c) pedagogik obro‘;
d) pedagogik odob.
28. Pedagogga xos bo‘lib, pedagogik faoliyatni oqilona tashkillashtirish va olib borilishiga imkon beradigan, amaliy vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlar qanday nomlanadi?
a) pedagogik malaka;
b) pedagogik tajriba;
c) pedagogik yondashuv;
d) pedagogik qobiliyat.
29. Didaktik qobiliyat; akademik qobiliyat; perseptiv-pedagogik qobiliyat; nutq qobiliyati; tashkilotchilik qobiliyati; avtoritar qobiliyat; kommunikativ qobiliyat; pedagogik xayolot; diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. Pedagogik qobiliyatning ushbu turlari kim tomonidan guruhlangan?
a) V.A.Kruteskiy;
b) A.K.Markova;
c) R.Dekart;
d) J.Piaje.
30. Pedagogik muloqot uslublarini ko‘rsating.
a) avtoritar, demokratik va liberal;
b) avtoritar, muqobil va demokratik;
c) muqobil, demokratik va insonparvar;
d) demokratik, insonparvar va huquqiy.
31. Talabalarning hissiy faoliyati, ruhiy-jismoniy quvvati va ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash qanday nomlanadi?
a) pedagogik refleksiya;
b) pedagogik relaksatsiya;
c) pedagogik deontologiya;
d) pedagogik texnika.
32. Talabaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; talabchanlik; suhbatdoshni qiziqish (diqqat) bilan tinglay olish va qayg‘urish malakasi; ruhiy barqarorlik, dadillik, og‘ir vazminlik; munosabatlar jarayonida ishonch bilan so‘zlay olish; qat’iyatlilik (qaysarlik emas); talabalarga e’tiborli, hushyor bo‘lish. Ushbu asosiy ko‘rinishlar nimaga xos?
a) pedagogik odobga;
b) pedagogik obro‘ga;
c) pedagogik nazokatga;
d) pedagogik mahoratga.
33. O‘zini o‘zi hissiy boshqarish; pantomimika; mimika; jest (qo‘l, oyoq harakat)dan o‘rinli foydalanish; nutq texnikasi; alohida so‘z yoki ifodalarni ifodalash sur’ati (ritmika). Ular nimaning asosiy turlari sanaladi?
|