Iqtisodiyot nazariyasi




Download 305.08 Kb.
bet9/31
Sana25.05.2023
Hajmi305.08 Kb.
#64608
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
Презентация1 DURDONA, Normativ makroiqtisodiyot
JAVOBLAR
1c); 2a); 3d); 4b); 5d); 6c); 7sa); 8c); 9d); 10vm 11d);12a); 13b);14c); 15b); 16c); 17b); 18d); 19b); 20c); 21b); 22b); 23d); 24c); 25d);26c); 27b); 28b); 29a); 30b); 31c); 32d); 33d); 34b)


8-mavzu. RAQOBAT VA MONOPOLIYA


1. «Sof raqobatdosh firma» tushunchasi bu :
a) o‘z raqiblari bilan raqobatning faqat qonuniy usullarini qo‘llashni;
b) bozor narxi shakllanishiga ta’sir o‘tkazmasligini;
c) bozorni egallash uchun har qanday usullarni qo‘llashni;
d) raqobatda o‘zi uchun ko‘zlagan narxni o‘rnatishga erishishni;
e) o‘z raqiblari bilan halol raqobat kurashi olib borishni anglatadi.
2. Agar firma sof raqobatli bozorda faoliyat yuritib, o‘z mahsu-
lotining taklifini qisqartirsa, u holda:
a) mahsulotning bozor narxi pasayishiga olib keladi;
b) taklifni kamaytiradi, mahsulot narxini ko‘taradi;
c) mahsulot bozor narxining o‘sishiga olib keladi;
d) bozorga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi;
e) taklifni ko‘paytiradi, mahsulot narxini pasaytiradi.
3. Quyidagi bozorlardan qaysi birini sof raqobatga asoslangan
bozorga kiritish mumkin?
a) avtomobil, velosiped bozori;
b) muzlatkich, televizor bozori;
c) dehqon bozori, hunarmantlar bozori;
d) axborot, intellektual mulk bozori;
e) ko‘chmas mulk bozori.
4. Tabiiy monopoliyaga nimalar misol bo‘la oladi?
a) OPEK – xalqaro neft karteli;
b) G‘allabank;
c) «Sharq» matbaa ishlab chiqarish konserni;
d) IBM kompaniyasi;
e) Toshkent metropoliteni.
5. Aytaylik, monopolist 10 birlik tovarini 10000 so‘mdan sota
oladi. 11-tovarni sotish esa uning narxini 9950 so‘mga tushishiga olib
keladi. Bunda me’yoriy daromad sotish hajmi 10 birlikdan 11
birlikkacha o‘sish evaziga qanchaga teng bo‘ladi?
a) 10000;
b) 9950;
c) 9450;
d) 9400;
e) 10995 so‘mga.
6. Oligopoliya – bu:
95
a) bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi raqobatlashuvchi ko‘p-
lab firmalar;
b) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaruvchi ko‘plab raqobatdosh
firmalar;
c) bir necha yirik raqobatdosh firmalar;
d) bitta yirik firma;
e) yagona yirik iste’molchi kompaniya.
7. Birinchi bo‘lib oligopoliya nazariyasini asoslashga harakat
qilgan iqtisodchi – bu:
a) Ogyusten Kurno;
b) Edvard Chemberlen;
c) Joan Robinson;
d) Jon Gelbreyt;
e) Alfred Marshall.
8. Sof va monopolistik raqobatga asoslangan bozorning umu-
miy tomoni:
a) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaradi;
b) bozorda sotuvchi va xaridorlar soni ko‘p;
c) har bir firma o‘z mahsulotiga talab o‘zgarip turishi sharoitga
duch keladi;
d) bir turdagi tovarlar ishlab chiqarishadi;
e) har bir firma o‘z raqiblarining xatti-harakatiga ko‘ra ish tutadi.
9. Oligopolistik bozor monopolistik raqobatli bozorga quyidagi
tomonlari bilan o‘xshash:
a) tarmoqqa kirish uchun to‘siqlar yo‘qligi;
b) firmalar uchun strategik yo‘nalish xos;
c) uncha ko‘p bo‘lmagan sotuvchilar ish yuritishadi;
d) firmalar bozorda hukmron rol o‘ynaydi;
e) firmalar tarmoqdan to‘siqlarsiz chiqib ketadi.
10. Tarmoqda 40 ta firma bo‘lib, ulardan hech biriga umumiy
ishlab chiqarish hajmining 3 % dan ortig‘i to‘g‘ri kelmaydi.
Mahsulot bozorda tabaqalashgan hisoblanadi. Bunday tarmoq:
a) monopolistik raqobatga;
b) sof monopoliyaga;
c) sof raqobatga;
d) oligopoliyaga;
e) monopsoniyaga misol bo‘la oladi.
11. Raqobatning qaysi shaklida ishlab chiqaruvchilar bozor
narxlarini to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi?
96
a) sof raqobatda;
b) monopolistik raqobatda;
c) sof monopoliyada;
d) oligopoliyada;
e) monopsoniyada.
12. Quyidagilardan qaysi biri « narxsiz » raqobatlashish
usuliga kiradi?
a) «narxlar jangi» yoki narxlarni pasaytirib borish;
b) demping narxlaring qo‘llash, ya’ni tovarlarni boshqa mamlakat-
larga ichki bozordagidan ancha past narxlar bo‘yicha sotish;
c) narxlardan chegirma qilish;
d) imtiyozli narxlarni belgilash va boshqa tovarlarni qo‘shib berish;
e) kafolatlangan tekin xizmat ko‘rsatish.
13. Narx vositasida raqobat usuliga nimalar kiradi?
a) tovar sifatini tabaqalashtirish orqali iste’mol xossalarini oshirish;
b) tovarlarni kreditga sotish;
c) kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda turli xil
xizmatlar ko‘rsatish;
d) narxlardan chegirma qilish;
e) marketing strategiyasi va reklamadan foydalanish;
14. Quyidagilardan qaysi biri iste’molchilar o‘rtasidagi raqo-
batni tavsiflaydi?
a) eng ko‘p foyda olishga harakat qilish;
b) kapital hisobiga yuqori foiz olish;
c) yer hisobiga olinadigan renta miqdorini ko‘paytirib borish;
d) ko‘proq omilli daromadga ega bo‘lish;
e) ko‘proq naflilikka ega bo‘lish.
15. Raqobatni ishlab chiqaruvchilarning bozordagi mavqeiga
ko‘ra turkumlangan shaklini toping:
a) tarmoq ichidagi raqobat;
b) sof monopoliya;
c) stixiyali raqobat;
d) narxsiz raqobat;
e) halol raqobat.
16. Raqobatning amal qilish doirasiga ko‘ra turkumlangan
shaklini ko‘rsating:
a) sof raqobat;
b) tarmoqlar o‘rtasidagi raqobat;
c) tartibga solinadigan raqobat;
97
d) narxga vositasidigan raqobat;
e) g‘irrom raqobat.
17. Raqobatning sodir bo‘lish xarakteriga ko‘ra turkumlangan
shaklini aniqlang:
a) oligopoliya;
b) tarmoqlararo raqobat;
c) tartibsiz raqobat;
d) narxsiz raqobat;
e) g‘irrom raqobat.
18. Raqobatning amalga oshirilishi usuli bo‘yicha turkumlan-
gan shaklini ajrating:
a) monopolistik raqobat;
b) jahon xo‘jaligi doirasidagi raqobat;
c) tartibsiz raqobat;
d) narxsiz raqobat;
e) g‘irrom raqobat.
19. Raqobatning amalga oshirish yo‘liga ko‘ra turkumlangan
shaklini aniqlang:
a) erkin raqobat;
b) oligopoliya;
c) sof monopoliya;
d) tartibga solinadigan raqobat;
e) g‘irrom raqobat.
20. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishda qulay sharoitga ega
bo‘lish uchun bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar
o‘rtasida boradigan va uning natijasida bozor narxi shakllanadigan
raqobat qanday nomlanadi?
a) erkin raqobat;
b) oligopoliya;
c) tarmoq ichidagi raqobat;
d) tarmoqlararo raqobat;
e) sof monopoliya.
21. Raqobatning qaysi shaklida turli foyda normalari o‘rtacha
foydaga aylanib boradi?
a) erkin raqobatda;
b) oligopoliyada;
c) tarmoq ichidagi raqobatda;
d) tarmoqlararo raqobatda;
e) sof monopoliyada.
98
22. Milliy iqtisodiyotda o‘rtacha narxlar va bozor subyektlari-
ning YAIMdagi ulushini aniqlab beradigan raqobat qanday nomla-
nadi?
a) tarmaoqlar ichidagi raqobat;
b) tarmoqlararo raqobat;
c) milliy xo‘jalik doirasidagi raqobat;
d) jahon xo‘jaligi raqobati;
e) sof yoki erkin raqobat.
23. Alohida tovarlarga jahon narxlarini shakllantiradigan
raqobat qanday nomlanadi?
a) tarmoqlar ichidagi raqobat;
b) tarmoqlararo raqobat;
c) milliy xo‘jalik doirasidagi raqobat;
d) jahon xo‘jaligidagi raqobat;
e) sof yoki erkin raqobat.
24. Qaysi raqobat bozor kuchlarining ta’sirida, tabiiy ravishda
ro‘y beradi?
a) tartibsiz raqobat;
b) tartibga solinadigan raqobat;
c) oligopoliya;
d) monopsoniya;
e) sof monopoliya.
25. Madaniylashgan tarzda va ma’lum me’yorlar doirasida
sodir bo‘ladigan raqobat qanday nomlanadi?
a) tartibsiz raqobat;
b) tartibga solinadigan raqobat;
c) oligopoliya;
d) monopsoniya;
e) sof monopoliya.
26. Mahsulotning ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lari nisbatan
ko‘p va bozorga kirish hamda undan chiqib ketish uchun to‘siqlar
unchalik katta bo‘lmagan raqobat shaklini aniqlang:
a) sof raqobat;
b) monopoliya;
c) monopolistik raqobat;
d) oligopoliya;
e) monopsoniya.
99
27. Mahsulotning ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lari juda ko‘p
va bozorga kirish hamda undan chiqib ketishda to‘siqlar mavjud
bo‘lmagan raqobat shaklini toping:
a) sof raqobat;
b) monopoliya;
c) monopolistik raqobat;
d) oligopoliya;
e) monopsoniya.
28. Mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi mavjud bo‘lib,
bozorga kirish uchun to‘siqlar katta, ya’ni taqiqlash bilan barobar
bo‘lgan raqobat shaklini ko‘rsating:
a) sof raqobat;
b) monopoliya;
c) monopolistik raqobat;
d) oligopoliya;
e) monopsoniya.
29. Mahsulotning kam sonli ishlab chiqaruvchilari mavjud
bo‘lib, bozorga kirish uchun to‘siqlar katta bo‘lsa–bu:
a) sof raqobat;
b) monopoliya;
c) monopolistik raqobat;
d) oligopoliya;
e) monopsoniya.
30. Raqobatlashishda g‘ayrioddiy usullar (josuslik, qotillik,
zo‘ravonlik va h.k.) qo‘llanilsa, raqobatning qanday turi mavjud
bo‘ladi?
a) narx vositasidagi raqobat;
b) narxsiz raqobat;
c) halol raqobat;
d) g‘irrom raqobat;
e) tartibsiz raqobat.
31. Raqobatlashish vositasi sifatida narxdan tashqari omil-
lardan foydalanib, tovar sotish hajmini ko‘paytirib borishga harakat
qilinganda, uning qanday usuli qo‘llanilgan bo‘ladi?
a) narx yordamida raqobatlashish;
b) narxsiz raqobat;
c) tovar sifatini tabaqalashtirish;
d) kreditga sotish;
e) tovar belgilarini qo‘llash va reklama.
100
32. Narx yordamida raqobatlashishning qaysi turida milliy
ishlab chiqaruvchilar tovarlarni tashqi bozorga ichki bozordagi
narxlardan, ayrim hollarda tannarxdan ham past bo‘lgan narxlarda
chiqaradi?
a) narxlar “jangi”da;
b) demping narxlarni qo‘llashda;
c) narxdan chegirma qilishda;
d) imtiyozli narxlarni qo‘llashda;
e) asosiy tovarlar narxiga boshqa tovarlar qiymatini kiritishda.
33. Ishlab chiqaruvchilar raqiblarini bozordan siqib chiqarish
uchun tovarlariga narxlarini vaqti-vaqti bilan va uzoq muddat
pasaytirib turganda, narxli raqobatlashishning qanday turini
qo‘llagan bo‘ladi?
a) narxlar “jangi”;
b) demping narxlarni qo‘llash;
c) narxdan chegirma qilish;
d) imtiyozli narxlarni qo‘llash;
e) asosiy tovarlar narxiga boshqa tovarlar qiymatini kiritish.
34. Tovarlar o‘z narxidan muayyan foizda kamaytirib sotiladi-
gan narx yordamida raqobatlashishning qaysi turidan foydalaniladi?
a) narxlar “jangi”dan;
b) demping narxlarni qo‘llashdan;
c) narxdan chegirma qilishdan;
d) imtiyozli narxlarni qo‘llashdan;
e) asosiy tovarlar narxiga boshqa tovarlar qiymatini kiritishdan.
35. Iste’molchi xarid hajmini ko‘paytirib borganda ularni rag‘-
batlantirish uchun pasaytirilgan narxlar qo‘llanilsa – bu:
a) narxlar “jangi”;
b) demping narxlarni qo‘llash;
c) narxdan chegirma qilish;
d) imtiyozli narxlarni qo‘llash;
e) asosiy tovarlar narxiga boshqa tovarlar qiymatini kiritishdir.
36. Quyidagilardan qaysi biri narx yordamida raqobatlashishni
anglatadi?
a) tovar sifatini tabaqalashtirish;
b) tovarlarni kreditga sotish;
c) kafolatlangan muddatda servis xizmati ko‘rsatish;
d) asosiy tovarlar narxiga boshqa tovarlar qiymatini kiritish;
e) reklama va tovar belgilarini qo‘llash.
101
37. Quyidagilardan qaysi biri narxsiz raqobatlashishni bildiradi?
a) narxlar “jangi”;
b) demping narxlarni qo‘llash;
c) imtiyozli narxlarni qo‘llash;
d) tovarlarni kreditga sotish;
e) narxlardan chegirma qilish.
38. Narxsiz raqobatlashishning qaysi turida bir xildagi ehtiyojni
qondiradigan va bir turga mansub bo‘lgan tovarlar turlicha iste’mol
xossalariga ega bo‘lib qoladi?
a) tovarlarni kreditga sotish;
b) tovar sifatini tabaqalashtirish;
c) kafolatlangan muddatda tekin servis xizmati ko‘rsatish;
d) marketingni qo‘llash;
e) reklama, tovar belgilari, firma muhrlari va qadoqlash usullari.
39. Narxsiz raqobatlashishning qaysi turi vositasida mahsulot
ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtirishga hara-
kat qilinadi?
a) tovarlarni kreditga sotish;
b) tovar sifatini tabaqalashtirish;
c) kafolatlangan muddatda tekin servis xizmati ko‘rsatish;
d) marketingni qo‘llash;
e) reklama, tovar belgilari, firma muhrlari va qadoqlash usullarida.
40. Quyidagilardan qaysi biri monopoliyalarning evolyutsion
tarzda kelib chiqishiga sabab bo‘lgan?
a) kapitalning markazlashuvi;
b) kapitalning to‘planishi;
c) fan-texnika taraqqiyoti;
d) davlatning ayrim sohalarini qo‘llab-quvvatlashi;
e) o‘zaro kelishish.
41. Iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va texnologik xususiyatlarga
ko‘ra raqobatni qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki qo‘llanish qiyin
bo‘lgan sohalar qanday nomlanadi?
a) davlat monopoliyalari;
b) iqtisodiy monopoliyalar;
c) tabiiy monopoliyalar;
d) sun’iy monopoliyalar;
e) ishlab chiqarishdagi monopoliyalar.
42. Quyidagilardan qaysi biri tabiiy monopoliyalarga tegishli emas?
a) suv, energiya, gaz ta’minoti korxonalari;
102
b) temir yo‘l transporti korxonalari;
c) havo transporti;
d) harbiy–mudofaa korxonalari;
e) sindikat tipidagi korxonalar.
43. Quyidagilarday qaysi biri bir tarmoq korxonalarining
ittifoqi bo‘lib, uning ishtirokchilari to‘liq iqtisodiy mustaqilligini
saqlab qoladi, faqat ishlab chiqarish hajmi, sotish bozorlari va
narxlar to‘g‘risida kelishib oladi?
a) sindikat;
b) trest;
c) konsern;
d) kartel;
e) konsersium.
44. AQSHning qaysi antimonopol qonunchiligida ishlab chiqa-
rish va savdoni cheklash maqsadida tuzilgan bitimlar noqonuniy deb
hisoblangan?
a) Sherman qonuni (1890 y.);
b) Kleyton qonuni (1914 y.);
c) Seller – Kefover qonuni (1950 y.);
d) Sherman va Kleyton qonunlari;
e) Kleyton va Seller – Kefover qonunlarida.
45. Antimonopol faoliyatini tartibga solishning qaysi yo‘nalishi
ishlab chiqarishda monopol tuzilmalar vujudga kelishining oldini
olishga qaratiladi?
a) bozorning monopollashuvini cheklash;
b) raqobatchi kompaniyalar qo‘shilishini taqiqlash;
c) halol raqobatni qo‘llab–quvvatlash;
d) monopol narxlar belgilanishini taqiqlash;
e) raqobatning g‘ayrioddiy usullarini qo‘llashni taqiqlash.
46. O‘zbekiston Respublikasining qaysi antimonopol qonunchi-
ligida bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollash-
tirish, raqobatga to‘sqinlik qilish va uning g‘irrom usullarini qo‘l-
lash taqiqlanadi?
a) “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunda (2011 y.);
b) “Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi qonunda (1992 y.);
c) “Obyektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarki-
bidan chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda (1994 y.);
d) “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qo-
nunda (1996 y.);
103
e) “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini ya-
nada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda (2008 y.).

Download 305.08 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Download 305.08 Kb.