilgan EHMda masala
yechish uchun qadamma-
qadam yozilgan aniq va mukammal instruktsiyaga aytamiz.
Paskal tilidagi dastur
tarkibi 2 asosiy qismdan iborat bo’ladi. Bo’lar dastur sarlavhasi va dastur tanasi.
Dastur
tanasidan keyin nuqta quyiladi, bu nuqta dastur oxirini bildiradi.
Dastur
sarlavhasi dastur tanasidan nuqta vergul bilan ajratiladi.