autentifikatsiyalash
Mashg‘ulot vaqti-80 daqiqa
|
O‘quvchilar soni: 26
|
–31 gacha
|
Mashg‘ulot shakli va turi
|
Amaliy-yangi bilimlarni egallash bo’yicha O‘quv mashg‘uloti
|
O‘quv mashg‘ulotrejasi
| |
O‘quv mashg‘ulotining
biometrik identifikatsiyalash ko’nikmalarinishakllantirish
|
maqsadi: O‘quvchilarga va autentifikatsiyalash
|
Foydalanuvchilarni bo’yicha bilim va
|
Mashg‘ulotdan kutilayotgan natijalar:
|
Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash bo’yicha O‘quvchilarbilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar
|
Pedagogik vazifalar:
|
O‘quv faoliyati natijalari:
Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalashni tushunirib bera oladilar;
Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimini yoritib bera oladilar;
Yuzning tuzilishi va ovoz bo’yicha autentifikatsiyalovchi tizimlarini yoritib bera oladilar.
|
- Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash to‘g‘risida
tushuncha beradi;
|
- Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimi bo’yicha tushuncha beradi;
|
- Yuzning tuzilishi va ovoz
|
bo’yicha autentifikatsiyalovchi
|
tizimlari to’g’risida ko‘rsatmalar
|
beradi.
|
O‘qitish metodlari
|
Axborotli kichik ma’ruza, tushuntirish, namoyish etish, aqliy hujum
|
O‘qitish vositalari
|
O‘MT,ma’ruzalar matni, kompyuter, videoproektor, slayd
|
O‘quv faoliyatini tashkil
etishshakllari
|
guruhli, juftlikda
|
O‘qitish sharoiti
|
Maxsus jixozlangan o‘quv xona(kompyuter o‘quv xonasi)
|
Qaytar aloqaning yo‘l va vositalarining yo‘l va vositalari
|
Tezkor so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar,
|
O‘quv mashg`ulotining texnologik xaritasi
Ta’lim shakli Ish
bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchining
|
O‘quvchi- ning
|
Mashg‘ulo- tiga kirish(5 daqiqa)
|
Tashkiliy qism:
O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshirish
|
Mashg‘ulotga tayyorlanadi
|
2. Asosiy bosqich
(65
daqiqa)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo’yicha o‘quvchilarga tezkor savol-javob metodidan foydalangan holda o‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi va o‘quvchilar diqqati jamlab olinadi (1-ilova) Maqsad va vazifalarni belgilanishi 2.Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish natijalari bilan tanishtiriladi; 3.Mashg‘ulot guruhli birgalikda o‘rganish shaklida o‘tkazilishini va baholash mezonlarini ma’lum qiladi (2-ilova);
Yangi mavzu bo’yicha FSMU texnologiyasi bo’yicha guruhlarga topshiriq beradi (3-ilova) Ta’lim oluvchining bilimlarini faollashtirish
Tezkor so‘rov, savol-javob, aqliy hujum texnikalari orqali bilimlarni faollashtiradi;
Yangi o‘quv metodlari bayoni:
Amaliy mashg‘ulotlarning rejasi va tuzilishiga muofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi.
Mavzu bo’yicha PowerPoint tartibida namoish vasharxlar bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariyholatlarni bayon qiladi
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash 8.Mustahkamlash uchun savollar beriladi.
|
Savollarga javob beradilar
|
Yoziboladilar
|
Guruhlarga bo‘linadilar.
Javob beradilar
|
Diqqat qiladilar Guruhlarda ishlaydilar
|
Fikr almashadilar
|
3.
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
.
|
Mashg‘ulot yakuni:
O‘tilgan mavzu umumlashtiriladi, faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydivarag‘batlantiradi;
Uyga vazifa berilishi:
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiriladi;
|
O‘z- O‘zini O‘zaro baholashni O‘tkazadilar.
Topshiriqni yozadilar
|
O‘tilgan mavzularni takrorlash:
O‘tgan dars yuzasidan tezkor savol-javob metodidan foydalanib savol-javob O‘tkaziladi.
Autentifikatsiyalash
Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikatsiyalash
Foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash
ilova
Baholash mezoni
Guruhda ishlashni baholash jadvali
ilova
Guruh
|
Javobning aniqligi va toliqligi (2-
5 ball)
|
Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2-5 ball)
|
Guruhnin g har bir a’zosi faolligi (2- 5ball)
|
Umumiyball miqdori (2+3+4)
|
Baho(5/4)
|
1
|
2
|
3
|
|
5
|
6
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
Har bir guruh mezonlar bo’yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishinibaholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab boradi:
5 ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball – «qoniqarsiz».
Dars yakuni O‘qituvchi O‘tgan yangi mavzu bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi O‘quvchilar javobini muhokama qilib, O‘quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.
Darsga faol ishtirok etgan O‘quvchilarni O‘qituvchi baholaydi
O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari
|
86-100
%
|
5 baho “a`lo”
|
71 -
85%
|
4 baho “yaxshi”
|
55 –
70%
|
3 baho «qoniqarli»
|
ilova
«FSMU» metodi
Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni oʻzlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashgʻulotlarida, mustahkamlashda, oʻtilgan mavzuni soʻrashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashgʻulot natijalarini tahlil etishda foydalanishtavsiya etiladi.
«FSMU» metodidan dars jarayonida foydalanishning afzalliklari
O‘quvchilarni fikrlash qobilyatuini shakllantiradi;
Dunyoqarashini kengaytiradi va o‘z fikrini sodiq qolish va ximoyalash ko’nikmasini shakllantiradi;
Keltirilgan mulohaza va misollarni umumlashtirish va yakuniyxulosalar berish qobilyatini shakllantiradi.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
qatnashchilarga mavzuga oid boʻlgan yakuniy xulosa yoki gʻoya taklif etiladi;
har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qogʻozlarni tarqatiladi:
-ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
Yuqoridagi texnalogiyada o‘quvchilar tomonidan yangi mavzu yuzasidan keltirilgan fikrlar, misollar, isbotlar va umumlashtiruvchi fikrlarni o‘qituvchi tomonidan kamchiliklari bartaraf etiladi, xatolari to’g’rilanadi, real va xayotiy misollar orqali isbotlanib, mavzuni umumlashtirilib beriladi.
Yangi mavzu bayoni
№-23-MAVZU: FOYDALANUVCHILARNI BIOMETRIK IDENTIFIKATSIYALASHVAAUTENTIFIKATSIYALASH
Reja:
Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash
Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimi
Yuzning tuzilishi va ovoz bo’yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar
1 Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakteristikalarini, xulqining xususiyatlarini o‘lchash orqali foydalanuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda.
Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
-biometrik alomatlarning noyobligi tufayli autentifikatsiyalashning ishonchlilik darajasi yuqori;
- biometrik alomatlarning sog‘lom shaxsdan ajratib bo‘lmasligi; - biometrikalomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrikalgoritmlar quyida gilar: barmoq izlari;
qo‘l panjasining geometrik shakli;
yuzning shakli va o‘lchamlari; ovoz xususiyatlari; ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi.
Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autenfikatsiyalash tizimi quyidagiikkitaparametr orqali xarakterlanadi:
xatolik inkorlar koeffitsiyenti FRR (false-reject rate); xatolik tasdiqlar koeffitsiyenti FAR (false-alarm rate).
Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda paydo bo’ladi (odatda FRR qiymati taxminan 100 dan birni tashkil etadi). Xatolik tasdiq tizim noqonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaganida paydo bo’ladi(odatda FAP qiymati taxminan 10000 dan birni tashkil etadi).
Bu ikkala koeffitsiyent bir biri bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsiyentining har biriga ma’lum xatolik tasdiq koeffitsiyenti mos keladi. Mukammal biometrik tizimda ikkala xatolikning ikkala parametri nulga teng bo‘lishi shart. Afsuski, biometrik tizim ideal emas, shu sababli nimanidur qurbon qilishga to’g’ri keladi. Odatda tizimli parametrlar shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar koeffitsiyentini aniqlovchi xatolik tasdiqlarning istalgan koeffitsiyentiga erishiladi.
2}Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimi
Biometrik tizimlarning aksariyati identifikatsiyalash parametri sifatida barmoq izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaning daktiloskopik
tizimi).
Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab barmoq izlari bo’yicha katta ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi.
Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval foydalanuvchi ro‘yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turlixolatlarida skanerlashning bir necha varianti amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir– biridan biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan namuna,
«pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi.
Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo, daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendensiya barmoq izlariga asoslangan autentifikatsiyalashni qo‘llashning yangi sohalarini ochadi.
Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli, xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi vositalardan foydalanadilar.
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarining sig‘im qarshiligini o‘lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining daktiloskopik qurilmasi yarimo‘tkazgichli datchik yordamida sig‘im qarshiligini aniqlash orqali axborotni yig‘adi. Sensor ishlashining prinsipiquyidagicha: ushbu asbobga quyilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini o‘taydi (2- rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig‘im datchiklari barmoq sirti do‘ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o‘zgarishini o‘lchaydi. Natijada do‘ngliklar va pastliklargacha bo‘lgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri olinadi.
Sensor ishlashining prinsipi
Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTec kompaniyasida ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi. Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta– kalitlar bilan kombinatsiyalaydilar.
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o‘lchamlari va yuqori bo‘lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga aylantiradi. Ularni kalitlar uchun breloklarga o‘rnatish mumkin. Natijada foydalanuvchi kompyuterdan boshlab to kirish yo‘li, avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan himoyalifoydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga ega bo’ladi.
Qo‘l panjasining geometrik shakli bo’yicha autentifikatsiyalash tizimlari. Qo‘l panjasi shaklini o‘quvchi qurilmalar barmoqlar uzunligini, qo‘l panja qalinligi va yuzasini o‘lchash orqali qo‘l panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. Masalan, Recognition Systems kompaniyasining mahsulotlari
90 dan ortiq o‘lchamlarni amalga oshiradi. Natijada keyingi taqqoslash uchun 9-xonali namuna shakllantiriladi. Bu natija qo‘l panjasini individual skanerida yoki markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida saqlanishi mumkin. Qo‘l panjasini skanerlovchi qurilmalar narxining yuqoriligi va o‘lchamlarining kattaligi sababli tarmoq muhitida kamdan-kam ishlatilsada, ular qat’iy xavfsizlikrejimiga va shiddatli trafikka ega bo‘lgan hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga kiradi) uchun qulay hisoblanadi. Ularning aniqligi yuqori va inkor koeffitsiyenti ya’ni inkor etilgan qonuniy foydalanuvchilar foizi kichik.
3Yuzning tuzilishi va ovoz bo’yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar.
Bu tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat zamonaviy kompyuterlar video va audeo vositalariga ega. Bu sinf tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida masofadagi foydalanuvchi sub’ektni identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi boshqa biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo‘lgan ilovalar uchun to’g’ri keladi. Bu holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko‘z, burun va lab xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchini identifikatsiyalashda hususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tashkilotlarning hodimlari yuz tuzilishini skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ularning fikricha kamera ularni rasmga oladi, so‘ngra suratni monitor ekraniga chiqaradi. Kameraning sifati esa past bo‘lishi mumkin. Undan tashqari yuz tuzilishini skanerlash – biometrik autentifikatsiyalash usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talabqilmaydigan (yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul hisoblanali.
Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada takomillashtirilishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar quyosh yorug‘ligi jadalligining kun bo’yicha tebranishi natijasidagi yorug‘lik o‘zgarishiga ta’sirchan bo’ladilar. Yuz holatining o‘zgarishi ham aniqlash natijasiga ta’sir etadi. Yuz holatining 450 ga o‘zgarishi aniqlashni samarasiz bo‘lishiga olib keladi.
Ovoz bo’yicha autentifikatsiyalash tizimlari
Bu tizimlar arzonligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Hususan ularni ko‘pgina shaxsiy kompyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) bilan birga o‘rnatish mumkin. Ovoz bo’yicha autentifikatsiyalash tizimlari har bir odamga noyob bo‘lgan balandligi, modulyatsiyasi va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi texnologiya abonent so‘zini izoxlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi so‘zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So‘zlovchi shaxsini tasdiqlash ba’zi chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o‘xshash ovozlar bilan gapirishi mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-tumanligi va telefon orqali bog‘lanishlarining sifati so‘zlovchi shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli ovoz bo’yicha aniqlashni yuz tuzilishini yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa biometriklar bilan birgalikda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo’yicha autentifikatsiyalash tizimi Bu tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin:
ko‘z yoyi rasmidan foydalanish;
ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish.
Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya uchun noyob ob’ekt hisoblanadi. Ko‘z tubi qon tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham farqlanadi.Identifikatsiyalashningbu vositalaridan xavfsizlikning yuqori darajasi talab etilganida (masalan harbiy va mudofaa ob’ektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi.
Biometrik yondashish “kim bu kim” ekanligini aniqlash jarayonini soddalashtirishga imkon beradi. Daktiloskopik skanerlar va ovozni aniqlovchi qurilmalardan foydalanish xodimlarni tarmoqqa kirishlarida murakkab parollarni eslab qolishdan xalos etadi. Qator kompaniyalar korxona masshtabidagi bir martali autentifikatsiya SSO (Single Sign-On) ga biometrik imkoniyatlarni integratsiyalaydilar. Bunday biriktirish tarmoq ma’murlariga parollarni bir martali autentifikatsiyalash xizmatini biometrik texnologiyalar bilanalmashtirishga imkon beradi. Shaxsni biometrik autentifikatsiyalashning birinchilar qatorida keng tarqalgan sohalaridan biri mobil tizimlari bo‘ldi. Muammo faqat kompyuter o‘g‘irlanishidagi yo‘qotishlarda emas, balki axborot tizimining buzilishi katta zararga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, noutbuklar dasturiy bog‘lanish (mobil kompyuterlarda saqlanuvchi parollar yordamida) orqali korporativ tarmoqdan foydalanishni tez-tez amalga oshiradi. Bu muammolarni kichik, arzon va katta energiya talab etmaydigan barmoq izlaridatchiklari yechishga imkon beradi. Bu qurilmalar mos dasturiy ta’minot yordamida axborotdan foydalanishning mobil kompyuterda saqlanayotganto‘rtta satxi - ro‘yxatga olish, ekranni saqlash rejimidan chiqish, yuklash va fayllarni deshifratsiyalash uchun autentifikatsiyani bajarishga imkon beradi.
Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalitdan
foydalanishni modul ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bu modul axborotdan faqat xaqiqiy xususiy kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. So‘ngra kalit egasi o‘zining maxfiy kalitini ishlatib xususiy tarmoqlar yoki Internet orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar
Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash vaautentifikatsiyalash
Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimi
Yuzning tuzilishi va ovoz bo’yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar Uyga vazifa
Ovoz bo’yicha autentifikatsiyalash tizimlari
Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo’yichaautentifikatsiyalash tizimi
|