AQSH VA XITOY SAVDO URUSHI OQIBATLARI




Download 60,31 Kb.
bet4/5
Sana19.02.2024
Hajmi60,31 Kb.
#158591
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchl-fayllar.org

3. AQSH VA XITOY SAVDO URUSHI OQIBATLARI
Dunyoning ikki eng katta iqtisodiyotga ega davlati – AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushlari tobora halokatli tus olib, yechimi mushkul muammoga aylanmoqda. O‘tgan yilning dekabr oyida ikki davlat o‘rtasida imzolangan birinchi bosqich savdo bitimi umidlarning uchqunlashiga sabab bo‘lgandi. Biroq...
Bitimga ko‘ra, Xitoy ba'zi tovarlarni AQShdan import qilishni ko‘paytirishi, AQSh esa Xitoyning ayrim mahsulotlariga tariflarni pasaytirish bo‘yicha bir qator majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi lozim edi. Ushbu kelishuv shartlari amalga oshsa, ikkinchi bosqichga o‘tilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo nizolarini asta-sekin hal qilish ko‘zda tutilgandi. Ammo atigi bir necha oy ichida hatto birinchi bosqichni amalga oshirishning o‘zi qiyin, hatto deyarli imkonsiz ekani ko‘rinib qoldi.
Birinchi bosqich kelishuviga ko‘ra, Xitoy ikki yil ichida AQShdan import qilishni 200 milliard dollarga oshirish majburiyatini olgandi. Ushbu xaridlarning 50 milliard dollarini neft va tabiiy gaz, 32 milliard dollarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, 80 milliard dollarga yaqinini esa mashina va jihozlar tashkil qilishi kerak edi. Biroq tomonlarning bu niyatlarini Covid-19 pandemiyasi chippakka chiqardi. Virus dastavval Xitoy, keyin esa butun dunyo iqtisodiyotini falaj holga solib qo‘ydi. Talab va taklif muvozanati buzildi. Bu esa o‘z navbatida AQShning ishlab chiqarishini, Xitoyning esa xarid quvvatini keskin cheklab qo‘ydi.
Ustiga ustak, iqtisodiy nuqtayi nazardan 1-bosqich shartlarini bajarish qiyinlashib borayotgan bir paytda ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy bo‘lmagan masalalarda ham muammolar kelib chiqa boshladi. Munosabatlardagi keskinlik oshib ketdi. AQSh ma'muriyati Xitoyni Covid-19 epidemiyasining dunyoga tarqalishida aybladi. Xitoy esa Vashingtonning ushbu ayblovlariga butun dunyo bo‘ylab diplomatik hujumlar bilan javob berdi.
Shuningdek, Xitoy ma'muriyati tomonidan qabul qilingan Hongkongga qarshi yangi milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun hongkongliklarning asosiy huquqlari va erkinliklariga tahdid solishi sababli AQSh tomonidan keskin tanqidlarga uchradi. Hatto mazkur voqea ortidan Xitoyga qarshi sanksiyalar joriy etish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Turgan gapki, mana shunday keskin sharoitda birinchi bosqichni amalga oshirish imkonsiz bo‘lib qoldi. AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi esa tom ma'noda strategik kurashga aylandi. Tabiiyki, ushbu kurashning ulkan iqtisodiy badallari bor, bu badalni esa nafaqat ikki mamlakat, balki butun jahon iqtisodiyoti to‘lashiga to‘g‘i keladi.
Milliardlab dollarlar yo‘qotilmoqda. Xalqaro valuta jamg‘armasi (IMF) tomonidan 2019 yil oktabr oyida e'lon qilingan hisobotda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushlari jahon iqtisodiyotiga qariyb 700 milliard dollar zarar yetkazishi ma'lum qilindi. AQSh va Xitoy o‘rtasidagi tariflarning oshishi natijasida xarajatlar ham ortib ketdi va bu hol har ikki tomonga ham jiddiy tarzda salbiy ta'sir o‘tkazdi, ta'sir o‘tkazishda davom etmoqda. AQSh bojxona tariflarining ko‘tarilishiga qarshi chiqayotgan fuqarolik jamiyati tashabbusi bilan e'lon qilingan raqamlarga ko‘ra, 2018 yil fevral oyidan beri Xitoyga qarshi ko‘tarilgan soliqlar tufayli Amerika kompaniyalarining kassalaridan jami 57 milliard dollar chiqib ketgan.
Ayni damda Xitoydan oraliq mahsulot olib keladigan va Xitoyning yetkazib berish zanjirlari orqali ishlaydigan AQSh kompaniyalari qiyin vaziyatga tushib qoldi. Xuddi shu kabi xitoylik ishlab chiqaruvchilar AQSh bozoridan chiqarib yuborilgach, boshqa muqobil savdo nuqtalarini izlashga majbur bo‘ldi. BMTning Savdo va rivojlanish konferensiyasi (UNCTAD) ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari AQSh bozorida 2019 yilning birinchi yarmida 35 milliard dollar yo‘qotgan.
Qaysi davlatlar vaziyatdan foydalanib qolmoqda, Shubhasiz, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi mana shunday savdo to‘siqlari kuchayishi tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan va qisqa muddat ichida ulkan foyda ko‘rgan, o‘z eksport hajmini oshirib olgan davlatlar ham bor. Masalan, UNCTAD ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu jarayonda Meksika 3,5 milliard, Vetnam esa 2,6 milliard dollar daromadga ega bo‘lgan. Garchi qisqa vaqt davomida ushbu vaziyatdan foydalanib qolayotgan davlatlar mavjud bo‘lsa-da, ikki gigant iqtisodiyot o‘rtasidagi mojarolar global iqtisodiyotni pirovardida hech bir davlat naf ko‘rmaydigan halokat jari tomon sudramoqda.
Qarama-qarshilik nimadan iborat. Aslini olganda, o‘rtada ulkan ziddiyat bor. Bugungi global iqtisodiyot mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlik asosida shakllanadi. AQSh va Xitoy garchi bir-biriga qarshi kurashayotgan bo‘lsa-da, mazkur ikki davlat o‘zaro chambarchas bog‘liq. Masalan, 2019 yilda tariflar oshishi natijasida AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdoda avvalgi yilga nisbatan pasayish kuzatilgan bo‘lsa-da, taxminan 580 milliard dollarlik tovar savdosi amalga oshirilgan. Ta'kidlash joizki, ushbu savdo oluvchiga ham, sotuvchiga ham foyda keltirgani uchun tabiiy ravishda amalga oshirilmoqda. Zotan, AQShning eng yirik elektronika ishlab chiqaruvchisi Xitoydan ehtiyot qismlarini sotib oladi. O‘z navbatida Xitoyning eng yirik elektronika ishlab chiqaruvchisi ham AQShdan ba'zi oraliq mahsulotlarni xarid qiladi. Ayni paytda har ikkisining ham muqobili ko‘p emas. AQSh uchun Xitoy, Xitoy uchun esa AQSh ulkan bozordir. Qolaversa, Xitoy allaqachon AQShning davlat obligatsiyalariga taxminan 1,1 trln. dollar miqdorida investitsiya kiritgan. AQSh ushbu manba yordamida o‘z kemtiklarini to‘ldirmoqda, Xitoy esa muqobili osonlikcha topilmaydigan ulkan va ishonchli investitsiya vositasiga ega bo‘lmoqda. Yuqorida keltirilgan bog‘liqliklar nafaqat ikki mamlakatga, balki butun dunyo ham taalluqlidir. Biroq qarama-qarshilik shundan iboratki, mamlakatlar iqtisodiy jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan dunyoda savdo proteksionizmi kuchayib bormoqda. Davlatlar esa chet el investitsiyalariga o‘z eshiklarini yopib qo‘yishmoqda
Ushbu qarama-qarshilikning eng aniq ifodasi AQSh va Xitoy o‘rtasidagi kurashning asosiy jabhasiga aylangan texnologiya sohasida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Texnologik rivojlanish mamlakatlar orasida ilmiy hamkorlik va o‘zaro tajriba almashishni talab qiladi. So‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan voqealarda esa buning aksini ko‘rish mumkin. Ya'ni texnologiya almashinuvi «milliy xavfsizlikka tahdid» solishi mumkinligi sababli mamlakatlar bir-birlariga nisbatan turli cheklovlar o‘rnatishyapti. Chunonchi, AQSh ma'muriyati Xitoy telekommunikatsiya kompaniyalariga mikrochip kabi oraliq mahsulotlar amerikalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotilishini taqiqlab qo‘ydi. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, agar uchinchi mamlakatda ishlab chiqarilgan chiplarda AQSh materiallaridan foydalanilgan bo‘lsa, u holda bu mahsulotlar Xitoy kompaniyalariga sotilmaydi. Xitoy firmalari mikrochipni yo boshqa yerdan olishga qodir emas yoki qodir bo‘lgan taqdirda ham ulkan xarajatlarga duch kelmoqda. AQSh ishlab chiqaruvchilari esa eng katta xaridorini yo‘qotmoqda, daromad sezilarli darajada kamaymoqda. Bu holat har ikki tomonning ham investitsiyalariga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Xarajatlar sun'iy ravishda oshirilishi natijasida ilmiy-tadqiqot ishlariga ajratilgan resurslar kamaymoqda, texnologik rivojlanish sekinlashmoqda. Bu esa nafaqat AQSh va Xitoyga, balki butun dunyoga ta'sir qilmoqda. Ushbu jarayonda texnologiya geosiyosiy nuqtayi nazardan qutblashish sahnasiga aylandi. AQSh 5G, sun'iy intellekt va narsalar interneti kabi sohalarda ittifoqchilarining Xitoy bilan ishlashiga to‘sqinlik qilishga urinmoqda.
Xitoy esa raqobatchilaridan ancha ilgari va yanada qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan yuqori texnologiyalarni taklif qilish orqali o‘z sheriklari sonini yanada ko‘paytirishni maqsad qilmoqda. Endilikda bir qancha davlatlar texnologiya sohasida AQSh yoki Xitoydan birini tanlashlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa dunyoni texnologik hamkorlik va rivojlanishga emas, texnologik lagerlashuv va bir-biridan mustaqil holda yaratilgan farqli standartlar hokim bo‘lgan parokanda ekotizimga, Xalqaro valuta jamg‘armasi direktori Kristalina Georgiyeva ta'biri bilan aytganda, «raqamli Berlin devori»ga olib boradi.
Sovuq urush – turli mafkuralar va dunyoqarashlarni ifodalovchi ikki buyuk davlat o‘rtasidagi bema'ni kurash edi. Oxir-oqibat, AQSh va uning timsoli bo‘lgan liberal demokratiya, bozor kapitalizmi g‘alaba qozondi. Sovet ittifoqining kommunistik tartibi va buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyoti esa mag‘lubiyatga uchradi. So‘nggi o‘n yilliklarda dunyo yangi davrga – globallashuvga qadam qo‘ydi. Ammo globallashuv g‘oliblardan ko‘ra mag‘lublar sonini ko‘paytirib yubordi. O‘zi shundoq ham mavjud bo‘lgan tengsizlik yanada o‘sishiga olib keldi. Bugun tobora avj pallaga kirib borayotgan AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo kurashi esa butun dunyoga o‘z ta'sirini o‘tkazishi shubhasiz. Jarayon yo‘nalishini ijobiy tarafga o‘zgartirish esa birgina mamlakatga bog‘liq ish emas. Bu o‘rinda tizimli islohotlarni amalga oshirish va global hamkorlikni yanada kuchaytirish g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
AQSh Xitoy bilan savdo urushini boshlagach, 5G texnologiyasining yetakchilaridan biri bo‘lgan Xitoyning telekommunikatsiya va IT kompaniyasi Huawei’ni taqiqlab qo‘ydi. Bu payt Xitoyning Yevropa mamlakatlari, xususan, Buyuk Britaniyaga bosimi ortib borayotgandi. Endilikda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarning tazyiqi ostida qaror qabul qilishda qiynalishmoqda. Raqobat pandemiya fonida portlovchi qorishmaga aylanmoqda.
AQSh Xitoyning Janubiy Xitoy dengizining ba’zi mintaqalaridagi suverenitet huquqini tan olmasligini e’lon qildi. Ikki davlatning harbiy kemalari bu mintaqada tez-tez to‘qnash kelmoqda va bir-birlarining qat’iyatlarini sinab ko‘rishmoqda. AQShning Covid-19 epidemiyasida Xitoyni ayblashi ham ikki mamlakat o‘rtasidagi tanglikni yanada kuchaytirdi. Bunday sharoitda AQSh va Xitoy o‘rtasida yangi «sovuq urush» boshlandimi?», «Bu urushda kim g‘olib chiqadi?», «Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Hindiston kabi markazlarning «sovuq urush»ga munosabati qanday bo‘ladi?» kabi savollar tug‘ilishi ortidan kelajak haqidagi xavotirli munozaralar kuchaymoqda.
Chunki tarixdan ma’lumki, bir «super kuch»ning qarshisida yangi bir «super kuch» paydo bo‘lganda, xalqaro munosabatlarning qoidalari va dinamikasi tezda o‘zgara boshlaydi.
Ta’kidlash joizki, ikki kuch o‘rtasida nafaqat iqtisodiy, siyosiy va texnologik, balki harbiy raqobat ham borgan sari kuchaymoqda. «Ikkilamchi kuchlar» ushbu to‘qnashuvda o‘z o‘rnini topishga va ikki tomondan birini tanlashga majbur bo‘lishi sababli xalqaro beqarorlik kuchayib bormoqda. Agar ushbu ziddiyat tarkibiga pandemiya va tarixda misli ko‘rilmagan iqtisodiy inqirozni ham qo‘shadigan bo‘lsak, u naq portlovchi qorishmagan aylanadi. Ayniqsa, «super kuch»lardan birining kun tartibida boshqaruv o‘zgarishi, prezidentlik va Senat saylovlari turgan bo‘lsa...
«Sovuq urush» davrida AQShdagi Nikson ma’muriyati sovetlar ittifoqini yakkalab qo‘yish uchun Xitoy ma’muriyati bilan hamkorlik qilish jarayonini boshladi.
1978 yildagi islohotlar bilan Xitoy ma’muriyati o‘z iqtisodiyotini xalqaro kapitalga ochgandan keyingi jarayon 2007 yildagi jahon moliyaviy inqirozi va Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lgunga qadar, ayniqsa, 2007 yilda Xitoyning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lgunicha kuchayishda davom etdi. Ushbu davrda AQSh va G‘arbiy kapitalizm o‘rtacha yillik 10 foiz o‘sishda davom etayotgan Xitoy iqtisodiyotidan investitsiya maydoni va bozor sifatida foyda ko‘rdi.
Shuningdek, Xitoy ham iqtisodiy va texnologik rivojlanishini jadallashtirishga imkon beradigan resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu orada AQSh va Xitoy o‘rtasida iqtisodiy simbioz aloqasi shakllandi. Xitoy AQSh zayomlarini sotib olgan, AQShdagi manbalar yordamida u o‘zining iqtisodiy o‘sishini moliyalashtirgandi. AQSh ham Xitoyda arzon narxlardagi ishchi kuchi bilan ishlab chiqarilgan asosiy iste’mol tovarlarini import qilish orqali ishchi sinfining farovonligini saqlab qolish imkoniga ega bo‘lgandi. Xitoy, shuningdek, 3 trln dollarga yetishi mumkin bo‘lgan xorijiy valyuta zaxirasini to‘plashda davom etdi. Ushbu o‘zaro bog‘liqlik xalqaro munosabatlarda ham o‘z aksini topdi, garchi Xitoy vaqti-vaqti bilan BMT Xavfsizlik Kengashidagi rahbarlikni shubha ostiga qo‘ysa-da, G‘arb markazli globallashuv qoidalarni qabul qilganday ko‘rinardi. Ushbu muhitda ba’zi bir sharhlovchi va tarixchilar AQShning asosiy kuch bo‘lishiga imkon beruvchi «Chimerica» ​​(Xitoy+Amerika) munosabatlarini tasavvur qila boshladilar. 2007 yilda jahon iqtisodiyoti chuqur moliyaviy inqiroz tufayli tebranib, AQSh va Yevropa past darajada o‘sish kuzatilgan «uzoq turg‘unlik» jarayoniga kirgach, «globallashuv jarayoni teskarisiga aylanayotgani» haqidagi munozaralar avj oldi va shu tariqa «Chimerica» ​​orzusi barham topdi.
«Uzoq turg‘unlik» davrida Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi og‘irligi tez sur’atlar bilan o‘sib bordi. Shu asno Xitoy dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotiga aylandi. Endi Xitoy xalqaro bozorlarda eng yuqori qarz va tashqi yordam beruvchi davlatga aylangandi. Uning energetika, moliya va telekommunikatsiya kompaniyalari dunyo reytingidagi ilk o‘nlikka kirdi. G‘arbning yirik kompaniyalari va ta’minot zanjirlarida ham Xitoy «ajralmas halqa»ga aylandi. Qolaversa, Tramp ma’muriyati AQShda anti-globallashuv pozitsiyasini ishlab chiqayotgan edi. O‘z navbatida, Xitoy «Bir yo‘l bir avlod» loyihasi va uni qo‘llab-quvvatlaydigan Osiyo infratuzilma investitsiya banki kreditlari bilan globalizatsiya jarayonini qabul qilmoqda. Tinch okeani sohilidan Markaziy Atlantika va Yevropadan Atlantika sohiligacha bo‘lgan hududda ma’lum ma’noda «globallashuv»ni barpo etishga hozirlanmoqda. Ushbu yangi «Xitoy uslubi»dagi globallashuv yordamida Xitoy arzon va qulay shartlardagi kreditlar hamda iqtisodiy yordam orqali Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi kabi «rivojlanayotgan bozor»lar bilan munosabat o‘rnatdi, strategik nuqtalardagi portlarni qo‘lga kiritdi.
Xitoy Jibutida harbiy baza qurdi. Harbiy xarajatlar miqdori bo‘yicha esa AQShdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. 2000-yillarda Xitoy Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzdi. XVJ va Jahon Banki kabi xalqaro tashkilotlarda, ayniqsa, BMT doirasida uning ta’sir doirasi tez o‘sdi. 2019 yilda Xitoy AQSh nomzodini mag‘lub etib, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO – Food and Agriculture Organization of the United Nations) raisligini qabul qildi. Bugungi kunda BMTning 15 xususiy agentliklarining to‘rttasida Xitoy vakillari bor.
Xitoy, shuningdek, texnologiyada katta yutuqlarga erishmoqda. Endilikda u superkompyuterlar, sun’iy intellekt, kosmik tadqiqotlar, «Kvant aloqasi» kabi sohalarda dunyoning yetakchisiga aylanish arafasida. Ta’kidlash joizki, Xitoyning iqtisodiy va texnologik rivojlanishi va uning xalqaro nufuzini oshirish jarayonining ikkinchi tomonida davlatni yanada markazlashtirish yotibdi. Internet va ijtimoiy media platformalari nazorat qilinmoqda, dunyodagi eng ilg‘or kuzatuv va monitoring texnologiyalari ishlab chiqilmoqda, muxoliflarning ovozlari o‘chirilmoqda va tobora avtoritar-millatchilik, hatto «imperial» iddaolar ilgari surilmoqda.
Tabiiyki, AQSh xavfsizlik doiralari ushbu voqealarni tashvish bilan kuzatmoqda. Ular Xitoyning yuksalishini to‘xtatish, raqibning superqudrat mavqega erishishiga to‘sqinlik qilish yo‘llarini izlashmoqda. Endilikda Pentagon va AQSh Tashqi ishlar vazirligining hisobotlarida Xitoy «strategik raqib» sifatida tilga olinmoqda. Yangi «sovuq urush» tushunchasi xalqaro munosabatlarda munozara mavzusiga aylanib bormoqda.
So‘nggi yillarda Xitoy rahbariyati tashqi siyosat masalalari bo‘yicha ko‘proq gapirishga va global liderlik niyatlarini yanada aniqroq ifoda etishga kirishdi. Biroq bu da’volar va bayonotlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanish hali ham aniq emas.
Shu ma’noda, siyosiy byuro a’zosi, XXR raisi Si Jinpingning eng nufuzli maslahatchisi Vang Shing tomonidan XXI asr Xitoy ijodkorligining eng go‘zal namunasi sifatida baholangan, dunyo miqyosida ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritgan Lui Sishinning «Uch ommaviy muammo2», «Qorong‘u o‘rmon» va «O‘limning oxiri» trilogiyasi ayni masalani oydinlashtirishda yordam beradi.
Trilogiyada keltirilishicha, Xitoy o‘zini AQSh va G‘arb tomonidan nishonga olingan, deb hisoblaydi. Boshqa tomondan, u mamlakatning tobora kengayib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun mamlakat ichi va Hongkongdagi «beqarorlashtiruvchi elementlar»ni bostirar ekan, mamlakatning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun global maydonda resurslarni taqsimlash bo‘yicha raqobatda ustun mavqega ega bo‘lishga alohida e’tibor bermoqda. Bu ustunlikni yaratish va saqlab qolishda esa texnologik rivojlanish, harbiy kuch, shuningdek, moliyaviy resurslar hal qiluvchi ahamiyatga ega. AQShning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjerning so‘zlariga ko‘ra, bunday sharoitda AQSh va yaqinda paydo bo‘lgan yangi «super kuch» - Xitoy o‘rtasida «sovuq urush» bo‘lishi muqarrar.
Tarixchi Nayl Fergyusonning ta’kidlashicha, Xitoy allaqachon «sovuq urush»ni e’lon qilgan, ya’ni ikki mamlakat yangi «sovuq urush» va «qorong‘i o‘rmon» yoqasida. Agar iyun oyi va iyul oyining birinchi haftasida Janubiy Xitoy dengizida nima bo‘lganiga e’tibor qaratilsa, «sovuq urush» optimistik variant.
Iyun oyi oxirida Xitoy harbiy-dengiz floti yangi orollar yaqinida raketa tashuvchi Yulin va Hohnot frigatatsiyalari tomonidan yo‘q qilinadigan flot ishtirokida keng miqyosli manevr o‘tkazdi. Ushbu manevr yakunlanishidan oldin, AQSh bir vaqtning o‘zida ikkita samolyot tashuvchisi - USS Ronalmd Reygan va USS Nimitz bilan «xayoliy» dushmanning nishonlariga uzoq muddatli va keng qamrovli hujum simulyatsiyasini o‘tkazdi. Har qanday vaqtda «baxtsiz hodisa» ro‘y berishi mumkin. Bir-birlarini provokatsiyada ayblashni kanda qilmaydigan bu ikki davlat mintaqada juda murakkab ittifoqlarga ega. Hindiston va Pokiston bilan murakkab iqtisodiy siyosiy aloqalar, Janubiy Koreya-Shimoliy Koreya, Tayvan, Hongkong kabi strategik nuqtalardagi iqtisodiy va geostrategik manfaatlar va qarama-qarshiliklar shular jumlasidandir.

XULOSA
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi ko’p jihatan global muammolar tushunchasi bilan bog’liqdir. XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko’p murakkab muammolar vujudga keldi. Ularning asosiy qismi ta‘sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko’ra global muammolar nomini oldi. XX asrning 60 yillariga kelib global muammolar tor doiradan keng doirada ishlatilishiga o’tib qoldi. Ushbu davrdan boshlab jamiyatning ushbu bobga qiziqishi intensiv ravishda oshib bordi va uning muhokamasi keng doiradagi majlislarda ko’rila boshladi. 24 Ushbu bobga juda katta qiziqishning sababi bo’lib birinchi o’rinda insoniyatning yer kurrasining hatto bir chekkasida yuzaga kelgan jiddiy muammo bir kun kelib butun planetaga o’z ta‘sirini o’tkazishi mumkinligini tushunib yetganligi bo’ldi. Global muammolarni o’rganish va insoniyatni kelajagini tahminlash jarayoni bo’yicha ilmiy ishlarni olib borishda italiyalik menedjer Aurelio Pechchei tomonidan tashkil etilgan xalqaro nohukumat tashkiloti bo’lmish – Rim klubi alohida o’rin egallaydi. Rim klubi a‘zolari o’z oldilariga ikkita maqsadni qo’yadi: birinchisi, insoniyat oldida turgan asosiy global muammolarni aniqlash, ikkinchisi, jamiyatga ushbu global muammolarni taqdim etib, ularning bartaraf etish borasidagi eng dolzarb ishlarini belgilab olib amalga oshirish. Rim klubidagi ma‘ruzalar ushbu izlanishlar natijasi bo’ldi va ularda mashhur olimlar global muammolarni hal etishning turli yo’llarini yoritgan edilar.
Rim klubini birinchi ishlaridan biri bo’lib, umumjahon rivojlanishini matematik modelga qo’yish bo’ldi. Ushbu model rivojlanishning asosiy parametrlari bo’lgan aholi, kapital qo’yilma, qayta tiklanmaydigan resurslarning ishlatilishi, atrof muhitning ifloslanishi, iste‘mol mollarini ishlab chiqarilishi kabilarni e‘tiborga olgan edi. Rim klubi a‘zolari orasidan keyinchalik bir qancha ma‘ruzalar tayyorlandi. Bu ma‘ruzalarda sivilizatsiyani qayta tiklash va atrof muhitni ifloslovchi insonlar ongini yangilash zarurligi alohida ta‘kidlangan. Darhaqiqat, global muammolarni bu qadar chuqurlashib ketishiga asosiy sabablardan biri bo’lib, odamlar hayotining har jihatiga o’z ta‘sirini o’tkazib bo’lgan ilmiy - texnik taraqqiyoti desa bo’ladi. Uning ijobiy natijalari bilan birga, ilmiy, texnikaviy, texnologik imkoniyatlar insonlar uchun kimyoviy, baktereologik, yadroviy qurollarini yaratish imkonini ham berdi. Shu jihatdan, butun dunyoni va insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan 25 birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb atash mumkin. Global muammolar, o’z navbatida, aholi iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyoti va atrof muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasidir. Global muammolar: birinchidan jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga ta‘sir ko’rsatuvchi; ikkinchidan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo’luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudliligiga ham xavf soluvchi; uchinchidan yechimini topishga umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab qiluvchi muammolardir



Download 60,31 Kb.
1   2   3   4   5




Download 60,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AQSH VA XITOY SAVDO URUSHI OQIBATLARI

Download 60,31 Kb.