7-ilоvа
«FSMU» metodi
Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish,
taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni oʻzlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy
fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza
mashgʻulotlarida,
mustahkamlashda, oʻtilgan mavzuni soʻrashda,
uyga vazifa berishda
hamda amaliy mashgʻulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
«FSMU» metodidan dars jarayonida foydalanish.
-
O‘quvchilarni fikrlash qobilyatuini shakllantiradi;
-
Dunyoqarashini kengaytiradi va o‘z fikrini sodiq qolish va ximoyalash kO‘nikmasini
shakllantiradi;
-
Keltirilgan mulohaza va misollarni umumlashtirish va yakuniy xulosalar berish
qobilyatini shakllantiradi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
-
qatnashchilarga mavzuga oid boʻlgan yakuniy xulosa yoki gʻoya taklif etiladi;
-
har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qogʻozlarni
tarqatiladi:
-
ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
Yuqoridagi texnalogiyada o‘quvchilar tomonidan yangi
mavzu yuzasidan keltirilgan
fikrlar,
misollar, isbotlar va umumlashtiruvchi fikrlarni o‘qituvchi
tomonidan kamchiliklari
bartaraf etiladi, xatolari to‘g‘rilanadi, real va xayotiy
misollar orqali isbotlanib,
mavzuni
umumlashtirilib beriladi.