Iqtisodiyot nazariyasi




Download 305.08 Kb.
bet6/31
Sana25.05.2023
Hajmi305.08 Kb.
#64608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
Презентация1 DURDONA, Normativ makroiqtisodiyot
JAVOBLAR
1b); 2a); 3c); 4d); 5a); 6d); 7d); 8b); 9c); 10c); 11d); 12c); 13b);14b); 15a); 16b); 17c); 18b); 19b); 20d); 21b); 22c); 23b); 24b); 25d);26a); 27c); 28b); 29c); 30a); 31d); 32d); 33d); 34c); 35b); 36a); 37b);38d); 39c); 40a); 41d).
5-mavzu. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA
AMAL QILISHI
1. Bozor (aralash) iqtisodiyoti asosini tashkil etadi:
a) mulkchilikning turli-tumanligi va ularning tengligi qonun
tomonidan birday muhofaza qilinishi;
b) xususiy mulkchilikning qonun asosida alohida qo‘llab-quvvatlanishi;
c) hamkorlikdagi mulk alohida qo‘llab-quvvatlanishi;
d) jamoa mulkiga alohida e’tibor berilishi;
e) davlat mulki asosiy o‘rin tutishining ta’minlanishi.
2. Bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch, bu – ...
a) iqtisodiy faoliyat erkinligi, xususiy mulkning ustunligi,
daromadlarning cheklanmaganligi;
b) iqtisodiy faoliyat erkinligi, raqobat, daromadlarning cheklanmaganligi;
c) raqobat, davlatning qo‘llab-quvvatlashi, daromadlarning chek-
lanmaganligi;
d) iqtisodiy faoliyat erkinligi, davlatning qo‘llab-quvvatlashi, daro-
madlarning cheklanmaganligi;
e) raqobat, iqtisodiy faoliyat erkinligi, xususiy mulk ustunligi.
3. Bozor iqtisodiyotining obyekti:
a) tovar, korxona;
b) tovar, jamoa xo‘jaligi;
c) tovar, pul (agregati)
d) pul, korxona;
e) pul, pul tizimi.
4. Bozor iqtisodiyotining subyekti:
a) firma, korxona, uy xo‘jaligi, tovar;
b) firma, korxona, uy xo‘jaligi, davlat, pul;
c) firma, korxona, uy xo‘jaligi, moliyaviy institutlar;
d) firma, korxona, davlat, moliyaviy institutlar;
e) firma, korxona, uy xo‘jaligi, davlat, moliyaviy institutlar.
5. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri
cheklangan resurslar sharoitida:
a) iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash;
b) resurslarni qimmatga sotish;
c) resurslarni arzon sotib olish;
d) resurslarni qimmatga sotib olish;
e) resurslarni arzon sotishni ta’minlash.
63
6. Faoliyat natijasi qanday bo‘lishi ehtimolini bilgan holda,
bari bir oqibati qanday tugashini aniq, aytib bo‘lmaydigan vaziyat,
ya’ni noaniqlik quyidagilarni ifodalaydi:
a) tavakkalchilik yutug‘i;
b) risk mardlik belgisi;
c) xatarning namoyon bo‘lishi;
d) tavakkalchilik xatari;
e) tavakkalchilik natijasi.
7. Biz ko‘pincha sifatsiz tovar sotib olganimizda aldagan
sotuvchini jazolashga urinmaymiz. Sababi, ...
a) yuz-xotir qilamiz;
b) rahmimiz keladi;
c) asabimizni buzishni xohlamaymiz;
d) olgan nafimiz, qilgan transaksion xarajatlarimizni qoplamaydi;
e) sifatsiz bo‘lsa ham, zarur.
8. Chayqovchilik faoliyati ...
a) qonun asosida ish yurituvchi tadbirkorlar uchun riskni orttiradi;
b) narxlarning beqarorligi tamoyilini kuchaytiradi;
c) iqtisodiy bum va retsessiyaga olib keladi;
d) doimo foyda olishga olib keladi;
e) tadbirkorlar uchun riskni kamaytiradi.
9. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining mohi-
yatini to‘laroq xarakterlaydi?
a) mehnat taqsimoti mavjud bo‘lgan iqtisodiyot;
b) iqtisodiy subyektlar faoliyati erkin amalga oshiriladigan iqtisodiyot;
c) xususiy mulk ustunligiga asoslangan hamda iqtisodiy jarayonlar
bozor mexanizmi yordamida boshqariladigan va tartibga solinadigan
iqtisodiyotdir.
d) urf-odat, udumlar va an’analarga asoslangan iqtisodiyot;
e) yuqoridagilarning barchasi.
10. Bozor iqtisodiyotining qaysi subyekti iqtisodiy resurslarni
yetkazib beruvchisi va pirovard mahsulotlarning asosiy iste’molchisi
hisoblanadi?
a) uy xo‘jaliklari;
b) korxonalar;
c) davlat tashkilotlari;
d) davlat muassasalari;
e) chet elliklar.
64
11. Quyidagilardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining tartibga
soluvchi mexanizmi tarkibiy qismini xarakterlaydi?
a) narx, talab va taklif;
b) raqobat, talab va taklif;
c) narx, raqobat, talab va taklif;
d) narx, soliq, raqobat, davlat ijtimoiy dasturlari;
e) talab va taklif.
12. Bozor iqtisodiyotining muhim belgisi nima?
a) mulkning turli-tumanligi;
b) tadbirkorlik va tanlash erkinligi;
c) davlat manfaatini rag‘batlantirish;
d) xalq manfaatini hisobga olish;
e) yakka mulk hukmronligi.
13. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning qaysi yo‘lida oddiy tovar
xo‘jaligidan raqobatga asoslangan kapitalizm va undan madaniy-
lashgan bozor iqtisodiyoti tomon boriladi?
a) rivojlangan mamlakatlar (G‘arbcha model) yo‘li;
b) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li;
c) rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li;
d) an’anaviy iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlar yo‘li;
e) yuqoridagilarning barchasi.
14. Bozor mexanizmining tarkibiy qismlaridan qaysi biri
tadbirkorlarga ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish zarurligini, uy
xo‘jaliklariga esa mavjud daromadlariga qancha mahsulot iste’mol
qilishi mumkinligini ko‘rsatib beradi?
a) raqobat;
b) narxlar;
c) talab;
d) taklif;
e) ehtiyoj.
15. Bozor iqtisodiyotida bozor, ishlab chiqarish kimning izmiga
bo‘ysunadi?
a) ishlab chiqaruvchilarning;
b) iste’molchilarning;
c) resurslarni yetkazib beruvchilarning;
d) xizmat ko‘rsatuvchilarning;
e) davlatning.
16. Bozor iqtisodiyotining salbiy tomoni nimada namoyon bo‘ladi?
a) resurslarni taqsimlashda;
65
b) erkinlikni ta’minlashda;
c) pul daromadlarining notekis taqsimlanishida;
d) davlatning iqtisodiyotda cheklangan rol o‘ynashida;
e) narxlar erkin tashkil topishida.
17. Quyidagilardan qaysi biri bozor munosabatlarining mohi-
yatini to‘laroq xarakterlaydi?
a) takror ishlab chiqarish munosabati;
b) moddiy ne’matlarni taqsimlash jarayonidagi munosabatlar;
c) tovar (xizmat)larni ayirboshlash jarayonida bozor subyektlari
o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar;
d) ijtimoiy va siyosiy munosabatlar;
e) tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar.
18. Bozor iqtisodiyotining eng asosiy sharti (tamoyili) nima?
a) tadbirkorlik va tanlash erkinligi;
b) daromadlarni bir tekis taqsimlash;
c) ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalanish;
d) iqtisodiyotning rivojlanishini barqarorlashtirish;
e) iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi.
19. Bozor iqtisodiyotining asosiy afzalligi nimadan iborat?
a) ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash;
b) aholini ijtimoiy himoyalash;
c) iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash;
d) iqtisodiy rivojlanishning barqarorligini ta’minlash;
e) daromadlar tengsizligini bartaraf qilish.
20. Bozor iqtisodiyoti quyidagilarga kafolat beradi:
a) tovarlarning yetarli ishlab chiqarilishiga;
b) resurslarning samarali taqsimlanishiga;
c) pulning qadrsizlanmasligiga;
d) inflyatsiyaning mavjud bo‘lmasligiga;
e) iqtisodiy farovonlikka.
21. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qaysi subyekt iqtisodiy resurslar
iste’molchisi, ayni vaqtda tovar (xizmat)larning asosiy ishlab chiqa-
ruvchisi hisoblanadi?
a) uy xo‘jaliklari;
b) korxonalar yoki tadbirkorlik sektori;
c) davlat;
d) chet elliklar;
e) aholi.
66
22. Iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy hodisa va
jarayonlarni boshqarish va uyg‘unlashtirishga xizmat qiladigan
bozor dastak hamda vositalari qanday nomlanadi?
a) iqtisodiy mexanizm;
b) davlat mexanizmi;
c) bozor mexanizmi;
d) xo‘jalik mexanizmi;
e) tartibga solish mexanizmi.
23. Bozor iqtisodiyotining qaysi belgisi “nima ishlab chiqarish”
zarurligini aniqlab beradi?
a) xususiy mulk ustunligi;
b) tadbirkorlik erkinligi;
c) iste’molchi tanlash erkinligi;
d) iqtisodiy manfaatlar rag‘batlantirilishi;
e) davlatning cheklangan roli.
24. Bozor iqtisodiyoti sharoitida “Nima ishlab chiqarish za-
rur”ligi qanday hal qilinadi?
a) talabni o‘rganib;
b) bozorni o‘rganib;
c) foyda yoki zarar keltirishini hisobga olib;
d) ehtiyojni hisobga olib;
e) mavjud resurslarni hisobga olib.
25. Yangi texnika va texnologiyalarga asoslangan korxonalarda
ishlab chiqarish tashkil qilinganda bozor iqtisodiyotining beshta
asosiy muammosidan qaysi biri hal qilinadi?
a) Nima...?
b) Qanday...?
c) Qancha...?
d) Kim uchun...?
e) O‘zgarishlarga moslasha oladimi?
26. Talabni hisobga olib, iqtisodiy resurslar taqozo qiladigan
miqdorda tovarlar ishlab chiqarilganda, qanday muammo hal
qilinadi?
a) Nima...?
b) Qanday...?
c) Qancha...?
d) Kim uchun...?
e) O‘zgarishlarga moslasha oladimi?
67
27. Aholining daromadlari darajasiga ko‘ra alohida tabaqalari
(yuqori, o‘rta va kam ta’minlangan) talabini hisobga olib ishlab
chiqarish tashkil qilinganda qanday muammoning yechimi topiladi?
a) Nima...?
b) Qanday...?
c) Qancha...?
d) Kim uchun...?
e) O‘zgarishlarga moslasha oladimi?
28. Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan qaysi biri ishlab
chiqaruvchilar iqtisodiy manfaatini ta’minlaydi?
a) resurslarni samarali taqsimlash;
b) erkinlikni ta’minlash;
c) iqtisodiy faollikni ta’minlash;
d) xo‘jasizlikka barham berish;
e) isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik.
29. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklaridan qaysi biri mazkur
jamiyatda inflatsion jarayonlar muqarrar mavjud bo‘lishiga olib
keladi?
a) raqobatning kuchsizlanib borishi;
b) ijtimoiy iste’mol tovarlari bilan ta’minlay olmasligi;
c) daromadlar tengsizligining kuchayishiga olib kelishi;
d) tovarlar hajmi va pul massasi o‘rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf
eta olmaslik;
e) tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qila olmaslik.
30. Bozorning qaysi turi monopolist bo‘lishi mumkin?
a) don bozori;
b) gullar bozori;
c) qandolat mahsulotlari bozori;
d) qishloqdagi benzin quyish shoxobchasi;
e) non bozori.
31. Birjada tovarlar oldi-sotdisi amalga oshirilishi uchun:
a) sotuvchi va xaridor qatnashishi shart;
b) tovar naqd bo‘lishi kerak;
c) xaridor oladigan tovarining sifatini o‘zi ko‘rib, tekshirishi kerak;
d) tovardan namuna bo‘lishi shart emas;
e) tovardan namuna yetarli, sertifikati mavjud bo‘lishi kerak.
32. Doiraviy aylanish modeli jihatidan qarasak, bozor quyida-
gilardan iborat:
a) ikki: resurslar va tovar (xizmat)lar bozoridan;
68
b) uch: resurslar, ishlab chiqarish omillari, ishlab chiqarish
vositalari bozoridan;
c) ikki: tovar, xizmatlar va kapital bozoridan;
d) to‘rt: yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik omillari bozoridan;
e) uch: tovarlar, xizmatlar, kapital bozoridan.
33. Doiraviy aylanish modeli nuqtai nazaridan bozorda qat-
nashuvchi subyektlar:
a) ikki guruh: uy xo‘jaligi, individual faoliyat yurituvchi oilaviy xo‘jalik;
b) uch guruh: firma(korxona)lar, uy xo‘jaligi, davlat;
c) uch guruh: savdo muassasalari, birjalar, savdo shaxobchalari;
d) uch guruh: firma, korxona, savdo muassasalari;
e) ikki guruh: uy xo‘jaligi, savdo tashkilotlari.
34. Mehnat bozori boshqa bozorlardan:
a) mehnat omili egasi, ish kuchi bilan unga muhtoj o‘rtasidagi
munosabati bilan;
b) ish kuchi uning egasining mulki bo‘lib qolaverishi va ishga
yollanishida mehnat shartnomalari tuzilishi bilan;
c) ishga vaqtinchalik mehnat shartnomalari asosida yollanish bilan;
d) ish kuchining boshqa tovarlardan farq qilib, ishga yollanishi bilan;
e) shartnoma tuzilgach, mehnat omiliga aylanishi bilan farqlanadi.
35. Birlamchi va ikkilamchi bozorlar...
a) ssuda kapitali bozoriga;
b) valyuta bozoriga;
c) sug‘urta bozoriga;
d) qimmatli qog‘ozlar bozoriga;
e) pul (pul majburiyatlari) bozoriga xos.
36. Mehnat birjalari shug‘ullanadi:
a) ishsizlarni ro‘yxatga olish, ularni o‘qitish, ishga joylash, oilaviy
sharoitini o‘rganish;
b) ishsizlarni ro‘yxatga olish, ishga joylash, korxonalardagi bo‘sh
o‘rinlarni aniqlash;
c) ishsizlarni ro‘yxatga olish, ishga joylash, zarur kasbga qayta
tayyorlash, ijtimoiy himoya qilish;
d) ishsizlarni ro‘yxatga olish, ishga joylash, farzandlari sonini
aniqlash;
e) ishsizlarni ishga joylash, yangi kasbga o‘rgatish, ishsizlik
nafaqasini tayinlash bilan.
37. Hozirgi paytda birjalarning asosiy roli ...
69
a) tovarlar narxi va kotirovkasini aniqlash, narx oshkoraligini
ta’minlash, real talab va taklifni aniqlash, narxlar tebranishini sug‘urta
qilish;
b) tovar narxlarining kotirovkasi, tovarlarni bitim bo‘yicha yetkazib
berishni ta’minlash;
c) narxlarni aniqlash va katta partiyada bitimlar tuzish, bitim
asosida tovarni yetkazib berish;
d) tovarlar narxi kotirovkasi, real talab va taklifni aniqlab, ularni
muvozanatga keltirish;
e) tovarlarga real talab va taklifni aniqlash, ularni reklama qilish,
narx tebranishlarini sug‘urta qilish.
38. Sof iqtisodiy ma’noda «bozor» tushunchasi nimani anglatadi?
a) sotuvchi va xaridorlar to‘planib, ayirboshlashni amalga
oshiradigan joyni;
b) bozor subyektlari iqtisodiy natijalarining amalga oshirishini;
c) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi (xaridor)larning to-
varlarini ayirboshlash xususidagi harakatini o‘zaro kelishtiruvchi
mexanizmlar, tartiblar va infrastrukturaviy tuzilmalar tizimini;
d) alohida tovarlar taklifi va ularga bo‘lgan talablarni muvofiqlash-
tiruvchi mexanizmlarni;
e) tijorat do‘konini.
39. Bozorning quyidagi turlaridan qaysi birida sotuvchi va
xaridorlar bevosita ayirboshlash orqali bog‘lanmaydi?
a) oziq-ovqat mahsulotlari bozorida;
b) sanoat tovarlari do‘konida;
c) tovar va xom ashyo birjalarida;
d) avtomobillarga moy quyish shaxobchalarida;
e) «xufyona» bozorda.
40. Bozorning qaysi turida sotuvchi va xaridorlar bir-biri bilan
aksiya, obligatsiya kabi qimmatli qog‘ozlar orqali bog‘lanadi?
a) chet el valyutalari bozorida;
b) xom ashyo birjalarida;
c) kapital (fone) bozorida;
d) resurslar bozorida;
e) tovarlar bozorida.
41. Bozorning qaysi vazifasida uning vositachilik roli nisbatan
to‘laroq namoyon bo‘ladi?
a) ishlab chiqarishning takrorlanib turishiga yordam berish
vazifasida;
70
b) resurslarni tarmoqlar va korxonlar o‘rtasida taqsimlash
vazifasida;
c) ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchini bog‘lash vazifasida;
d) iqtisodiyotni tartibga solish vazifasida;
e) yuqoridagilarning barchasida.
42. Quyidagilardan qaysi biri moliya bozorining tarkibiy qismi
hisoblanmaydi?
a) qarz majburiyatlari bozori;
b) kapital bozori;
c) ssuda kapital bozori;
d) resurs bozori;
e) pul bozori.
43. Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan iste’molchi (xaridor)ni
bir-biri bilan bog‘laydigan ayirboshlash jarayoniga xizmat qiladigan
tartiblar, mexanizmlar va muassasaviy tuzilmalar qanday
nomlanadi?
a) bozor iqtisodiyoti;
b) bozor;
c) bozor xo‘jaligi;
d) bozor mexanizmi;
e) bozor munosabatlari.
44. Bozor qaysi vazifani amalga oshirishda o‘zining barcha
mexanizmidan to‘liq foydalanadi?
a) ishlab chiqaruvchi, resurs egalari va iste’molchilarni bir-biriga
bog‘lashda;
b) tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar ayirboshlanishini
taminlashda;
c) ishlab chiqarishning uzluksizligiga yordam berishda;
d) iqtisodiy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlashda;
e) iqtisodiyotni tartibga solib turishda.
45. Quydagilardan qaysi biri ayirboshlanadigan obyektning
turiga ko‘ra bozorning turkumlanishini anglatadi?
a) ko‘chmas mulk bozori;
b) sof raqobatli bozor;
c) mahalliy bozor;
d) dehqon bozori;
e) xufyona bozor.
46. Quydagilardan qaysi biri bozor raqobatining yetuklik
darajasiga ko‘ra turkumlanishini anglatadi?
71
a) moliya bozori;
b) sof raqobatli bozor;
c) milliy bozor;
d) davlat savdosi;
e) chakana savdo bozori.
47. Bozorning hududiy qamrov darajasiga ko‘ra turkumlangan
turini aniqlang:
a) iste’mol tovarlari bozori;
b) sof monopolistik bozor;
c) jahon bozori;
d) kooperativ savdo;
e) ulgurji savdo.
48. Bozorning savdo bitimlarining amalga oshirilish tartibiga
ko‘ra turkumlangan turini aniqlang:
a) resurslar bozori;
b) oligapolistik bozor;
c) mahalliy bozor;
d) chakana savdo bozori;
e) dehqon bozori.
49. Quyidagilardan qaysi biri bozorning huquqiy turini anglatadi?
a) intellektual tovarlar bozori;
b) monopolistik raqobatli bozor;
c) mahalliy bozor;
d) chakana savdo bozori;
e) davlat savdosi.
50. Bozor savdo bitimlarining qonuniylik darajasiga ko‘ra tur-
kumlangan turini aniqlang:
a) nou-xaular bozori;
b) sof monopolistik bozor;
c) milliy bozor;
d) dehqon bozori;
e) xufyona amal qiladigan bozor.
51. Quyidagilardan qaysi biri moliya bozorining tarkibiga kirmaydi?
a) qarz majburiyatlari bozori;
b) kapital bozori;
c) valyuta bozori;
d) qimmatli qog‘ozlar bozori;
e) intellektual tovarlar bozori.
52. Quyidagilardan qaysi biri kapital bozor tarkibiga kirmaydi?
72
a) ssuda kapitali bozori;
b) qimmatli qog‘ozlar bozori;
c) valyuta bozori;
d) qimmatli qog‘ozlar birlamchi bozori;
e) qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozori.
53. Ish bilan ta’minlanmaganlarni qayta o‘qitish va yangi
kasbga tayyorlash qaysi muassasa tomonidan amalga oshiriladi?
a) oliy o‘quv yurti;
b) qayta tayyorlash muassasasi;
c) mehnat birjasi;
d) kasb tanlash muassasasi;
e) malaka oshirish instituti.
54. Bozorni alohida belgilariga qarab segmentlarga ajratishga
nima asos qilib olinadi?
a) iste’molchilar talabining o‘zaro farqlanishi va tovar ishlab chiqa-
ruvchilar tabaqalashishi;
b) bozorning tuzilishi;
c) raqobatning yetuklik darajasi;
d) bozorning geografik joylashishi;
e) iste’molchilar soni va yosh tarkibi.
55. Bozorni segmentlarga ajratish mezoni nima?
a) aholining to‘lovga layoqatliligi; hududiy va ijtimoiy-demografik
shart-sharoitlar;
b) aholii soni; to‘lovga layoqatliligi;
c) aholi daromadlari darajasi; yosh tarkibi;
d) aholi talabi; bozor taklifi;
e) jami talab; jami taklif.
56. Bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qili-
shini ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar qanday nomlanadi?
a) ijtimoiy infratuzilma;
b) ishlab chiqarish infratuzilmasi;
b) bozor infratuzilmasi;
d) iqtisodiy infratuzilma;
e) savdo muassasalari.
57. Bozor infratuzilmasining ishlab chiqarish turidagi muassa-
sasini aniqlang:
a) supermarketlar;
b) transport xizmati;
c) sug‘urta kompaniyasi;
73
d) mehnat birjasi;
e) axborot agentligi.
58. Quyidagilardan qaysi biri bozor infratuzilmasining
ayirboshlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasasi hisoblanadi?
a) ombor xo‘jaligi;
b) soliq idoralari;
c) tijorat do‘konlari;
d) kommunal xizmat idoralari;
e) auditorlik firmalari.
59. Bozor infratuzilmasining moliya-kredit munosabatlariga
xizmat qiluvchi muassasa…
a) aloqa xizmati;
b) auksionlar;
c) moliyaviy muassasalar;
d) mehnat birjasi;
e) axborot agentliklari.
60. Bozor infratuzilmasining ijtimoiy sohaga xizmat qiluvchi
muassasa…
a) ombor xo‘jaligi;
b) savdo agentliklari;
c) soliq idoralari;
d) uy-joy va kommunal xizmat idoralari;
e) huquqiy maslahatxonalar.
61. Bozor infratuzilmasi axborot xizmati muassasasini aniqlang:
a) transport xizmati;
b) birjalar;
c) sug‘urta kompaniyasi;
d) kommunal xizmat idorasi;
e) axborot agentliklari.
62. Har xil tovarlar bilan savdo-sotiq qiladigan birjalar qanday
nomlanadi?
a) ixtisoslashgan;
b) universal;
c) xom ashyo;
d) valyuta;
e) fond.
63. Bozorda juda ko‘p sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib,
ulardan hech biri bozor baholariga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmasa
74
hamda bozorga kirish uchun hech qanday to‘siqlar bo‘lmasa, bu
qanday bozorni xarakterlaydi?
a) sof raqobatli bozorni;
b) sof monopolistik bozorni;
c) monopolistik raqobatli bozorni;
d) oligopolistik bozorni;
e) milliy bozorni.

Download 305.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 305.08 Kb.