1-ilova
Baholash mezoni
Joriy baholash mezonlari
A’lo bahoga:
• Bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini atroflicha
tushungan bo’lsa;
• Vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa;
• Chizgan xaritalarining mazmunini tushunsa, to‘g‘ri bayon qilib bersa;
• Voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to‘g‘ri tasvirlasa;
• Ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa.
Yaxshi bahoga:
• Bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini. maqsadi va vazifasini tushungan
bo’lsa;
• Vazifani mustaqil bajara olsa;
• Chizgan xaritalarining mazmunshsh tushunsa, to‘g‘ri bayon qilib bersa;
• Voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to‘g‘ri tasvirlasa;
• Ishni belgilangan muddatda topshirsa.
O‘rta bahoga:
• Bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasi haqida
umumiy tasavvurga ega bo‘lsa;
• Vazifani mustaqil bajara olmay, ayrim yordamga muhtoj bo‘lsa;
• Xaritalarni mazmunan to‘g‘ri chizgan va tushungan, ammo bayonida qiynalsa;
• Voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzib tasvirlasa;
• Ishda ayrim kamchiliklar bo‘lsa va belgilangan muddatda topshirilmasa.
Qoniqarsiz bahoga:
• Ishni bajarmagan yoki nazariy va amaliy ahamiyatini tushunmagan bo‘lsa;
• Vazifani mustaqil bajara olmasa;
• Hisobotni chala va o‘z vaqtida topshirmasa yoki umuman topshirmasa.