a) pedagogik texnikaning;
b) nutq texnikasining;
c) pedagogik bilimdonlikning;
d) pedagogik nazokatning.
34. V.A.Suxomlinskiyning fikriga ko‘ra, qosh-qovoqni uyub yurmaslik; boshqalarning kamchiliklari, nuqsonlarini oshirib ko‘rsatmaslik; hazil-mutoyibaga moyil bo‘lish; xushmuomala bo‘lish va kelajakka ishonch bilan qarash. Ular qanday holatning muhim shartlari sanaladi?
a) o‘z-o‘zini boshqarish;
b) o‘zini o‘zi tahlil qilish;
c) ruhiy barqarorlikka erishish;
d) o‘zini o‘zi anglash.
35. Shaxs ichki kechinmalari, o‘y-fikrlari, xarakterining gavda harakati va imo-ishoralar yordamidagi ifodasi qanday nomlanadi?
a) etiket;
b) jest;
c) mimika;
d) pantomimika.
36. Shaxsning yuz muskullari harakatlari orqali o‘z fikri, his-tuyg‘ulari, kayfiyati va mavjud voqelikka nisbatan munosabatini ifodalashi qanday nomlanadi?
a) etiket;
b) jest;
c) mimika;
d) pantomimika.
37. Nutqni tinglovchiga yetkazishda qo‘llaniladigan vositalar majmui qanday nomlanadi?
a) nutq dialektikasi;
b) nutq texnikasi;
c) nutq strukturasi;
d) nutq fakturasi.
38. Kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida pedagog tomonidan orttirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui qanday nomlanadi?
a) pedagogik qobiliyat;
b) pedagogik tajriba;
c) pedagogik malaka;
d) pedagogik ko‘nikma.
39. Pedagogning ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik, mutanosiblik nimani ifodalaydi?
a) pedagogning obro‘sini;
b) pedagogning nazokatini;
c) pedagogning qobiliyatini;
d) pedagogning imidjini.
40. “Kreativlik” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi – bu...
a) yaratish;
b) yangilik kiritish;
c) o‘zgartirish kiritish;
d) shaxs ijodkorligi.
41. Individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiradigan ijodiy qobiliyati qanday nomlanadi?
a) eruditsiya;
b) intuitsiya;
c) kreativlik;
d) evrika.
42. Muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik. Kreativlikni ifodalovchi ushbu holatlar kim tomonidan asoslangan?
a) V.A.Kruteskiy;
b) P.Torrens;
c) R.Dekart;
d) J.Piaje.
43. Ijodiy yo‘nalganlik, mantiqiy fikrlay olish, eruditsiya (bilag‘onlik), boy tasavvur, ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskorlik, o‘z ijodkorligini to‘la-to‘kis namoyish etish, refleksiya qobiliyati, hissiyotga boylik, mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi. Ular nimaning negizida aks etuvchi sifatlar sanaladi?
|