CMYK modeli bo’yoqlarning nurni yo’qatish qobiliyatiga asoslangan. Oq rangning nur
o’tuvchi bo’yoqdan o’tishida spektrning bir qismi yutiladi. Yutilmagan nur qaytadi va odam
ko’ziga tushadi.
Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapszondagi burchak kattaligi bilan tavsiflanadi.
HSB(HSV) modeli. Model nomi o’nga asos bo’lgan uch komponentning bosh xarflaridan
olingan: Hue – rang toni; Saturation – to’yinganlik; Brightness – yorqinlik. Model odam
ko’zining rangni xis qilish qobiliyatiga asoslangan.
To’yinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik darajasidir.
U kul rangning boshqa
rangga nisbati bilan aniqlanadi (0% – kul rang, 100% – to’la to’yingan rang).
Rangning
yorqinligi 0 dan 100 gacha o’zgarishi mumkin.
Ranglar moviy
(Cyan), pushti
(Magenta) va sariq
(Yellow) ranglar aralashmasidan paydo
bo’ladi. Ularning to’liq aralashmasidan qora
(blacK) rang xosil bo’ladi. Modelining tashkil
etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin.
Soxani boyash (rang berish).
Komp’yuter grafikasida soha 2-ta usul bilan berilishi mumkin:
1.
Sohani tashkil etuvchi tashqi nuqtalari bilan, ya’ni sohani ichida yotuvchi har bir
piksel biror bir rang (oldcolor) bilan beriladi (chegaradagi piksellar bu qiymatga ega emas).
2.
Soha chegarasi bilan berilishi mumkin , yani chegaradagi piksellar biror bir rang bilan
(bcolor) beriladi (chegara ichidagi piksellar bu qiymatga ega emas).
Natyurmort va uni ishlanish usullari haqida fikr yuritishdan oldin biz rangtasvir haqida
aytib o’tsak. Albatta har bir tasviriy san‘at soxasi bilan faoliyati bog’liq inson-hoh u rassom
bo’lsin, hoh tasviriy san‘at fani o’qituvchisi yoki shu soha bilan bog’liq bo’lgan xunarmand :-
barchasi birinchi o’rinda qalamtasvirni yaxshi bilgan holda rangtasvirga kirib boradi
(rangtasvirga bog’liq sohalarda). Shu o’rinda rangtasvir o’zi nima-?, rangtasvirda qalam
tasvirning o’rni qanday-? degan savollarga javob berib o’tamiz. 7 Rangtasvirning ilmiy
negizini rangshunoslik fani tashkil qiladi. Rangshunoslik bo’lg’usi
rassomlarga ranglarni
tabiatda
hosil
bo’lishi
va
tarqalishi
masalalarini
ularning
atrof-muhit
ta‘sirida o’zgarib ko’rinishini, bo’yoqlarini tayyorlash va ulardan foydalanish yo’llarini
o’rgatadi.
O’rta Osiyoda ranglar haqidagi talimot qadimdan kitob miniatyurasi, naqqoshlik,
devorlarga freska, pannolar ishlash bilan bog’liq holda rivojlanib kelgan. Chunki musavvirlik
xunari rang tanlash va ularni tayyorlay bilishni talab etadi. Shuning uchun har bir shogird,
avvalo, rang tayyorlash sirlarini va shu ishga bog’liq kimyoviy jarayonlarni o’rgangan bo’lishi
kerak. Ranglarni tabiatda qanday hosil bo’lishi va tarqalish hodisalari qadimdan olimlar va
rassomlarning diqqatini tortgan. Uyg’onish davri buyuk rassomlari va nazariyachilari Mon
Batista Alberti, Leonardo da Vinchi va boshqalar rangtasvir haqidagi asarlarida ranglarning
hususiyatlari haqida yozganlar. Rang inson hayotida muhim ro’l o’ynaydi. U turli
vaziyatlarda
odamga
har
xil
tasir
etadi.
Shuning uchun biz ayrim paytlarda ranglarni «quvonchli» va kayfiyatimizni
tushkunligini ifoda etishi mumkin bo’lgan «hira»-deb atashimiz bejiz emas. Inson qadimgi
paytlardanoq rangning ana shunday hususiyatlarini hisobga olib,o’z
faoliyatida unumli
foydalanib kelganligi malum.
Ayniqsa, shunday vosita sifatida rassomlar undan ustalik bilan foydalanganlar.
Asarlariga har xil ranglar bilan jilo berib,odamlar kayfiyatiga turlicha ta‖sir etib fikrlar
uyg’otadigan tasvirlar yaratishga erishganlar. Shuning uchun tasviriy sanatning juda ko’p
turlari janrlarida rang ham, uni ishlata bilish ham juda katta ahmiyatga egadir. Ammo u
qalamtasvirning muhim ekanligi bilan quvvatli ekanligi malum xaqiqatlardan eng asosiysi
desak to’g’ri bo’ladi. Shuning uchun qadimdan qalamtasvirda ishlashga rangtasvirning asosi
sifatida qarash shakllangan. Ammo rang hususiyatlarini yaxshi bilish har bir tasvir chizishni
o’rganuvchi uchun juda ahamiyatlidir. Maktab fizika kursidan malumki, ranglarning deyarli
hammasi spektrning asosiy uch rangini qo’shish orqali olinadi. Ular qizil,sariq,ko’k
ranglardir. Bular asosiy ranglar deb ataladi.
Asosiy ranglarni qo’shish orqali qo’shimcha ranglar olinadi. Masalan, qizil va ko’kni
qo’shish orqali binafsha, qizil va sariqni qo’shish orqali esa zarg’aldoq, sariq va ko’kni
qo’shish orqali esa yashil ranglarni hosil qilish mumkin. Ranglar tabiatan ikki xil hususiyati:
iliq va sovuq hususiyatlari bizga ma‖lum.
Iliq ranglar qatoriga qizil, sariq, zarg’aldoq va
ularga yashil ranglar, sovuq ranglar qatoriga yashil, zangori, binafsha va ularga yaqin
bo’lgan ranglar kiradi. Shuningdek bular barchsi axromatik ranglardir. Qolgan ranglarning
hammasi xromatik ranglardir. Axromatik ranglar bir biridan faqat och to’qligi bilan farq
qiladi. Masalan, oq , kulrang, qora, qoraroq, juda qora,va boshqalar. Xromatik ranglar esa
bir biridan rang tusi bilan farq qiladi, ya‘ni – qizil, sariq, ko’k , yashil. jigarrang va hokazo. 8
Ranglar yana och-to’qligi ya‘ni och qizil, to’q sariq. to’q qizil, och sariq va to’yinganligi ya‘ni
yorqin, hiraligi bilan farq qiladi. Rang doirasida qarama-qarshi joylashgan ranglar
«kontrast» ranglar deb ataladi. Kontrast ranglar bir biridan keskin farq qilib, biri ikkinchisini
yanada yorqin qilib ko’rsatadi. Masalan,yashil rang fonida qizil rang yorqin bo’lib ko’rinadi
va aksincha qizil rang fonida yashil rang ancha yorqinlashadi. Rang bilan ishlashda rang
garmoniyasini, ya‘ni ranglar uyg’unligini, bilish katta ahamiyatga ega. Narsa
va xodisalarni
tasvirlashda moybo’yoq , tempera, akvarel, guash kabi bo’yoqlar ishlatiladi. Narslarni
bo’yoq yordamida tasvirlash ancha murakkab jarayon bo’lib,kishidan ranglarning
hususiyatlarini va ularni samarali, uquvli tarzda ishlatish usullari texnikasini bilishni taqozo
etadi. Bo’yoqlar yordamida narsaning hajmi, fakturasi va fazoviy holatini tasvirlash
rangtasvirda ishlashning asosini tashkil etadi. Har bir narsani chizuvchi tasvirlar ekan u
ranglarga jiddiy etiborini qaratishi kerak. Ana shunda rangning tabiatdagi ko’rinishi farqli
ekanligini bilib olish mumkin. Chunki narsaning rangi bizdan uzoq yaqinligiga qarab o’zgarib
ko’rinadi. Buning sababi esa havo, atrof-muhitning predmet ko’rinishiga ta‘siridandir.
Qog’oz sathida ranglar munosabatlarini to’g’ri nisbatlarda topib
ishlatish rangtasvirning
xaqqoniy aks etishida muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan eng muhimi deb xisoblasak
o’rinlidir. Akvarel bo’yog’ida ishlash ham o’z navbatida jiddiy o’qib o’rganishni, qattiq
mashq qilishni talab etuvchi mashg’ulotdir. Ishning nazariy qismi amaliyot bilan bir paytda
puxta o’rganib borishni taqazo etadi. Arxromatik ranglardan boshqa barcha ranglar, ya‘ni
biror rang tusiga ega bo’lgan ranglar xromatik ranglarga kiradi. Quyosh spektorining barcha
ranglari hamda ularning bir birlari bilan aralashtiruvidan hosil bo’lgan hamma ranglar
jumlasidandir. Shuningdek, oq rang ham xromatik ranglar jumlasiga kiradi. Xromatik ranglar
axromatik ranglardan farqli o’laroq, faqatgina yorug’ik kuchlari bilan emas, balki nomlari,
tuslari jihatidan ham ajralib turadi. Masalan,sariq rang qizil ranglar ham yorug’lik kuchi
bilan ham rangining tusi bilan ham keskin farq qiladi. Har bir xromatik rang uchta xossaga
ega. Ular rang tusiga, rang yorugligiga (bunda kam yoki ko’p yorqinlik ko’zda tutiladi), rang
to’yinganligiga (bunda kam yoki ko’p yorqinlik kuzda tutiladi) ega bo’ladi. Xar bir xromatik
rang ana shu uchta hossaga ko’ra bir birdan farqlanadi. Yuqorida aytilganlardan ma’lum
bo’ladiki, xromatik ranglar bir biridan uchta asosiy xossasi-rang toni (rangning o’zi), rangni
och-to’qligi va to’yinganligi bilan farq qilar ekan.
Spektorni sinchiklab kuzatsak , uning eng chekkasidagi
qizil va binafsha ranglar
orasida o’xshashlik alomatlarini sezamiz. Ikkala rang bir biriga qo’shilsa, ulrning oralig’ida
qirmizi ranglar hosil bo’ladi. Bu xosil bo’lgan rangni qizil rang bilan binafsha rangning
o’rtasida joylashtirib, spektor tutashtirilsa,halqa kelib chiqadi. Buni rangshunoslikda ranglar
doirasi deb yuritiladi. Ranglar doirasidan qizil, qizg’ish zarg’aldoq, sariq, sarg’ish yashil,
yashil tab zangori 9 havorang, ko’kimtir havorang, ko’k, ko’kimtir binafsha, qirmizi
ranglarning har xil tuslari ko’rinadi.
Ranglar doirsida rang tuslari juda ko’p bo’lishi mumkin. Lekin ko’zlarimiz ularni 150
taga yaqinini ajratishga qodir. Ranglarning doira bo’ylab joylashish tartibi muayyan
saqlanadi . Rang doirasi ikki teng bo’lakka bo’linsa,
birinchi yarmida qizil, zarg’aldoq,
sarg’ish yashil (pistoqi) ranglar, ikkinchi yarmida esa yashil havorang, feruza, zangori, ko’k
binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yarmidagilar iliq ranglar, ikkinchi
yarmidagilar esa sovuq ranglardir. Bunday nomlanishiga sabab –qizil, sariq ranglar olovni,
qizigan temirni cho’g’ni eslatsa, havorang, zangori, yashil ko’klar esa muzning, suvning
rangini eslatadi. Bu farklanish nisbiy bo’lib, har qanday iliq ham o’ziga nisbatan iliqroq rang
yonida sovuq bo’lib ko’rinishi va aksincha, sovuq rang o’zidan sovuqroq rang yonida iliqroq
tuyilishi mumkin. Kimyo fani bo’yoqlarning topilishiga , moddalrni kimyoviy usulda qo’shib,
bo’yoqlarning retseplarini aniqlashga yordam beradi.Buyoqlar asosan ikki xil yo’l bilan
tayyorlanadi.
Bo’yoqlarning nomlari ko’pincha, qazilmadan qazib olingan joyning nomi bilan ajralib
kelinadi. Masalan,bo’yoqlardan neopolitan sarig’ini olsak, bu sarg’ish malla rang bo’yoq
Italiyaning Neapol shaxri atrofdagi tog’lardan vulqon bilan
otilib chiqqan moddadan
tayyorlanadi. Xalilovka oxrasi – oltin tusli buyoq bo’lib, Uralda Orenburg rayonida Xalilovka
qishlog’ida olinadi. Hind sarig’i – to’q sariq bo’yoq, Hindistonning Bengaliya shtatida
o’sadigan hurmo daraxti yaprog’idan tayyorlanadi. Yana ayrim yorqin qizil bo’yoqlarni
kichkina jonivorlardan – dub daraxtida yashovchi ko’ng’izcha (kattaligi 2-8mm), Shimoliy
Amerikada yashovchi qizil chuvalchangdan tayyorlanadi. Rang tusi ranglarning to’lqin
uzunligiga qarab belgilanadi. Rangning bu hossasiga ko’ra biz ko’z orqali qizil, sariq, zangori
va boshqa spektral ranglarni ko’ramiz hamda idrok qilamiz. Lekin rang tuslari ularga
qo’yiladigan rang nomlariga qaraganda ancha ko’pdir. Rang tusining to’lqinlar uzunligi
o’zgarmaydi.
Chunki
oq
rang
qo’shilganda,
faqatgina
rang
yorqinligi
o’zgaradi va qaytarish koeffisenti bilan ifodalanadi. Yorqinlikni aniq o’lcham uchun
fotometr degan asbobdan foydalaniladi. Rang tuslari sprektor ranglariga qanchalik
yaqinlashsa, ularning yorqinligi shunchalik yaxshi bo’ladi . Rang tasvir va rang
munosabatlari haqida quyida kengroq fikr bildirishga harakat qilamiz