|
International school of finance technology and science
|
bet | 1/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 7,03 Mb. | | #241986 |
Bog'liq 3-mavzu - INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE
- Mavzu. Chiqindilar muammosi. Chiqindilarni qayta ishlash tehnologiyasi.
Reja: - Chiqindi turlari.
- Chiqindilarni yig'ib olish va olib chiqib tashlash.
- Chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish.
- Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilaridan muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari, ayni chog‘da, dolzarb hisoblanadi. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi obyektlari chiqindilarni hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi.
- Axlat va chiqindilar faqtgina turli infeksion va gijja kasalliklarini keltirib chiqarib qolmay, ular odamlarda hazm qilish, ko'ngil aynish holatini chiqaradi.
- Hamma chiqindilar 3 ta guruhga bo'linadi, suyuq, qattiq va gazsimon chiqindilar.
Suyuq chiqindilar. - xojatxonadan chiqadigan najas, siydik.
- Cho'milishda, xona pollari va kirni yuvganda hosil bo'ladigan chiqindi suvlar. Xo'jalik, sanoat korxonalari, inshootlar chiqindi suvlari.
- Qattiq, suyuq va gazsimon chiqindi moddalar atmosferaning tabiiy tarkibini o’zgartirib yuborishi - havoning ifloslanishi deyiladi. Eng ko’p tarqalgan va xavfli chiqindilar 8 ta toifaga birlashtirilgan:
- 1. Muallaq moddalar. Ular boshqa ifloslovchilarni o’zida eritib yoki o’z yuzasida adsorbtsiyalab tashiydi.
- 2. Uglevodorodlar va boshqa uchuvchan organik birikmalar;
- 3. Is gazi (CO);
- 4. Azot oksidlari ;
- 5. Oltingugurt oksidlari, asosan oltingugurt (IV) oksidi (SO2);
- 6. Qo’rg‘oshin va boshqa og‘ir metallar;
- 7. Ozon va boshqa fotokimyoviy oksidlovchilar;
- 8. Kislotalar, asosan oltingugun va azot kislotalari.
- О‘zbekistonda har yili 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindilari hosil bо‘ladi, ularning 14 % i toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi. Bundan tashqari, Respublikamiz hududida va unga yaqin hududlarda radioaktiv rudalarni qazib olish о‘tgan asrning 40-yillarida kuchaygan. Shu davr mobaynida 150 ga yaqin radioaktiv ifloslanish maydonlari paydo bо‘ldi. О‘zbekistonning Andijon viloyatidan 30 kilometr uzoq masofada joylashgan Qirg‘iziston Respublikasining Maylu-Su daryosi qirg‘oqlari bо‘ylab joylashgan umumiy hajmi 2,5 million m3 bо‘lgan radioaktiv chiqindilar kо‘milgan 23 ta ombor va 13 ta balanslangan rudalar tо‘plamlari mintaqaviy ekologik falokat yuzaga kelishida katta xavfga ega. Sel kelishi va yer kо‘chishi hollari yuz berganda radioaktiv chiqindilar Mayluu-Suu daryosi Qoradaryo va Sirdaryo suvlariga tushishi mumkin, bu esa 1,5 million kishi yashaydigan 300 km2 maydondagi О‘zbekiston hududini radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishiga olib keladi. Radioaktiv chiqindilar tarkibini radionuklidlar va sinov maydonlaridagi yadro portlashlar tashkil etadi. Radionuklidlar о‘zidan radioaktiv nur chiqaradigan elementlarning izotoplari hisoblanadi.
| | - Chiqindixona-ga
- Chiqarish
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | - Dunyo mamlakatlari bо‘yicha maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishning nisbiy kо‘rsatkichi, %
- Chiqindilar hosil bо‘ladigan korxonalar ustidan davlat nazoratini “Chiqindilar tо‘g‘risida” gi (2002 yil) Qonunga muvofiq, О‘zbekiston Chiqindilarni qayta ishlas Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi amalga oshiradi. Chiqindilarni qayta ishlashning 3 ta yо‘li: tabiiy resurslardan kam foydalanish, qayta foydalanish va qayta ishlab chiqarish yо‘llari Hozir dunyoda 10 mln. Chiqindi xonalar gektarni tashkil qilsa, 2 000 yilga borib 5-6 barobar oshadi. Masalan, 1 t. temir olish uchun 5-6 t. ruda, 1 t. qo’rgoshin olish uchun 60-90 t, 1 t. rux olish uchun 80-100 t. 1 tn. mis olish uchun 100-140 t, 1 t. mis olish uchun esa 60 000-80000 t. ruda ishlatiladi. Hozir yer yuzasida millionlab tonna metallurgiya shakllari, issiklik elektr stansiyalaridan chiqqan ko’plab tog’ uyumlarini tashkil qilgan. Hisoblarga ko’ra so’nggi 100 yil ichida dunyoda 20 mlrd.t.dan ortiq shpak, 3mlrd.t. kul, 17 mln. t. mishyak, 1 mln. t. nikel, 1 mln. t. kobot va boshqa foydali elementlar chikarib tashlangan.
-
- MUHOFAZA QILISHNING UCHTA YО‘LI
- Angliya chiqindilarni qayta ishlash masalasiga aql bilan yondashgan ilk mamlakat hisoblanadi. 19 asrning oxirida chiqindilarni yoqish uchun zavod qurilgan. Yevropa mamlakatlarida chiqindilar saralanib, keyin qayta ishlashga yuboriladi.
- Shvetsiya –chiqindilarni muvaffaqiyatli qayta ishlaydigan mamlakatlar ro‘yxatida yetakchilik qiladi (umumiy miqdordan 52foiz). Undan keyingi o‘rinda esa – Germaniya: u yerda qayta ishlash 48 foizni tashkil qiladi. Rossiyada bu ko‘rsatkich u qadar yuqori emas: umumiy miqdordan bor-yo‘g‘i 25 foizi qayta ishlanadi. Garbologiya – chiqindini qayta ishlash usullarini o‘rganadigan fan. Bundan tashqari, u maishiy chiqindilarni tadqiq etish usuli orqali jamiyatning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi.
- Har soniyada sayyorada tabiatga zarar keltirmaydigan uch kilogramdan ortiq “tabiiy” chiqindi yuzaga keladi. Unga tuxum po‘chog‘i, mevalar po‘stlog‘i va boshqalar kiradi. Ovqat qoldiqlari aholi vakili chiqindi savatining 29 foizga yaqinini tashkil qiladi. Qolgan 13 foizi - shisha, 11 foizi – plastmassa, 4 foizi – metal chiqindilar bilan band. 18 foizi esa – boshqa turdagi chiqindilarga kiradi.
- 4. Kerak bo‘lmagan kompyuterlarni yo‘qotish garbologiyaning jiddiy muammolaridan sanaladi. Chunki eski texnika tarkibida zaharli moddalar bo‘lib, ular uchun yopiq holdagi chiqindixonalar zarur. Bunday joylar doimiy ravishda nazorat qilinadi. Chunki vandallar zaharli, biroq juda qimmatbaho ehtiyot qismlarni o‘g‘irlab ketishlari mumkin.
- 5. 360 kun mobaynida metalni qayta ishlash 150 milliondan ortiq xonadonni yorug‘lik va issiqlik bilan ta'minlaydigan resurslarni saqlashda yordam beradi. Bor-yo‘g‘i bir dona shisha butilkani qayta ishlash quvvati yuz Vt lampochkaning to‘rt soat davomida yonishi uchun energiya ishlab chiqarishga tenglashtiriladi. Fresh Kills – Amerikadagi chiqindi olib kelinadigan eng katta poligon bo‘lib, maydoni 1700 ta odatiy futbol maydoniga teng. Poligonga har kuni 13 ming tonnadan ortiq chiqindi olib kelinadi.
-
- 6. Buyuk Britaniyada joylashgan Edmontonda chiqindilarni yoqish har yili 100 ming tonna ko‘mirni iqtisod qilishini hisoblashgan.
- 7.Ba'zida chiqindi konteynerlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengizga uloqtiriladi. Biroq bu dengiz suvlari himoyasini ta'minlamaydi. Chunki konteynerlar tayyorlangan moddalar yemiriladi. Metaldan tayyorlangan qutilar – 10 yil davomida, beton qutilar esa 30 yilda yemiriladi.
- 8.Polietilen paketlarni tashlash qushlar uchun katta zarar keltiradi: har yili 100 mingdan ortiq qush nobud bo‘ladi. Ular polietilenni yeb qo‘yadi yoki paketga tiqilishi natijasida bo‘g‘ilib o‘ladi.
- 9. Har yili chiqindixonalarga yetti million tonnadan ortiq kiyim-kechaklar tashlanadi. Ulardan bor-yo‘g‘i 12 foizigina qayta ishlanadi.
- 10. O‘tgan asrning 90-yillarida Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida friganlar harakati vujudga keldi. Bu odamlar nazoratsiz iste'mol qilish tizimini inkor etdi. Shuning uchun yegulik va moddiy boyliklarni chiqindixonalardan topishni ma'qul ko‘radi. Topilgan foydali buyumlarni nafaqat o‘zlariga olib qolishadi, balki qayta almashadilar.
- 11. Qog‘ozdan tayyorlangan salfetka dengiz suvida 3 oyda,
- Gugurt cho‘plari – 6 oyda to‘liq eriydi.
- Tamaki qoldig‘i esa 5 yilgacha suzib yuradi.
- Polietilen paket suvni 10-12 yil davomida ifloslantiradi,
- Neylon buyumlar 35 yildan keyin yo‘q bo‘ladi,
- Temir banka butunlay yo‘q bo‘lishi uchun 500 yil kerak.
- Shisha butilka to‘liq erishi uchun 1000 yil zarur bo‘ladi.
- Plastik ifloslanish — atrof-muhitda yovvoyi tabiatga, yovvoyi hayvonlar va odamlarning yashash joylariga salbiy taʼsir koʻrsatadigan plastik mahsulotlarning toʻplanish jarayoni . Atrof-muhitga katta miqdorda plastik chiqindilar tashlanmoqda. Tadqiqotlar koʻrsatishicha, 90 foiz dengiz qushlari tanasida maʼlum miqdorda plastik jismlar borligi aniqlangan.
- Plastik ifloslanishning koʻplab tur va shakllari mavjud. Plastmassaning ifloslanishi Yer yuzasiga, suv yoʻllari va okeanlarga yomon salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ayni paytda plastik ifloslanishni kamaytirish boʻyicha turli mintaqalarda choralar koʻrilmoqda va bu bir martalik plastik buyumlar isteʼmolini kamaytirish, ularni qayta ishlashni ragʻbatlantirish borasidagi saʼy-harakatlardan iborat.
- Plastik ifloslanishning tarqalishi plastmassa arzonligi va chidamliligi, shuningdek, hozirgi vaqtda baʼzi hududlarda ushbu material oʻrnini bosadigan muqobil yoʻqligi sabab odamlar undan haddan ziyod foydalanayotgani bilan bogʻliq. 2018-yilda dunyo boʻylab har yili taxminan 380 million tonna plastmassa ishlab chiqarilmoqda. Umuman, 1950-yildan 2018-yilgacha taxminan 6,3 milliard tonna plastmassa ishlab chiqarilgan va shuning deyarli 9 foizi qayta ishlangan, 12 foizi esa yondirilgan. Coca-Cola, PepsiCo va Nestle brendlari – Yer yuzining plastik ifloslanishi boʻyicha yetakchilari.
- Mikroplastik zarralar plastik qoplar va shisha parchalanishi oqibatida, asosan, yuvish paytida, sintetik kiyim tolalari yuvilib, atrofga tarqalib ketganda yoki kanalizatsiyaga tushganda paydo boʻladi; keyin mikroplastik chiqindilar qishloq xoʻjaligi dalalariga uchib keladi, yuvilib dengizlarga tushadi va hk. Mikrozarralar bir hafta davomida havoda uchib yurishi mumkin va shuning uchun uzoq masofalarga uchib, hatto qitʼalar va okeanlardan oshib oʻtadi.
- Tadqiqotlar koʻrsatishicha, havodagi mikroplastik chiqindi zarralar shaharlararo avtomobil yoʻllari va avtomobil yoʻllaridan koʻtarilmoqda — bu shinalarning tabiiy yeyilishi oqibatidir. Yana 11 foiz bunday chiqindilar okean yuzasidan koʻtarilyapti. Shunday qilib, Amerika Qoʻshma Shtatlarining gʻarbiy qismida 1100 tonna mikroplastik chiqindi doimiy tarzda havoda uchib yuribdi va hatto sivilizatsiyadan uzoqda joylashgan hududlarni ham bemalol zaharlamoqda.
- Plastik ifloslanish baʼzan plastik yomgʻir — kislotali yomgʻirning yangi turini keltirib chiqarmoqda (bunday zaharli yogʻingarchilik nafaqat AQShda, qolaversa, boshqa mamlakatlarda ham kuzatilmoqda).
- AQShning atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi maʼlumotiga koʻra, 2011-yilda plastmassa qattiq maishiy chiqindilarning 12 foizdan koʻprogʻidan iborat boʻlgan (1960-yillarda plastmassa qattiq maishiy chiqindilarning 1 foizdan kamrogʻini tashkil etgan, xolos).
- Plastik ifloslanish dunyodagi katta chiqindilarni boshqarish muammosining bir qismidir. Tahliliy hisobotlarga koʻra, har yili dunyo boʻyicha 2 milliard tonna qattiq maishiy chiqindi atrof-muhitga tashlanadi. Jami chiqindilarning deyarli yarmi, yaʼni 44 foizini organik va oziq-ovqat chiqindilari, 17 foizini qogʻoz va karton, 12 foizga yaqinini esa plastik chiqindilar tashkil etadi. Shotlandiyaning Zero Waste Scotland ekologiya tashkiloti hisob-kitoblariga asosan, oziq-ovqat chiqindilaridagi uglerod hissasi plastikdan yuqori boʻlishi mumkin.
- Butunjahon yovvoyi tabiat jamgʻarmasi (WWF) maʼlumotiga koʻra, har yili okeanlarga 5 — 12 million tonna plastik tushadi. 2012-yilda ularda taxminan 165 million tonna plastik qoldiq boʻlgan. 2014-yilgi hisob-kitoblarga koʻra, okean yuzasida 268 940 tonna plastmassa mavjud boʻlib, plastik qoldiqlarning umumiy miqdori 5,25 trillion donani tashkil qiladi.
- Jorjiya universiteti olimasi Jenna Jembek (Jenna Jambeck) 2015-yilda oʻtkazgan tadqiqotdan ma’lum boʻlishicha, plastik chiqindilar ularni (asosan, Osiyo mamlakatlarida) notoʻgʻri chiqitga chiqarish oqibatida daryolar orqali yiliga oʻrtacha 9 million tonnasi okeanlarga borib tushadi.
- Jembek bildirishicha, 2010-yilda plastik chiqindilarning yarmi faqat beshta Osiyo mamlakati: Xitoy, Indoneziya, Filippin, Vyetnam va Shri-Lankadan okeanga tushgan. 2017-yili doktor Jennifer Lavers Henderson kimsasiz orollarining atrofi plastik chiqindilar bilan toʻla ekanini aniqlagan, ifloslanish koʻrsatkichi 1 kvadrat metrga 671 dona chiqindidan iborat boʻlgan.
- Plastik chiqindilarning 90 foizi atigi 10 ta daryo orqali dunyo okeaniga kelib tushadi. Bular Osiyoda Yanszi, Hind, Xuanxe, Amur, Mekong, Gang, Chjujiang va Xayxe, Afrikada esa Niger va Nil daryolaridir.
1.Biotermik usul-ya'ni axlatni kompost qilish, issiqxonalarda foydalanish va mukammallashtirilgan axlatlarda zararsiz holatga keltirish. 2. Axlatlarni kuydiradigan, sortlaydigan zavodlarida zararsizlantirish. - Axlatlarni kompostlash. Bu murakkab aerobli biologik organik moddalar tez chiriydi va o'simliklar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladigan holga keladi. Jarayon gumus degan moddalarni hosil bo'lishi bilan beradi. Kompostlash natijasida axlatlardan /gumus/ bir xil rangli, go'nga o'xshash modda paydo bo'ladi.
- Tabiiy holatda kompost jarayoni bir yilda davom etishi mumkin. Kompostlashda axlat o'z o'zidan qizishib harorati ko'tarilib, qattiq axlatlar yaxshi zararsizlantiriladi. Bu jarayon vaqtida axlat harorati 60-750S ga ko'tarilib kasal chiqaruvchi mikroorganizmlar: gijja tuxumlari va hasharotlar, mayda tuxumdan chiqqan qurtlari ham kiradi, demak odamlar sog'ligi uchun xavfli bo'lgan ahvol o'z-o'zidan yo'qoladi.
Chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish. - Chiqindi axlatlarni issiqxonalarda zararsizlantirish. Shahar chiqindi axlatlarini bemalol issiqxonalarda zararsiz holatga keltirilishi mumkin. Axlatlar tosh, temir, latta, oyna siniqlaridan holi qilingach, issiqxonalarning tuprog'i ostida fevral. Mart oylarida solinadi. Axlatdagi bioximik jarayonlar ekzotermik /energiya ajralib chiqadi/ holda o'tgani uchun yuqori harorat issiqxonani isitadi, bu issiqlikdan foydlanib issiqxonaga har xil erta pishar ekinlar ekish mumkin. Axlatlardan hosil bo'lgan chiqindi o'simlik uchun yaxshi ozuqa o'rnini bosadi.
- Takomillashgan axlatxonalar. Xammaga ma'lumki yig'ilgan axlatlar hamma vaqt ham qishloq xo'jaligiga ishlatilavermaydi. Shuning uchun ham ortiqcha axlatlarni zararsiz holatga keltirish maqsadida takomillashtirilgan shahar chetida axlatxonalar, kamida 1 km masofada uyushtiriladi. Keltirilgan axlatlar usti 50 sm qalinlikda tuproq yopiladi. Keyinchalik bu axlatxonalar daraxtzorlarga aylanadi.
Ko'pgina chet mamalakatlarda shahar va qishloqlarni orasta bo'lganligining asosiy sababi u mamlakatlarda bu borada mukammal qonunlarning mavjudligi va ularni hayotga izchil tadbiq etilayotganligidir. Masalan, Singapurda sigareta qoldig'ini maxsus ko'rsatilgan joyga tashlanmasa, 500 dollar jarima to'lanadi. Agar axlatni to'g'ri kelgan joyga to'kkanda 1000 dollar jarima solinadi. Shvesariyada tabiatni buzish borasida biror nojo'ya ish qilinsa, uni ko'rgan kishi tezlik bilan tabiatni muhofaza qilish tashkilotiga xabar qiladi. O't o'chiruvchilar qanday ishlasa, ular ham shunday tezkorlik bilan ish tutadilar. Aybdorlar aniqlanib, katta jarima solinadi. Shu usullar orqali shahar mahallalari, ko'chalarini ekologik jihatdan toza, orasta saqlashga erishiladi. Bizda ham shunday tartib o'rnatilsa, atrof-muhit toza va pok saqlangan bo'lar edi. - Ko'pgina chet mamalakatlarda shahar va qishloqlarni orasta bo'lganligining asosiy sababi u mamlakatlarda bu borada mukammal qonunlarning mavjudligi va ularni hayotga izchil tadbiq etilayotganligidir. Masalan, Singapurda sigareta qoldig'ini maxsus ko'rsatilgan joyga tashlanmasa, 500 dollar jarima to'lanadi. Agar axlatni to'g'ri kelgan joyga to'kkanda 1000 dollar jarima solinadi. Shvesariyada tabiatni buzish borasida biror nojo'ya ish qilinsa, uni ko'rgan kishi tezlik bilan tabiatni muhofaza qilish tashkilotiga xabar qiladi. O't o'chiruvchilar qanday ishlasa, ular ham shunday tezkorlik bilan ish tutadilar. Aybdorlar aniqlanib, katta jarima solinadi. Shu usullar orqali shahar mahallalari, ko'chalarini ekologik jihatdan toza, orasta saqlashga erishiladi. Bizda ham shunday tartib o'rnatilsa, atrof-muhit toza va pok saqlangan bo'lar edi.
“Chiqindisiz texnologiya”-bu mahsulotning shunday ishlab chiqarish usuliki, unda xom-ashyo –ishlab chiqarish-iste’mol qilish-ikkilamchi xom-ashyo resurslari siklida energiya va xom-ashyolardan unumli qo’llaniladi. - “Chiqindisiz texnologiya ” atamasi birinchi marotaba akad. N.Semyonov va I.Petryanovlar tomonidan fanga kiritilgan.
|
| |