Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana07.06.2024
Hajmi0,76 Mb.
#261445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ГулДУ. Туплам .Конфер-2024 . (1)

 
 
 
To‘plamga kiritilgan materiallarning mazmuni va haqqoniyligiga mualliflar 
mas‘uldirlar.
 
 
Mas’ul muharrirlar: 
t.f.d.
 
professor
 
M.Xodjiyev. 
f.f.n. professor K.Kalanov. 
Taqrizchilar:
f.f.d. professor N.Shermuxamedova. 

f.f.n. professor A. O‘tamurodov. 


 
Tahrir hay’ati: 
R.Mahmudov, S.Ismoilov, Sh.Kenjayev, N.Temirova, 
Y.Karimov. 
 
 
УДК:364.4 
ББК:60.95 
 
 
 
 
 
 
 
 
© “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning dolzarb muammolari
” mavzusidagi 
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.
 
© Guliston davlat universiteti, 2024. 


328 
3.
NurumbekovaYa. A. Kouching turlari va asosiy tamoyillari.O‘zMU xabarlari ilmiy jurnali, 
2023 yil, 1/4 son ijtimoiy-gumanitar fanlar turkumi, 127-129 betlar 
4.
NurumbekovaYa. A. Kouching texnikasi yordamida maqsadga erishish yo‘llari. O‘zMU 
xabarlari ilmiy jurnali, 2023- yil, 1/7/1 son ijtimoiy-gumanitar fanlar turkumi, 137-139 betlar 
5.
NurumbekovaYa. A. Kouching texnikasining maqsadga ershishdagi ahamiyati. Pedagogika 
ilmiy-nazariy va metodik jurnal. TDPU. 3/2023y B. 87-91 
6.
NurumbekovaYa. A. Pedagog psixologlarda kouching sifatlarini shakllantirish.Guliston 
davlat universiteti axborotnomasi 2023/3 (93). B. 75-99 
 
ART-PEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH 
SINFO‘QUVCHILARINI ESTETIKTARBIYALASHPEDAGOGIK ASOSLARI 
Gulboyev A., BuxDPI dotsenti. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat ta‘lim va tarbiya siyosatida o‘sib kelayotgan yosh avlodni 
har tomonlama rivojlantirish, ularda yuksak ma’naviyat va madaniyatni shakllantirish ustuvor 
yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. Yoshlarda yuksak ma’naviyat va madaniyatni yuksaltirish 
asosiy vazifalardan biri ekanligining boisi shundaki, «har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi 
navbatda o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir».
Yoshlarda yuksak ma’naviyat, madaniy qarashlarni shakllantirishda o‘qituvchi va murabbiylar 
barcha omillar: o‘z ijodiy-pedagogik faoliyati, pedagogik mahorati, pedagogik texnologiya va 
texnikasi, pedagogik muloqot etika-estetikasi, ta‘lim va tarbiyaning yaxlit bir butunligi, o‘tmish 
mutafakkir-olim-pedagoglar va xalqimizning boy madaniy merosi, milliy va umumbashariy 
ma’naviy-axloqiy, badiiy-estetik qadriyatlar, folklor, san’at va uning har xil turlaridan samarali 
foydalanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi «Oliy 
ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida kadrlar tayyorlash 
mazmunini qayta ko‘rib chiqish, yangi avlod o‘quv Adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta‘lim 
muassasalari ta‘lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta‘lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-
metodik va ilmiy Adabiyotlar bilan ta’minlash, oliy ta‘limning ma’naviy-axloqiy mazmunini 
oshirish, talaba-yoshlarda mustaqillik g‘oyalari, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy 
an’analariga sodiqlik ruhini singdirish kabi tarbiyaviy ishlarni yuksak saviyada olib borish dolzarb 
vazifa etib belgilangan.
Demak, yoshlarni milliy-ma’naviy ruhda tarbiyalashda o‘z madaniy qadriyatlarimiz va buyuk 
allomalarimizning bizga qoldirgan meroslaridan samarali foydalanish, ularning ma’naviy 
dunyoqarashini yanada kengaytirish zarur. Natijada o‘quvchi-yoshlar ajdodlar tarixi, adabiyoti, 
san’ati, an’analari va urf-odatlari haqida chuqur bilimga ega bo‘ladilar, ularning ma’naviy merosga 
bo‘lgan qiziqishi oshib, ma’naviy-axloqiy madaniyati yanada takomillashadi.
Bugungi kunda axloqiy tarbiyani rivojlantirish muammosini hal qilishga imkon beradigan 
maktab o‘quvchilarini o‘qitishning maqbul va samarali shakllari masalasi ochiqligicha qolmoqda. 
Shu munosabat bilan axloqiy tarbiya masalasini tizimli rivojlantirish zaruriyati bilan uni amaliyotga 
tatbiq etishning samarali vositalarining yo‘qligi o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelmoqda.
Bugunning pedagogi O‘zbekiston umumiy o‘rta ta‘lim o‘qituvchilari ta‘limi tarixida yangi 
davr ostonasida turibdilar desak mubolag‘a bolmaydi. Namunali talablar o‘rniga o‘quvchilar 
sonining xususiyatlarini hisobga olgan holda dastur yozish va pedagogik texnologiyalarni tanlashni 
o‘z ichiga olgan milliy DTS bilan almashtirildi. 
Shaxsning shakllanishi, uning ijodiy salohiyatining rivojlanishi, shaxsning о’zini о’zi anglashi 
kо’plab omillarga bog‘liq bо’lib, ular orasida uning hissiy farovonligi muhim о’rin tutadi. Shu 
sababli, hozirgi vaqtda maktab о’quvchilarini badiiy va badiiy-ijodiy faoliyat (vizual, о’yin) orqali 
rivojlantirish va tarbiyalash tizimida badiiy pedagogika (art-pedagogika) kabi yangi yо’nalishga 
qiziqish bejiz emas. San’at pedagogikasini о’rganish va tadqiq etishning dolzarbligi uning 
mamlakatimizda faol rivojlanayotgan psixoterapiya bilan chambarchas bog‘liqligi bilan belgilanadi. 
Shu bois keyingi paytlarda uning yangi usullari, shakllari, texnologiyalari va modellari 
yaratilmoqda.


329 
Bugungi kunda kelajagimiz hisоblangan yoshlarni estetik tarbiyalashning ahamiyati yanada 
оrtib bоrmоqda.Birinchidan, mustaqillik sharоitida insоn оmili rivojlanib, hayotning barcha 
jabhalarida faоliyat ko‘rsatayotgan insоnlarning ezgu xislat-fazilatlari, оngliligi, faоlligi, ijоdiy 
qоbiliyatlari o‘smoqda. 
Ikkinchidan, O‘zbekistоn ahоlisi ko‘pchiligining umumiy madaniyati yuksalib bоrish 
jarayonida yangi texnika va texnоlоgiyalar, ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari tоbоra 
takоmillashib bоrayapti.
Uchinchidan, yangi ishlab chiqarilgan munоsabatlari, bоzоr iqtisоdiyotining keng o‘rin 
egallab bоrayotganligi, qоnunchilikning yanada rivоjlanib, amal qilayotganligi fuqarоlarning 
umumiy madaniyati, ayniqsa, estetik madaniyati darajasining yuksalib bоrishini taqоzо etmоqda. 
To‘rtinchidan, hоzirgi davr ilmiy-texnika inqilоbi sharоitida elektrоnika, avtоmatika, 
kibernetika, infоrmatika kabi fanlar ishlab chiqarish sоhasini tubdan qayta ko‘rishga imkоniyatlar 
yaratib bermоqda.Bu hоl ishlab chiqarishda band bo‘lgan оdamlarning ruhiy hоlatini ham tubdan 
o‘zgarishini, ijtimоiy-ruhiy, axlоqiy-estetik saviyasini оshirishni taqоzо etmоqda. 
Beshinchidan, radiо, matbuоt, ayniqsa, «оynai jahоn» kabi оmmaviy axbоrоt vоsitalarini 
turmushdan keng o‘rin оlishi natijasida, axbоrоt hajmining ham keskin оrtib bоrishi estetik 
tarbiyaga yanada ko‘prоq e’tibоr berishni talab etmоqda.
Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, u estetik tarbiyaning asоsiy mazmuni 
va maqsad-yo‘nalishlarini to‘la ifоdalamaydi. Badiiy tarbiyaning asоsiy maqsadi, munоsabatlarni 
san’at vоsitalari yordamida shakllantirishdir.Estetik tarbiya bilan badiiy tarbiyani bir-biriga 
tenglashtirish ham, qоrishtirish ham, qarama-qarshi qo‘yish ham xatо bo‘lardi. Shuni esda tutish 
lоzimki, estetik tarbiya sa’nat bilan chegaralanib qоlmaydi, balki uning asоsiy mazmuni insоnning 
vоqelikka estetik munоsabatini faоllashtirish va rivоjlantirishdan ibоratdir.
Estetik tarbiya insоnning estetik оngini shakllantirish jarayonida uni axlоqiy, mehnatsevarlik, 
ekоlоgik jihatlardan ham tarbiyalash vazifalarini qamrab оladi. Estetik tarbiyaning axlоqiy 
tarbiyaga ta’siri shundaki, nafоsat оlami ezgulik va yaxshilikdan, beg‘arazlikdan ajralmagan hоlda 
amal qiladi. Estetik tarbiyaning mehnat tarbiyasi bilan birlashib ketishi, mehnat qilish shaxsning 
tabiiy ehtiyojiga aylanib bоrishida o‘z ifоdasini tоpadi. 
Shunday qilib, estetik tarbiya - estetik jihatdan rivоjlangan va ijоdiy faоl bo‘lgan insоn 
shaxsini shakllantirish demakdir. Har bir oila o‘z bolalarining tarbiyali, nafosatli, aqlli, baquvvat va 
mard bo‘lishini istaydi. Tarbiya san’atining shunday xususiyati borki, ko‘p kishilar uni o‘zlariga 
tanish va tushunarli bir ish deb ba’zi birovlar hatto yengil ish deb hisoblaydilar.Estetik tarbiya ana 
shunday osonroq ishga o‘xshaydi.Aslida, estetik ruhda tarbiyalash, insonning butun qiyofasiga – 
uning his – tuyg‘ulariga, irodasiga samarali ta’sir qiladi.Ilmiy dunyoqarashni ma’naviy qiyofasini 
shakllantiradi, hayotni bilib borish imkoniyatini tug‘diradi. Estetik ruhda tarbiyalash g‘oyat 
murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, nafosatni tushinibgina qolmay, balki uni barpo etishga 
qodir bo‘lgan barkamol avlodni kamolga yetkazish maqsadini ham ko‘zda tutadi.
Bizning mamlakatimizda bolalarni estetik ruhda tarbiyalashga kerakli hamma shart-sharoitlar 
mavjuddir. Muzey va teatrlar, kutubxona va klublar, kinoteatr va galeriyalari, takrorlanmas o‘tmish 
obidalari, xullas butun hayot tarzimiz haqiqatdan ham - barkamol avlodni estetik ruhda tarbiyalash 
va kamol toptirishga yordam beradigan asosiy vositalardir.
O‘zbekistonda demokratik qoidalar asosida rivojlanayotgan xalq ta’limi, o‘quvchilarga badiiy 
ta’lim va estetik tarbiya berishni, go‘zallikni his qilishni tarbiyalash, yuksak estetik did, san’at 
asarlari, tarix, me’morchilik yodgorliklari, jonajon tabiat va boyligini tushunish hamda qadrlay 
bilishga o‘rgatishni nazarda tutadi. Shu bilan bir qatorda yosh avlodni vatanimiz va jahon badiiy 
madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavq olib, estetik tarbiyalashni amalga oshirishi zarur.
Estetik zavqlanish kishida mehnat ilhomini yanada jo‘sh urdiradi, insonni ulug‘laydi va uning 
turmush sharoitini bezaydi. Umuman estetik tarbiya yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish vazifalariga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Art-pedagogikaning о’ziga xos xususiyati shundaki, u rivojlanuvchi va tarbiyaviysalohiyatga 
ega bо’lgan badiiy va badiiy ijodiy faoliyat vositalari bilan ishlaydi. U badiiy ta‘lim va tarbiyaning 
о’rnini bosmaydi, balki ularni tо’ldiradi va rivojlanish, о’qitish va tarbiya jarayoniga yangi о’ziga 


330 
xos yо’nalish beradi.
Art-pedagogikaning asosiy tushunchalari “badiiy-pedagogik faoliyat”, “badiiy-pedagogik 
о’zaro ta’sir”, “badiiy-pedagogik jarayon”, “badiiy-pedagogik ta‟minot”, “badiiy-pedagogik 
vositalar”niо’z ichiga oladi. Keltirilgan tushunchalar pedagogik muammolarni hal qilishda san’at 
vositalaridan foydalanadigan mutaxassisning amaliy faoliyatini tavsiflash imkonini beradi. San’at 
pedagogikasi uchun “badiiy pedagogik faoliyat” tushunchasi umumlashtiruvchi bо’lib, san’at 
vositalaridan foydalangan holda kasbiy niyat va maqsadlarni amalga oshirish uchun pedagogik 
harakatlarning butun majmuasini aks ettiradi.
Art-pedagogika о’quvchilarda tasavvurni, e’tiborni, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga, о’z his-
tuyg‘ularini va kayfiyatini erkin ifoda etish qobiliyatini rivojlantirishga, jamoada ishlashga yordam 
beradi.Art-pedagogikada didaktik maqsadlardan kо’ra ta‘lim va rivojlanish maqsadlari 
ustunlikqiladi. Ijodiy faoliyat jarayonida о’qituvchi va talabaning о’zaro hamkorligi о„quvchining 
hissiy va shaxsiy rivojlanishi samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, о’zini о’zi bilish, о’zini 
о’zi takomillashtirish, о’zini о’zi ochish, о’zini rivojlantirish va о’zini о’zi rivojlantirish 
jarayonlariga yordam beradi hamda amaliy tarzda amalga oshiradi.
Boshqa tomondan, badiiy pedagogik usullardan foydalanish о’qituvchiga bolalarni yaxshiroq 
tushunishga, ularning shaxsiy va ijodiy imkoniyatlarini, psixologik xususiyatlarini ochib berishga 
imkon beradi. О’qituvchi uchun bu maktab о’quvchilarini rivojlantirish va tarbiyalash jarayonining 
samaradorligini oshirishga imkon beradigan juda muhim ma’lumotdir.
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablari ta‘lim mazmunini yangilash, uni amalga oshirish shakllari, 
mazmunni o‘quvchilarga yetkazish uslub va uslublari bilan bog‘liq ushbu innovatsion jarayonlarga 
deyarli barcha umumta‘lim maktab o‘qituvchilari ham jalb etilgan.
Pedagogik diagnostika natijalarini tahlil qilar ekanmiz, kuzatuv natijalari o‘quvchilarda 
axloqiy tarbiyasni rivojlantirishdagi kamchiliklarni aniqlash imkonini berdi. Barchaga ma’lum 
faktlarga asoslangan holda axloqiy va estetik tarbiya faqatgina maktab zimmasida emasligini 
ta’kodlash orqali muammodan qochish vaziyatni yumshatmaydi. O‘quvchida axloqiy tarbiyaning 
sustligi ta‘lim jarayoniga salbiy ta’sir qiladi. Uning axloqiy tarbiyasi sustligi natijasida o‘quvchi 
psixikasi ham aziyat chekadi, sinfda tengdoshlari bilan kommunikativ aloqaga kirishishda bir qator 
to‘siqlar keltirib chiqarada, natijada o‘quvchining ijtimoiylashuv masalasi murakkablashib boradi. 
Odatda ushbu guruhdagi o‘quvchilarining mehnat qobiliyati juda past. Bunday o‘quvchilar bilan 
an’anaviy usul va uslublardan foydalangan holda ishlash har doim ham samarali natija bermaydi.
Hayot tarzining zamonaviy sharoitlarida ta‘lim sifatini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar 
artpedagogika imkoniyatlaridan foydalanishni taqazo etadi. DTS tizimida yaratilgan barcha ijobiy 
shart-taroitlarni inobatga olgan holda ham keng ijodiy yondashuvga deyarli imkon 
qoldirilmaganligini inobatga olib o‘z salbiy taraflariga ega ekaniga amin bo‘lish mumkin. Har 
taraflama barkamol shaxsni tarbiyalash hamjixat shroitdagina amalga oshiriladi. Xilma-xil turli 
yo‘nalishli o‘qitish usul va vositalari nafaqat pedagog, psixolog-tarbiyachilar tomonidan, balki 
ushbu ijodiy jarayonda o‘quvchilar ham o‘zlarini bu yerda to‘laqonli asosiy ishtirokchi his qilishlari 
kerak. Art-pedagogikaning asosi mana shu sharoitda pedagogika, psixologiya va san’atni 
integratsiyalash orqali tarbiya, ta‘lim, rivojlanish va o‘sib kelayotgan shaxsni qo‘llab-quvvatlashda 
o‘z aksini topadi.
Rus pedagogi V.N.Shatskaya, estetik tarbiya o‘quvchilarda go‘zallik tuyg‘usini 
rivojlantirishga qaratilgan deya ta’kidlagan. V.A.Suxomlinskiy fikriga ko‘ra axloqiy- estetik tarbiya 
maktab ta‘limining eng zaruriy vazifalaridan ekanini e’tirof etgan.U bolani go‘zallikni ko‘rish va 
idrok etishga o‘rgatish muhimligiga amin bo‘ldi, o‘quvchi shaxsini doimiy ravishda ruhiy 
takomillashtirish bilan go‘zallikni saqlash istagini uyg‘otdi.
B.T.Lixachyov masalaning amaliy tomoniga alohida e’tibor qaratadi. U badiiy buyumlardan 
estetik tarbiya vositasi sifatida foydalanishga o‘ziga xos yondashuvni ishlab chiqdi. O‘qituvchi 
ushbu jarayonning uchta asosiy bosqichini ajratadi:

Maktab o‘quvchilarining badiiy asarni bevosita idrok etishi;

O‘quvchi z faoliyatida badiiy asardan olgan taasurotini amalda takrorlashi;

Bajarilgan topshiriqning tahlili;


331 
Art-pedagogik yondashuv asosida tashkil etilgan dars mashg‘ulotlari o‘quvchi shaxsida 
quyidagi sifatlarni rivojlantiradi:
• Gumanistik g‘oyalari - o‘qituvchi o‘zining mahorati va tajribasini ishga slogan holda 
o‘quvchilarga faol axloqiy ta’sir ko‘rsatishi kerak. Ta‘lim maqsadlariga bolalarda go‘zallik, 
uyg‘unlik, yaxshilik, yomonlik va boshqalar tushunchalarini shakllantirishga ustuvor ahamiyat 
berishi zarurligini nazarda tutadi.
• Estetik tarbiya sharoitida muhim ahamiyat kasb etadigan ijodiy faoliyatni yaratishga e’tibor 
qaratish. O‘qituvchi o‘quvchi shaxsini ichki kechinmalarini ochib beradigan va uning ijodiy 
faoliyati jarayonini rag‘batlantiradigan sharoitlarni yaratish vazifasini bajaradi. Shuni ta’kidlash 
kerakki, artpedagogikada tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, raqs va boshqalar qo‘llanilishi ushbu 
ruhiy-psixo-emotsional muhitni yaratishga zamin bo‘ladi.
• integrativlik g‘oyasi san’at, psixologiya va pedagogikaning o‘zaro ta’siriga asoslangan 
bo‘lib, badiiy faoliyatni tashkil etishning turli usullarining uyg‘un kombinatsiyasi yo‘lga 
qo‘yilganini inobatga olib, o‘quvchi shaxsining axloqiy va estetik rivojlanishi rag‘batlantiriladi.
• refleksiya g‘oyasi estetik tarbiya uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosi o‘quvchini 
fikrlash, tahlil qilish, muammoli masalalarga e’tibor berish, nostandart muammolarni hal qilish, 
qiyin vaziyatlarga tezda moslashish, yangi qarashlar va qadriyatlarni yetarli darajada idrok etish, 
shuningdek, yangi g‘oyalarga ochiqlik va boshqalarni shakllantiradi. Bu o‘quvchilarning badiiy va 
o‘yin faoliyatining turli shakllarini birlashtirishning yaxlit tizimi bo‘lib, ma’noni shakllantirish 
jarayonlarini rag‘batlantirish, uni anglash va zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarinig estetik tarbiyasini rivojlantirishda art-pedagogika vositasini 
qo‘llash texnologiyasini qo‘llash innovatsion hisoblanadi. Dars mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq 
vaziyatlar, mashqlardan iborat dasturiy o‘yinga asoslanadi.
Art-pedagogika - ma’no shakllanishi, ma’noni anglash va ma’noni shakllantirish jarayonlarini 
rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

Download 0,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti

Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish