• 50b); 51c); 52a); 53a); 54b); 55b); 56a); 57b); 58b); 59d); 60c); 61c);
  • 98c); 99d); 100d); 101d); 102c); 103b).
  • JAVOBLAR 1c); 2c); 3c); 4a); 5b); 6d); 7c); 8a); 9b); 10c); 11d); 12c); 13b)




    Download 305.08 Kb.
    bet3/31
    Sana25.05.2023
    Hajmi305.08 Kb.
    #64608
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
    Презентация1 DURDONA, Normativ makroiqtisodiyot
    JAVOBLAR
    1c); 2c); 3c); 4a); 5b); 6d); 7c); 8a); 9b); 10c); 11d); 12c); 13b);
    14c); 15c); 16b); 17c); 18a); 19b); 20c); 21a); 22b); 23b); 24b); 25c);
    26c); 27a); 28b); 29d); 30d); 31b); 32d); 33a); 34b); 35d); 36d); 37d);
    38d); 39a); 40b); 41a); 42a); 43d); 44d); 45d); 46d); 47b); 48b); 49b);
    50b); 51c); 52a); 53a); 54b); 55b); 56a); 57b); 58b); 59d); 60c); 61c);
    62d); 63d); 64d); 65d); 66c); 67d); 68d); 69b); 70a); 71c); 72a); 73a);
    74c); 75b); 76d); 77c); 78b); 79d); 80c); 81a); 82c); 83a); 84b); 85b);
    86d); 87c); 88a); 89d); 90c); 91c); 92a); 93b); 94a); 95a); 96b); 97a);
    98c); 99d); 100d); 101d); 102c); 103b).
    25
    2-mavzu. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA UNING
    NATIJALARI
    1. Ishlab chiqarish omillari egasi: yer, kapital, mehnat, tadbir-
    korlik hisobiga mos ravishda yaratilgan mahsulotdagi ulushini qaysi
    ketma-ketlik shaklida oladi?
    a) yer rentasi, ish haqi, foiz-dividend, foyda;
    b) yer rentasi, foiz-dividend, foyda, ish haqi;
    c) yer rentasi, foiz-dividend, ish haqi, foyda;
    d) foiz-dividend, foyda, ish haqi, yer rentasi;
    e) foyda, yer rentasi, ish haqi, foiz-dividend.
    2. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu...
    a) ishlab chiqarish natijalarining mehnat xarajatlariga nisbati;
    b) ishlab chiqarish natijalarining kapital sarflariga nisbati;
    c) ishlab chiqarish natijalarining yer omiliga nisbati;
    d) ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ning sarflangan xarajatlarga nisbati;
    e) yerga va kapitalga qilingan xarajatlar natijasi.
    3. Naflilikning pasayib borishi qonuni amal qilishini izohlashga
    quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi?
    a) universal qonun bo‘lib, doimo amal qiladi;
    b) uning amal qilishi doirasi cheklangan bo‘lib, eng avvalo,
    kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishli;
    c) qisqa muddatli davrga xos;
    d) ko‘plab tovarlarga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi;
    e) naflilikni baholovchi yagona o‘lchov yo‘q.
    4. Moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar iqtisodiy faoliyat
    turlaridan qaysi birining natijasi bo‘lib chiqadi?
    a) xizmat ko‘rsatishda;
    b) iste’molda;
    c) iqtisodiy nafli ish bajarishda;
    d) ishlab chiqarishda;
    e) yuqoridagilarning barchasida.
    5. Quyidagilarning qaysi biri ishlab chiqarishning moddiy
    omili hisoblanadi?
    a) xom ashyo;
    b) materiallar;
    c) bino va inshootlar, mashinalar, asbob va uskunalar, xom ashyo;
    d) mehnat quroli;
    e) pul mablag‘lari.
    26
    6. Iqtisodiy resurslar hisobiga olinadigan daromad turini aniq-
    lang:
    a) ish haqi, foiz, renta, me’yordagi foyda;
    b) mukofot;
    c) dividend;
    d) foyda;
    e) yalpi daromad.
    7. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqla-
    nadi?
    a) ishlab chiqarish natijalari sarf-xarajatlar bilan taqqoslanadi;
    b) ishlab chiqarish natijalari jonli mehnat sarflari bilan taqqoslanadi;
    c) ishlab chiqarish natijalari kapital sarflari bilan taqqoslanadi;
    d) ishlab chiqarish natijalari aylanma mablag‘lar qiymati bilan
    taqqoslanadi;
    e) yuqoridagi barcha usulda.
    8. Quyidagilardan qaysi biri mehnat kooperatsiyasini xarakter-
    laydi?
    a) mehnatning alohida faoliyat turlariga ajralishi;
    b) xodimlarning iqtisodiy faoliyatining biron turini bajarishga yoki
    mahsulotning alohida turlarini ishlab chiqarishga moslashuvi;
    c) mehnatning alohida va bir-biriga bog‘liq turlarining uyushishi;
    d) iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining bir-biriga bog‘liqligining
    kuchayishi;
    e) yuqoridagilarning barchasi.
    9. Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi?
    a) mahsulot miqdorining uni ishlab chiqarishga ketgan ish vaqtiga
    nisbati bilan;
    b) mahsulot miqdorining qilingan sarf-xarajatlarga nisbati bilan;
    c) mahsulot miqdorini asosiy kapitalga taqqoslash yo‘li bilan;
    d) mahsulot miqdorini aylanma kapitalga taqqoslash yo‘li bilan;
    e) yuqoridagi barcha usulda.
    10. Iqtisodiy rivojlanish nima?
    a) moddiy ne’matlar ishlab chiqarish;
    b) ehtiyojlarni qondirish;
    c) bozorga tovarlar yetkazib berish;
    d) ishlab chiqarish natijalarining to‘xtovsiz ortib borishi;
    e) xizmatlar ko‘rsatish.
    11. Iqtisodiy resurslar nima?
    a) tovar;
    27
    b) pul;
    c) insonlar;
    d) kapital, yer, ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati;
    e) tabiiy resurslar.
    12. Samaradorlik nima?
    a) iqtisodiyotning o‘sishi;
    b) sarflangan resurslarni tejash;
    c) ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi;
    d) «natija» va «xarajat» nisbati;
    e) narxlarning pasayishi.
    13. Ijtimoiy ishlab chiqarish nima?
    a) ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish jarayoni;
    b) iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni;
    c) ishchi kuchini ishlab chiqarish jarayoni;
    d) jamiyat miqyosida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish
    jarayoni;
    e) xizmat ko‘rsatish jarayoni.
    14. Hayotiy zarur ne’matlar va boyliklarni takror ishlab chiqa-
    rish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladigan faoliyat
    qanday nomlanadi?
    a) ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish);
    b) ayirboshlash;
    c) taqsimlash;
    d) iste’mol;
    e) iqtisodiy faoliyat.
    15. Iqtisodiy faoliyatning qaysi turi (bosqichi)da yaratilgan
    iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilardan iste’molchiga o‘tadi?
    a) ishlab chiqarish(xizmat ko‘rsatish);
    b) xizmat ko‘rsatish;
    c) ayirboshlash;
    d) taqsimlash;
    e) iste’mol.
    16. Takror ishlab chiqarishning qaysi bosqichida yaratilgan to-
    varlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard foydalanuvchilarini topadi?
    a) ishlab chiqarish(xizmat ko‘rsatish);
    b) xizmat ko‘rsatish;
    c) ayirboshlash;
    d) taqsimlash;
    e) iste’mol.
    28
    17. Takror ishlab chiqarish jarayonining qaysi bosqichida na-
    faqat hayotiy zarur ne’mat (xizmat)lar balki iqtisodiy resurslar va
    ishchi kuchi tarmoq, soha, hudud va iqtisodiy faoliyat turlari
    o‘rtasida taqsimlanadi?
    a) ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish);
    b) xizmat ko‘rsatish;
    c) ayirboshlash;
    d) taqsimlash;
    e) iste’mol.
    18. Kishilar iste’moli uchun zarur bo‘lgan hayotiy zarur ne’-
    matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq amalga oshirila-
    digan iqtisodiy faoliyat qanday nomlanadi?
    a) iqtisodiy faoliyat;
    b) ishlab chiqarish;
    c) ayirboshlash;
    d) taqsimlash;
    e) iste’mol.
    19. Iqtisodiy ne’mat, tovar va xizmatlar yaratiladigan tarmoq
    va sohalar qanday nom bilan ataladi?
    a) moddiy ishlab chiqarish;
    b) nomoddiy ishlab chiqarsh sohalari;
    c) iqtisodiyotning real ishlab chiqarish tarmoq va sohalari;
    d) xalq xo‘jaligi tarmoq va sohalari;
    e) milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalari.
    20. Moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlar va boy-
    liklarni ishlab chiqaradigan tarmoq va sohalar qanday nomlanadi?
    a) xalq xo‘jaligi;
    b) milliy iqtisodiyot;
    c) moddiy ishlab chiqarish;
    d) nomoddiy ishlab chiqarish;
    e) milliy ishlab chiqarish.
    21. Yaratilgan tovarlarning iste’mol qilinish xususiyatidan kelib
    chiqib, ishlab chiqarish tarmoqlari qanday turlarga ajratiladi?
    a) moddiy va nomoddiy;
    b) ishlab chiqarish vositalari (investitsion tovarlar) va iste’mol
    tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;
    c) tovarlar va xizmatlar yaratuvchi tarmoqlar;
    d) iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy sohalar;
    e) sanoat va qishloq xo‘jalik tarmoqlari.
    29
    22. Bir mahsulot boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatlarda
    ayirboshlanishi qanday nomlanadi?
    a) tovar ayirboshlash;
    b) barter (mahsulot) ayirboshlash;
    c) ekvivalent ayirboshlash;
    d) miqdoriy ayirboshlash;
    e) nisbiy ayirboshlash.
    23. Tovar(xizmat)lar pul vositasida oldi-sotdi yo‘li bilan ayir-
    boshlanishi qanday nomlanadi?
    a) barter (mahsulot) ayirboshlash;
    b) tovar ayirboshlash;
    c) ekvivalent ayirboshlash;
    d) miqdoriy ayirboshlash;
    e) nisbiy ayirboshlash.
    24. Yaratilgan mahsulot taqsimlanishi natijasida kimlarning
    ulushi aniqlanadi?
    a) ishlab chiqaruvchi va resurs egalari;
    b) mulk va resurs egalari;
    c) ishlab chiqaruvchilar va davlat;
    d) davlat, mulk va resurs egalari;
    e) ishlab chiqaruvchilar, mulk va resurs egalari hamda davlat.
    25. Investitsion tovarlardan unumli foydalanilganda, ya’ni ular
    ishlab chiqarish jarayonida ishlatilib, kishilar uchun zarur hayotiy
    vositalar yaratilganda, iste’molning qanday turi ro‘y beradi?
    a) shaxsiy iste’mol;
    b) ijtimoiy iste’mol;
    c) unumli iste’mol;
    d) unumsiz iste’mol;
    e) davlat iste’moli.
    26. Iste’mol tovarlari va xizmatlar kishilar tomonidan bevosita
    iste’mol qilinganda qanday iste’mol ro‘y beradi?
    a) unumli iste’mol;
    b) shaxsiy iste’mol;
    c) ijtimoiy iste’mol;
    d) unumsiz iste’mol;
    e) davlat iste’moli.
    27. Insonlarning mehnat qilish layoqati, ya’ni ularning jismo-
    niy va aqliy qobiliyati qanday nomlanadi?
    a) mehnat;
    30
    b) ishchi kuchi;
    c) mehnat resursi;
    d) jami ishchi kuchi;
    e) mehnat salohiyati.
    28. Inson tomonidan mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan
    vositalar (mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar va h.k.) qanday
    nomlanadi?
    a) ishlab chiqarish vositalari;
    b) mehnat vositalari;
    c) mehnat predmetlari;
    d) iqtisodiy resurslar;
    e) ishlab chiqarish omillari.
    29. Insonning maqsadga muvofiq faoliyati o‘zlashtirishga qara-
    tilgan narsalar qanday ataladi?
    a) xom ashyolar;
    b) material va yarimtayyor mahsulotlar;
    c) mehnat vositalari;
    d) mehnat predmetlari;
    e) ishlab chiqarish vositalari.
    30. Mehnat vositalari mehnat predmetlariga ta’sir qilish xusu-
    siyatlariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
    a) mehnat qurollari, mehnat predmetlari;
    b) saqlash vositalari, xom ashyolar;
    c) umumiy vositalar, investitsion tovarlar;
    d) mehnat qurollari, saqlash vositalari, umumiy vositalar;
    e) mehnat vositalari, mehnat predmetlari.
    31. Mehnat predmetlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan mehnat
    vositalari qanday nomlanadi?
    a) mehnat qurollari;
    b) mehnat jarayoni;
    c) saqlash vositalari;
    d) umumiy vositalar;
    e) investitsion tovarlar.
    32. Yoqilg‘i, materiallari va mahsulotlarni saqlash hamda uza-
    tishga xizmat qiladigan vositalar(sisternalar, turli sig‘imdagi
    idishlar, omborlar, quvurlar va h.k.) qanday nomlanadi?
    a) umumiy vositalar;
    b) saqlash vositalari;
    c) mehnat qurollari;
    d) mehnat predmetlari;
    e) maxsus vositalar.
    33. Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmasdan, unga
    umumiy shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladigan vositalar (binolar,
    yo‘llar va h.k.) qanday nomlanadi?
    a) mehnat qurollari;
    b) saqlash vositalari;
    c) umumiy vositalar;
    d) ijtimoiy tuzilma;
    e) ishlab chiqarish infratuzilmasi.
    34. Kim ishlab chiqarishning uch omilli nazariyasini asoslab,
    unga yer, kapital va mehnatni kiritgan?
    a) A. Smit;
    b) D.Rikardo;
    c) J.B.Sey;
    d) E. Baberk;
    e) M.Keyns.
    35. Kim ishlab chiqarishning ikki omili – kapital va mehnat
    mavjud bo‘lishini tan olgan?
    a) D.Rikardo;
    b) A.Smit;
    c) J.B.Sey;
    d) M.Keyns;
    e) E.Baberk.
    36. Yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot va milliy daromad
    ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishning qaysi darajadagi natijasini
    ifodalaydi?
    a) mikro darajadagi;
    b) mezo darajadagi;
    c) makro darajadagi;
    d)super-makro darajadagi;
    e) tarmoqlar darajasidagi.
    37. Resurslarning mavjud darajasida ishlab chiqarilgan mah-
    sulotning umumiy hajmini qanday ko‘rsatkich tavsiflaydi?
    a) zaruriy mahsulot;
    b) qo‘shilgan mahsulot;
    c) umumiy mahsulot;
    d) o‘rtacha mahsulot;
    e) me’yoriy mahsulot.
    32
    38. Iqtisodiy resurslar birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miq-
    dori qanday ko‘rsatkichda ifodalanadi?
    a) qo‘shilgan mahsulot;
    b) o‘rtacha mahsulot;
    c) umumiy mahsulot;
    d) me’yoriy mahsulot;
    e) pirovard mahsulot.
    39. Qo‘shimcha jalb qilingan iqtisodiy resurs-ishchi kuchi va
    kapital hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini qanday
    ko‘rsatkich aks ettiradi?
    a) umumiy mahsulot;
    b) o‘rtacha mahsulot;
    c) qo‘shilgan mahsulot;
    d) pirovard mahsulot;
    e) me’yoriy mahsulot.
    40. M=∑(K, I
    k
    E) [M – mahsulot hajmi; K; I
    k;
    E – qo‘llanilgan
    kapital, ishchi kuchi va yer miqdori] formulasi qanday bog‘liqlikni
    ifodalaydi?
    a) foydalanishga jalb qilingan resurslar o‘rtasidagi ;
    b) ishlab chiqarishning oraliq va pirovard natijalari o‘rtasidagi;
    c) ishlab chiqarish omillari va uning natijalari o‘rtasidagi;
    d) turli darajadagi ishlab chiqarish natijalari o‘rtasidagi;
    e) oraliq va pirovard mahsulotlar o‘rtasidagi.
    41. Qanday ko‘rsatkich bir yoki bir nechta omil miqdori
    o‘zgarganda ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi?
    a) foyda normasi;
    b) ishlab chiqarish funksiyasi;
    c) kapital samaradorligi;
    d) mehnat unumdorligi;
    e) kapital unumdorligi.
    42. Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsat-
    kichini toping:
    a) mehnat unumdorligi;
    b) kapital unumdorligi;
    c) foyda normasi;
    d) yerning unumdorligi;
    e) mahsulotning resurs sig‘imi.
    43. Vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mah-
    sulot birligini ishlab chiqarishga ketgan vaqt qanday ko‘rsatkichni
    33
    ifodalaydi?
    a) foyda normasini;
    b) kapital unumdorligini;
    c) mahsulot resurs sig‘imini;
    d) mehnat unumdorligini;
    e) iqtisodiy resurslar unumdorligini.
    44. Qanday ko‘rsatkich kapital birligi hisobiga ishlab chiqa-
    rilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmini ko‘rsatadi?
    a) mehnat unumdorligi;
    b) kapital unumdorligi;
    c) foyda normasi;
    d) ishlab chiqarishning kapital sig‘imi;
    e) mahsulotning mehnat sig‘imi.
    45. Ekin maydonlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan qishloq
    xo‘jalik mahsulotlari hajmi yoki ekin turlari hosildorligi qanday
    ko‘rsatkichda aniqlanadi?
    a) kapital unumdorligi;
    b) mehnat unumdorligi;
    c) foyda normasi;
    d) yerning unumdorligi;
    e) mahsulotning resurs sig‘imi.
    46. Quyidagi ko‘rsatkichlardan qaysi biri orqali mahsulot ishlab
    chiqarishga ketgan moddiy xarajatlar ulushini topish mumkin?
    a) mahsulotning mehnat sig‘imi;
    b) mahsulotning material sig‘imi;
    c) mahsulotning energiya sig‘imi;
    d) mahsulotning yoqilgi sig‘imi;
    e) mahsulotning resurs sig‘imi orqali.
    47. Quydagi omillardan qaysi biri mavjud texnologiyalarda
    ishlab chiqarish samaradorligi o‘sib borishini ta’minlaydi?
    a) FTT yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish;
    b) intensiv texnologiyalarni qo‘llash;
    c) ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;
    d) innovatsion rivojlanishga ustuvorlik berish;
    e) tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab
    foydalanish.
    48. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi nimani anglatadi?
    a) iqtisodiy resurslarning mavjud darajasida har ikki turdagi
    mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini;
    34
    b) mahsulotning bir turini kamroq ishlab chiqarish hisobiga
    boshqasini ko‘paytirib borish mumkinligini;
    c) har ikki turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmasligini;
    d) har ikki turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmin kamayib
    borishini;
    e) har ikki turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini aniqlash
    mumkin emasligini.
    49. Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘i nimani ko‘rsatadi?
    a) mavjud resurslar asosida ishlab chiqarishning minimal hajmiga
    erishishni;
    b) resurslar o‘zgarishi bilan ishlab chiqarish imkoniyati o‘zgarishini;
    c) mavjud resurslar bilan ikki turdagi tovarlarni ishlab chiqarish
    imkoniyatlarining turlicha variantlarini;
    d) mehnat resurslarining ikki turdagi tovar ishlab chiqarishga
    bo‘linishi variantlarini;
    e) jamiyatning erishgan samaradorlik darajasini.

    Download 305.08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 305.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    JAVOBLAR 1c); 2c); 3c); 4a); 5b); 6d); 7c); 8a); 9b); 10c); 11d); 12c); 13b)

    Download 305.08 Kb.